KADASTR AGENTLIGI - RASMIY
26.4K subscribers
5.58K photos
1.06K videos
4 files
3.34K links
Rasmiy sahifalarimiz:

🌐 veb-sayt:
www.kadastr.uz

📌Instagram:
www.instagram.com/uz_kadastr/

📌Facebook:
www.facebook.com/kadastr.uz

☎️ Ishonch telefoni:
1097

📍Manzil:
Ул. Чопонота, Квартал "Ц", Tashkent, Uzbekistan

Pochta:
[email protected]
Download Telegram
#Kadastr #PQ_104

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2022-yil 27-yanvardagi PQ-104-sonli qaroriga muvofiq:

🔖Kadastr agentligi ijtimoiy soha muassasalarining yer maydonlari, bino va inshootlaridan samarali foydalanish darajasini o‘rganish bo‘yicha Komissiya tarkibiga kiritiladi.

🔸Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Kadastr agentligi tomonidan “Yangi O‘zbekiston” massivlarida xizmat ko‘rsatish obyektlarini tashkil etish;

🔸Yirik tuman va shaharlarda savdo komplekslari hamda hududiy savdo-logistika markazlari barpo etish;

🔸Xalqaro yo‘llar bo‘yida xizmat ko‘rsatish obyektlari tashkil etish;

🔸Nodavlat umumtaʼlim va maktabgacha taʼlim muassasalarini qurish sharti bilan tuman (shahar)larda yer uchastkalari elektron onlayn-auksion savdosiga chiqarish ishlarini tashkil etish uchun auksionlarga chiqariladigan yer maydonlarini doimiy ravishda ko‘paytirib borish choralari ko‘riladi.

🏢Mehmonxona (joylashtirish), savdo, umumiy ovqatlanish, ko‘ngilochar, turoperator va turagent xizmatlarini ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan tumanlar va shaharlarda turizm obyektlarini qurish uchun Kadastr agentligi, Turizm va sport vazirligi hamda mahalliy hokimliklar bilan birgalikda 2022-yil 1-iyuldan boshlab loyiha takliflari va infratuzilmaga ega bo‘lgan yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion savdosiga chiqaradi.