🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣🌟Kadastr agentligi
⭐️Respublika aerogeodeziya markazi tomonidan 2024-yilda
“O‘zbekiston Respublikasi hududida Milliy koordinatlar tizimini joriy etish” maqsadida respublikamiz hududi bo‘yicha maxsus geodezik o‘lchovlar amalga oshirilmoqda.
🇺🇿Maxsus o‘lchov ishlari keng qamrovda amalga oshirilishi rejalashtirilgan hamda 2024-2025-yillarda respublikamiz hududidagi
3 000 dan ortiq
I-va II-klass punktlarida
GNSS o‘lchov ishlari amalga oshirilishi loyihalashtirilgan.
🔭Shuningdek Samarqand shahrida joylashgan,
Mirzo Ulug’bek observatoriyasi hududida Milliy Koordinatlar tizimi uchun “0” nuqtani joylashtirish bo‘yicha ham loyihalash ishlari olib borilmoqda.
✅O‘lchov ishlari Farg‘ona vodiysi viloyatlarida to‘liq yakuniga yetkazildi.
Hozirgi kunda
⭐️Respublika aerogeodeziya markazi va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan Qoraqalpog’iston Respublikasi hududidagi
I-va II-klass Davlat geodezik tarmoq punktlarida maxsus
GNSS o‘lchov ishlari bajarilmoqda.
📍O‘lchov ishlariga
27 nafar mutaxassis va haydovchilar
11 ta maxsus avtomashinalar jalb etilgan.
Milliy koordinatlar tizimini joriy etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad respublikamiz hududida ochiq koordinatlar tizimini yaratish va foydalanishga joriy etishdan iborat.
#Kadastr_agentligi #Aerogeodeziya #GNSS 📩 Telegram | 📩 Instagram | 📩YouTube | 📩 Facebook | 📩 Web-sayt