Vardonze Shofirkon tumanidagi tarixiy obida bo‘lib, VI–XIX asrlarga oid madaniy meros sanaladi. U o‘z vaqtida Vardonxudotlar qarorgohi, keyinchalik esa mustaqil podsholikning markazi ham bo‘lgan.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Maxsud Muhammedov o‘rganishlari davomida ushbu obyektda bo‘lib, soha mutaxassislari bilan Vardonzeni turizm marshrutlariga kiritish, yodgorlikka yaqin hududda turizm obyektlarini tashkil etish, shuningdek, yodgorlikning master rejasini ishlab chiqish bo‘yicha qator masalalarni muhokama qildi. Bu borada tegishli amaliy ishlarni boshlash bo‘yicha kelishib olindi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍133💯106👏2👌1🕊1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10🔥2👌2❤1👏1
Alisher Qodirov boshchiligidagi ishchi guruh buyuk dovon hamda qal’a devori vazifasini bajargan “Mingtepa” ochiq osmon ostidagi muzeyida bo'ldi. Mazkur muzey 2013-yilda Marhamat tumanida tashkil etilgan bo'lib, unda qadimiy shaharning uzoq moziydan to yaqin tarixigacha bo‘lgan davrini aks ettiruvchi nodir eksponatlar, asori-atiqalar, fotosuratlar, 2-2,5 ming yillik tarixga ega qal’alar maketlari va qadimiy qo‘lyozma asarlari jamlangan.
- Mingtepa – bu oddiy xaroba emas, balki o‘z zamonida madaniyatlar chorrahasida joylashgan, buyuk dovon va mustahkam qal’a devori bo‘lgan shahar. Uni tiklash va kelajak avlodga yetkazish bizning mas’uliyatimizdir, – dedi Alisher Qodirov.
Ma'lumki, "Mingtepa" – tarixiy xotira, davlatchilik ildizlari va milliy o‘zlik timsoli sifatida xalqimizga xizmat qilmoqda. Bu ochiq osmon ostidagi muzey sifatida yoshlar tarbiyasida, milliy ong va g‘ururni shakllantirishda muhim ahamiyatga ega.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12❤4👌2👏1💯1
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Abdulhakim Eshboyev Yoshlar parlamenti aʼzolari bilan birgalikda “Kampirtepa” madaniy meros obyektini o‘rgandi. Aniqlanishicha, unga olib boruvchi yo‘l taʼmirtalab, sayyohlar uchun zarur sharoitlar yaratilmagan, servis xizmati mavjud emas.
- Saylovoldi dasturimizda xalqimizning madaniy, ilmiy va tabiiy merosi fuqarolar tomonidan asrab-avaylanishi shartligi, davlat tomonidan muhofaza etilishi zarurligini qo‘llab-quvvatlash va bu borada huquqiy asoslarni takomillashtirib borish eng asosiy vazifalar sifatida belgilangan. Shundan kelib chiqqan holda madaniy merosga munosabatimizni tubdan o‘zgartirish va uni asrab-avaylash bo‘yicha o‘z vaqtida zarur choralarni ko‘rishimiz kerak, - deydi depupat Abdulhakim Eshboyev.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5👏1👌1💯1
#munosabat
🙏 Korrupsiyaga qarshi kurashish faqat bir necha yillik vazifa emas, bu uzluksiz davom etadigan jarayon.
batafsil
🖥 MTDP | Telegram
batafsil
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6💯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Qora uy"ga talab nafaqat O'zbekistonda, balki qo'shni Respublikalarda ham talab katta. Uni qurishda oila, qo'ni-qo'shnilar ham ishtirok etib, yoshlar o'rtasida ommabop hunar turlaridan biri sanaladi. Hunarmandlar hunar o'rgatishga va ko'proq eksport qilishga tayyor, lekin imkoniyat kamroq.
Deputat Shaxnoza Joldasova ushbu hunarni hududdagi maktablarda o'rgatishni yo'lga qo'yishni taklif qildi va eksportni yanada ko'partirish bo'yicha qonunchilikka taklif tayyorlashini va'da berdi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4❤1
Bulung‘ur va Jomboy tumanlarida o‘rganishlar olib borgan deputat Azamat Pardayev “mahalla yettiligi”, hunarmandlar hamda jamoatchilik vakillari bilan uchrashdi. Xususan, Bulung‘ur tumanidagi “Zarafshon” va “Qo‘ng‘irot” mahalla fuqarolar yig‘inilaridagi ijtimoiy muhit, fuqarolarning yashash sharoiti o‘rganilganda, ikki mahallani bog‘lovchi 3 km avtomobil yo‘li taʼmirtalab holatdaligi aniqlandi.
Shuningdek, 54-umumtaʼlim maktabiga olib boruvchi ko‘chada bolalar uchun piyodalar yo‘lagini qurish, 9-son oilaviy poliklinika ish faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar bildirildi. Bu bo‘yicha tez orada deputatlik so‘rovi yuboriladi va zarur choralar ko‘riladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
Maʼlumki, so‘nggi vaqtlarda aholi orasida elektron davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyati ortib borayotgan bo‘lsada, moliyaviy va axborot texnologiyalari sohasida savodxonlik yetarli emasligi sababli ayrim fuqarolar firibgarlik qurboniga aylanmoqda. Baʼzi bir fuqarolar elektron raqamli imzo kalitini boshqa shaxslarga berib qo‘yishi oqibatida ular o‘z nomidan qonun bilan ruxsat berilgan harakatlarni amalga oshirishga yo‘l ochmoqda.
“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi aʼzosi Zuxra Mirg‘oziyeva ushbu holatlarni oldini olish bo‘yicha Soliq qo‘mitasi raisiga deputatlik so‘rovi yubordi.
Endi Soliq qo‘mitasi raisi deputatga 10 kundan kechiktirmay javob berishi kerak.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Sherzod To‘xtashevga Pastdarg‘om tuman Axborot-kutubxona markazi bo‘yicha murojaat bo‘ldi. Maʼlum bo‘lishicha 2019-yilda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan axborot-kutubxona markazi shu vaqtga qadar o‘z binosiga ega emas, vaqtincha joylashgan binoda xodimlar uchun ham, kitobxonlar uchun ham yetarlicha sharoitlar yaratilmagan.
- O‘rganishlarimiz davomida axborot-kutubxona bilan bog‘liq masaladan tashqari, arxeologik topilma va mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan murojaatlar bo‘ldi. Tez orada mazkur malalar bo‘yicha amaliy ishlarni boshlaymiz, - deydi deputat.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2