KADASTR AGENTLIGI - RASMIY
26.7K subscribers
5.55K photos
1.05K videos
4 files
3.31K links
Rasmiy sahifalarimiz:

🌐 veb-sayt:
www.kadastr.uz

📌Instagram:
www.instagram.com/uz_kadastr/

📌Facebook:
www.facebook.com/kadastr.uz

☎️ Ishonch telefoni:
1097

📍Manzil:
Ул. Чопонота, Квартал "Ц", Tashkent, Uzbekistan

Pochta:
[email protected]
Download Telegram
#foydali_ma'lumot #Qonun_803

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 28-noyabrdagi "Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida" Qonuniga asosan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning yuzaga kelishini, boshqa shaxsga o‘tishini, cheklanishini va bekor qilinishini nazarda tutuvchi hujjatlar ushbu ko‘chmas mulk haqidagi ma’lumotlar davlat reyestriga kiritilganidan keyin kuchga kiradi.
📃 Davlat reyestriga quyidagi ma’lumotlar kiritiladi:

💠 davlat reyestridagi yozuvning tartib raqami;
💠 ko‘chmas mulkka doir huquqlar tegishli bo‘lgan soliq to‘lovchi yuridik shaxsning nomi va identifikatsiya raqami yoki jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi hamda shaxsiy identifikatsiya raqami;
💠 huquq egasining ulushi;
💠 yer uchastkasining kadastr raqami, maydoni, joylashgan eri, huquq turi, kadastr qiymati;
💠 yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni belgilovchi hujjatlar;
💠 yer uchastkasining mo‘ljallangan maqsadi;
💠 yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarning cheklanishi;
💠 servitutlar;
💠 binolarning, inshootlarning, ko‘p yillik dov-daraxtlar turlarining va sonining ro‘yxati;
💠 binoning, inshootning kadastr raqami, maydoni, huquq turi va kadastr qiymati;
💠 binolarga, inshootlarga va ko‘p yillik dov-daraxtlarga bo‘lgan huquqni belgilovchi hujjatlar;
💠 binolarga, inshootlarga va ko‘p yillik dov-daraxtlarga bo‘lgan huquqlarning cheklanishi;
💠 ipoteka to‘g‘risidagi axborot;

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #foydali_ma'lumot

🪙 Quyidagi hollarda davlat xizmatlari ko‘rsatilganligi uchun yig‘imlar undirilmaydi

💠 kadastr pasportini rasmiylashtirishda:
ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi kadastr yig‘majildi (pasporti) mavjud bo‘lib, begonalashtirilganda yoki obyektda o‘zgarishlar (rekonstruksiya, qo‘shimcha va alohida qurilish) mavjud bo‘lmaganda;
ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda obyektning qolgan qismiga;
rekonstruksiyasiz toifasi o‘zgarganda;
kadastr yig‘majildi (pasporti) yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda va ko‘chmas mulk obyekti ko‘rsatkichlari o‘zgartirilmasdan);

💠 ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlar va ular bo‘yicha tuzilgan bitimlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda:
fuqaroning familiyasi, ismi va otasining ismi o‘zgarganda;
tadbirkorlik subyekti — yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shakli va (yoki) firma nomi o‘zgarganda.

Asos: 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 18-maydagi 306-son qarori

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #foydali_ma_lumot

🪙 Ayrim bolalar davlat boji to'lashdan ozod etildi.

📃 Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar ularga davlat tomonidan ikkilamchi bozordan olib berilgan uy-joylarni mulkka egalik qilish huquqi asosida o‘z nomiga rasmiylashtirishda notarius va kadastr xizmatlari uchun (oldi-sotdi shartnomasi va ko‘chmas mulk obyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish) davlat boji to‘lashdan ozod etiladi.

Asos: 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-apreldagi PQ-230-son qarori

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #foydali_ma_lumot

◾️Nogironligi bo‘lgan shaxslarga elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish xarajatlari qoplab beriladi◾️

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 122-sonli qaroriga asosan, ⚖️elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish xarajatlaridan kelib chiqqan holda, oila tarkibidagi nogironligi bo‘lgan shaxslar sonidan qat’i nazar, bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravarigacha miqdorda bir martalik moddiy yordam ajratiladi.

Bunda ⚖️elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish xarajatlari miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravarigacha bo‘lganda to‘liq, xarajatlar miqdori ushbu chegaradan yuqori bo‘lgan hollarda esa xarajatlarning bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravarigacha bo‘lgan qismi qoplab beriladi.

🌐 Telegram   |  🌐 Instagram    |  🌐YouTube    | 🌐 Facebook       | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM