Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ayni paytda "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi fraksiyasi yig‘ilishi boshlandi. Yig‘ilishni fraksiya rahbari Alisher Qodirov ochib, Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan Turkiy davlatlar tashkiloti sammitiga to‘xtalib, ushbu anjuman tarixiy uchrashuv ekanini taʼkidladi.
– Uning tarixiyligi shundaki, tashkilotning ilk sammiti Samarqandda o‘tkazildi va Prezidentimiz taklifi bilan Samarqand Turkiy sivilizatsiya poytaxti deb eʼlon qilindi. Chunki ko‘hna shahar har doim dunyo sivilizatsiya markazi bo‘lib kelgan, – dedi – A.Qodirov.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalash va ta‘lim berish bo‘yicha butunjahon konferensiyasi hamda Prezident huzuridagi xorijiy investorlar kengashining birinchi yalpi majlisidagi nutqi mazmun-mohiyatiga ham to‘xtalildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: 👇
Telegram l Website l Facebook l Instagram l Youtube l Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yig‘ilishda «2022-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga o‘zgartishlar kiritish haqida»gi qonuni loyihasi ko‘rib chiqildi.
Taʼkidlanganidek, qonun loyihasida Davlat maqsadli jamg‘armalari daromadlari prognozi hamda xarajatlari, shuningdek, respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga ajratiladigan mablag‘larning cheklangan miqdorlariga o‘zgartirish kiritilmoqda.
Kiritilayotgan qo‘shimcha xarajatlar ijtimoiy sohaga 8,3 trln so‘m, iqtisodiyot tarmoqlarini moliyalashtirishga 10,2 trln so‘m, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga 0,7 trln so‘m, markazlashgan investitsiya dasturlariga 1,4 trln so‘m va 2,6 trln so‘m mudofaa va xavfsizlik sohalariga taalluqlidir. Shu bilan birga, mahallalardagi aholi kayfiyatiga salbiy taʼsir ko‘rsatayotgan dolzarb muammolar yechimi bo‘yicha tadbirlarni moliyalashtirishga 2,7 trln so‘m qo‘shimcha mablag‘ ajratilmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: 👇
Telegram l Website l Facebook l Instagram l Youtube l Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Alisher Qodirov ushbu masalaga munosabat bildirar ekan, "Milliy tiklanish" partiyasining kommunal xizmatlar haqini daromadga yarasha to‘lash taklifiga to‘xtaldi.
– Biz to‘lovlarni tabaqalashtirish masalasini bir necha yildan buyon ko‘tarib kelamiz. Kim katta ish haqi olsa, marhamat, kommunal xizmatlarga ko‘proq haq to‘lasin. Kam daromad topyaptimi, kamroq to‘lasin va bu adolatli to‘lov bo‘ladi, – dedi fraksiya rahbari.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: 👇
Telegram l Website l Facebook l Instagram l Youtube l Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yig‘ilishda “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga bola huquqlari himoyasini yanada kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ham qizg‘in muhokama qilindi.
Keyingi vaqtlarda diniy bilim olishga intilayotgan, ammo bu bo‘yicha tasavvur va bilimga ega bo‘lmagan yoshlarning ekstremistik oqimlar taʼsiriga kirib qolishi xavfi ortib bormoqda. Xususan, 2000 nafarga yaqin voyaga yetmagan shaxslar ota-onalari yoki ularning vakillari tomonidan Misrda istiqomat qilayotgan begona shaxslar ixtiyoriga nazoratsiz tashlab ketilmoqda.
Qonunchilikda ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan voyaga yetmagan bolalarni chet ellarda nazoratsiz diniy taʼlim olish uchun yuborishi yoki diniy taʼlim olish uchun qoldirishi bo‘yicha javobgarlik belgilanmaganligi sababli yuqorida taʼkidlab o‘tilgan salbiy holatlar ko‘payib bormoqda.
Shu sababli, bu kabi holatlarni oldini olish va javobgarlikning huquqiy asoslarini yaratish maqsadida Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning ikki moddasini to‘ldirish taklif qilinmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: 👇
Telegram l Website l Facebook l Instagram l Youtube l Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Deputatlar Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining 2022-yil 9 oylik ijrosini ko‘rib chiqmoqdalar.
Taʼkidlanganidek, bugungi kunda dunyo bo‘ylab kuzatilayotgan bir qator muammolarga qaramay, O‘zbekiston iqtisodiyotida barqaror o‘sish surʼati qayd etildi. 2022-yilning 9 oyi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot 5,8 foizga o‘sdi. Aholining real umumiy daromadi o‘tgan yilga nisbatan 10,7 foizga o‘sib, 409,2 trln. so‘mni tashkil etdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: 👇
Telegram l Website l Facebook l Instagram l Youtube l Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Deputatlar partiya maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda, ijtimiy sohada belgilangan vazifalar ijrosiga eʼtibor qaratdi.
Hisobotda qayd etilishicha, davlat budjeti xarajatlarining asosiy qismini tashkil etgan taʼlim tizimi xarajatlariga budjetdan 34,6 trln. so‘m yo‘naltirildi. Xususan, Maktabgacha taʼlimga 7 646,7 mlrd. so‘m ajratilgan bo‘lib, hisobot davrida ushbu mablag‘larning 7 167,8 mlrd. so‘mi o‘zlashtirildi. Umumiy taʼlimga esa 23,4 trln. so‘m ajratilgan bo‘lib, bu taʼlim xarajatlarining 67,7 foizini tashkil etdi.
Hisobot davrida davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari soni 6 482 tani tashkil etdi va bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 224 taga ko‘paydi. Qamrov darajasi esa 3-7 yoshdagi bolalarning 69,5 foizini tashkil etdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: 👇
Telegram l Website l Facebook l Instagram l Youtube l Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Fraksiya aʼzosi Abdumalik Akromov Maktabgacha taʼlim tizimida ishlayotgan xodimlarning ish haqini oshirish masalasini ko‘tardi.
– "Milliy tiklanish" partiyasi ushbu masalani bir necha yildan buyon ko‘tarib keladi, lekin budjetdan hamon bunga mablag‘ ajratilmayapti. Buning sababi nimada? – A.Akromov.
Masʼullar esa bu borada hamon hisob-kitob ishlari olib borilayotganini, buning uchun 2,5 trln so‘m mablag‘ zarurligini va hozir bu mablag‘ni qayerdan olish masalasi ko‘rib chiqilayotganini taʼkidladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: 👇
Telegram l Website l Facebook l Instagram l Youtube l Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Joriy yilda mamlakatimizga tashrif buyurgan xorijiy turistlar soni 3,6 mln. nafarga yetib, xizmatlar eksporti 1 110,6 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. Shuningdek, mahalliy sayyohlar soni 8,5 mln. nafarga yetdi.
Turistlar uchun xizmat ko‘rsatuvchi 212 ta yangi turistik tashkilotlar faoliyati yo‘lga qo‘yilishi natijasida ularning soni 4 016 taga yetkazildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: 👇
Telegram l Website l Facebook l Instagram l Youtube l Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Alisher QODIROV:
Maktablarda o‘qish kunlarini bir kunga, yaʼni shanba kunini qisqartirib, besh kunlik qilish kerak. Bu ham o‘qituvchilarga, ham o‘quvchilarga foyda. Xorijda besh kunlik taʼlim yaxshi natija beryapti.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: 👇
Telegram l Website l Facebook l Instagram l Youtube l Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Франция Республикаси Президенти Эммануэль Макроннинг таклифига биноан Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев рафиқаси билан бирга расмий ташриф билан Парижга келди.
—
Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев с супругой по приглашению Президента Французской Республики Эммануэля Макрона прибыл с официальным визитом в Париж.
#Mirziyoyev #tashrif #Fransiya
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
—
Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев с супругой по приглашению Президента Французской Республики Эммануэля Макрона прибыл с официальным визитом в Париж.
#Mirziyoyev #tashrif #Fransiya
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter