QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
14.7K subscribers
29.5K photos
2.93K videos
7 files
10.9K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
April 12, 2023
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
April 22, 2023
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
INTENSIV BOG‘: AFZALLIK VA IMKONIYATLAR

🌱Bugun mamlakatimizning qishloq xo‘jaligi sohasida intensiv usulda meva-sabzavot yetishtirish, bog‘lar barpo etish ommalashmoqda. Sababi, bunday usulda mahsulot yetishtirish oddiy usulda yetishtirgandan ko‘ra, bir necha marotaba tejamkor va samaralidir.

Farg‘ona viloyatining Qo‘shtepa tumanida intensiv texnologiyalarga asoslangan bog‘ barpo etish uchun “Grapes and Gardens Investment” AJ ga 2020-yilda 151 gektar yer maydoni ajratib berilgandi.

Ushbu maydonlarning 100 gektariga intensiv usulda 11 turdagi o‘rik, 50 gektariga 3 xil navdagi gilos ko‘chatlari ekildi. Tajriba tariqasida barpo etilgan ushbu bog‘dagi daraxtlar bugun g‘arq meva solgan.

#intensiv_bog #meva_sabzavot #daraxt

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
April 24, 2023
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
April 28, 2023
O‘ZBEKISTON QISHLOQ XO‘JALIGI VA OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI “TUTTO FOOD” XALQARO KO‘RGAZMASIDA

🔰O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi vakillari hamda mahalliy tadbirkorlardan iborat mamlakatimiz delegatsiyasi Italiyaning Milan shahrida bo‘lib o‘tgan “TUTTO FOOD” Xalqaro oziq-ovqat ko‘rgazmasida ishtirok etdi.

Bu yilgi ko‘rgazmada ham dunyoning 100 ga yaqin davlatidan oziq-ovqat tarmog‘ida faoliyat yurituvchi 2 500 dan ziyod kompaniyalar o‘z mahsulotlarini namoyish etishdi. Shuningdek, davlatimizdagi 21 ta korxona tomonidan ishlab chiqarilgan 34 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari va qayta ishlangan meva-sabzavotlar, sharbatlar, sut, qandolat mahsulotlari, tabiiy hamda sublimatsion usulda quritilgan mahsulotlar, dorivor choylar va boshqalar ham ko‘rgazma peshtaxtalaridan o‘rin oldi.

Ko‘rgazma doirasida mamlakatimiz vakillari quyidagi natijalarga erishishdi:

“TUTTO FOOD”
xalqaro oziq-ovqat ko‘rgazmasida xorijiy yirik tijorat kompaniyalari bilan 2023-2026-yillar davomida 42 million dollarlik eksport kelishuvlari imzolandi;
🟢“SISAI SRL” (Italiya) kompaniyasi prezidenti Flavio Ramella bilan respublikamizda yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini xorijiy yirik bozorlarga eksport qilish bo‘yicha kelishildi;
🟢“Brevis SRLS” (Italiya) kompaniyasining tijorat masalalari bo‘yicha direktori Davide Vismara bilan Italiya va Kuba davlatlariga O‘zbekistondan qayta ishlangan meva-sabzavotlar, dukkakli, sut-go‘sht va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha shartnoma imzolandi;
🟢“International Italia SRL” (Italiya) kompaniyasining biznes aloqalar menejeri Alessandro Simon bilan O‘rta sharq va Osiyo davlatlariga  eksport qilish bo‘yicha (10 mln AQSh dollar) kelishuvga erishildi.

#xalqaro_hamkorlik #qishloq_xojaligi #xalqaro_oziq_ovqat_korgazmasi #eksport #memorandum #quritilgan_meva #dukkakli_mahsulotlar #meva_sabzavotlar

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
May 16, 2023
O‘zbekiston turli-tuman meva-sabzavotlarni eksport qiladi.

Nima deb o‘ylaysiz, 2022-yilda qaysi meva-sabzavot turi eksportda eng katta ulushga ega bo‘lgan?

#sorov #meva_sabzavot #eksport
May 25, 2023
O‘zbekistonda 2022-yilda qaysi meva-sabzavot turi eksportda eng katta ulushga ega bo‘lgani haqida so‘rovnoma o‘tkazgan edik.

So‘rovda jami 111 kishi ishtirok etdi. Ulardan 38 kishi to‘g‘ri javobni tanlagan – 2022-yilda eksportdagi meva-sabzavotlar ichida eng katta ulush uzum/mayizga tegishli bo‘lgan.

📈Eksportda qiymat jihatidan eng katta ulushga ega meva-sabzavotlar:
uzum (mayizni qo‘shgan holda) 24,7%;
mosh — 8,2%;
shaftoli — 6,0%;
pomidor — 5,1%;
xurmo — 4,6%;

👥So‘rovlarimizda ishtirok eting. Bu yerda siz yangi bilimlarni o‘rganishingiz yoki qishloq xo‘jaligi sohasidagi faktlarni bilishingizga ishonch hosil qilishingiz mumkin.

#sorov #meva_sabzavot #eksport

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
May 31, 2023
Yurtimizga pishiqchilik kirib keldi.

Oramizda kim qaysi mevani ko‘proq yoqtiradi?

#sorovnoma #meva #pishiqchilik
June 1, 2023
QISHLOQ XO‘JALIGI MUTASADDILARI ITALIYADA BO‘LDILAR

🇮🇹O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi va sohadagi bir qator ilmiy-tadqiqot muassasalar vakillari 22-26-mayda Italiyada bo‘ldi.

Tashrif doirasida mamlakatimiz delegatsiyasi Italiya qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan, xususan, meva-sabzavotchilik, uzumchilik, chorvachilik va baliqchilik yo‘nalishlaridagi ishlarni o‘rgandilar. Shuningdek, Italiyada sug‘orish ishlari qanday yo‘lga qo‘yilgani, mamlakatdagi irrigatsiya tizimlari bilan yaqindan tanishdilar.

#xalqaro_hamkorlik #qishloq_xojaligi #safar #delegatsiya #meva_sabzavotchilik #uzumchilik #chorvachilik #baliqchilik #Ozbekiston #Italiya
*****
СПЕЦИАЛИСТЫ СЕЛЬСКОГО ХОЗЯЙСТВА УЗБЕКИСТАНА ПОБЫВАЛИ В ИТАЛИИ

🇮🇹Италию посетили представители Министерства сельского хозяйства Узбекистана и ряда профильных научно-исследовательских учреждений.

В рамках визита делегация нашей страны ознакомилась с итальянским сельским хозяйством, в частности, в центре внимания были методы ведения бизнеса в сферах плодоовощеводства, виноградарства, животноводства и рыболовства. Также наши специалисты познакомились с функционированием ирригационных системам страны на Аппенинском полуострове.

#международное_сотрудничество #сельское_хозяйство #визит #делегация #плодоовощеводство #виноградарство #животноводство #рыболовство #Узбекистан #Италия

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
June 2, 2023
O‘tgan haftada qaysi mevani yoqtiruvchilar oramizda ko‘proq ekani bilan qiziqqandik.

👥So‘rovda jami 218 kishi qatnashdi.

📝Natijalarga ko‘ra, eng sevimli meva — bu gilos bo‘ldi (105 kishi ovoz berdi). Ikkinchi o‘rinda — o‘rik (59 ovoz). Uchinchi orinda — olma (41 ovoz). Negadir, olxo‘ri (8 ovoz) va olcha (5 ovoz) sevuvchilar oramizda kam ekan.

📝So‘rovlarimizda ishtirok eting. Bu yerda siz yangi bilimlarni o‘rganishingiz yoki qishloq xo‘jaligi sohasidagi faktlarni bilishingizga ishonch hosil qilishingiz mumkin.

#sorovnoma #meva

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
June 7, 2023