QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
14.9K subscribers
29K photos
2.88K videos
7 files
10.7K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
#repost #gazeta #Raqamli_iqtisodiyot

📘“Yangi O‘zbekiston”
gazetasining 2022-yil 2-dekabrdagi 246-sonida iqtisodiy sharhlovchi Abdurauf Qorjovovning “Aqlli qishloq xo‘jaligi texnologiyalari zaminu huquq, mulku meros, dehqonu daromad masalalarini hal etishda qanday o‘rin tutadi” mavzusiga bag‘ishlangan maqolasi chop etildi.

Mazkur maqolada Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan qishloq xo‘jaligini raqamlashtirishda keng ko‘lamli amalga oshirilayotgan islohotlar yoritilgan. Xususan, Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Qahramon Yuldashevning “E-ijara” elektron axborot tizimi va “E-auksion” elektron savdo platformasi sarlavhasi ostida qishloq xo‘jaligini raqamlashtirishda yaratilayotgan imkoniyatlarga oid materiallari keltirilgan.

Shuningdek, Qishloq xo‘jaligi vazirligi Geoaxborot texnologiyalarini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Izzatilla Ikramovning 24 million gektar yerning doimiy monitoringi, geoportaldan foydalanish, ochiqligini taʼminlashga oid hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligi Agrar sohada raqamli texnologiyalarni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Murodjon Mahkamovning subsidiyalash, suv resurslarini boshqarish va boshqa innovatsion yechimlar yuzasidan sohada amalga oshirilayotgan ishlar batafsil yoritib berilgan.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM