KADASTR AGENTLIGI - RASMIY
26.7K subscribers
5.55K photos
1.05K videos
4 files
3.31K links
Rasmiy sahifalarimiz:

🌐 veb-sayt:
www.kadastr.uz

📌Instagram:
www.instagram.com/uz_kadastr/

📌Facebook:
www.facebook.com/kadastr.uz

☎️ Ishonch telefoni:
1097

📍Manzil:
Ул. Чопонота, Квартал "Ц", Tashkent, Uzbekistan

Pochta:
[email protected]
Download Telegram
#Kadastr #qonun_targ'iboti

🇺🇿Bugun Kadastr agentligi markaziy apparati xodimlari ishtirokida maxsus o‘quv-seminar tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Qonunining “DAVLAT XARIDLARI TO‘G‘RISIDA” 2021-yil 22-apreldagi 684-sonli mazmun-mohiyati bilan Moliya-iqtisod va buxgalteriya boshqarmasi boshlig‘i Muhammadiyev Ramz agentlik xodimlarini tanishtirdi.

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 13-rayosat yig‘ilishi bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida 2021-yilda Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligiga jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar holati tahlili bilan Tahlil sho'basi boshlig‘i Maxmudov Odil agentlik xodimlarini tanishtirdi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Senat #Qonun #Yer #Kadastr

🇺🇿 Сенатнинг йигирма олтинчи ялпи мажлисида “Ер муносабатларида тенглик ва шаффофликни таъминлаш, ерга бўлган ҳуқуқларни ишончли ҳимоя қилиш ва уларни бозор активига айлантириш тизими такомиллаштирилиши муносабати билан Ўзбекистон Республикасининг айрим қонун ҳужжатларига ўзгартиш ва қўшимчалар киритиш тўғрисида”ги Қонун муҳокама қилинди.

📌 Қонунда ижтимоий ҳимояга муҳтож айрим аҳоли қатламлари учун бир қатор кафолатлар ҳам белгиланмоқда. Хусусан, ногиронлиги бўлган шахслар ва уларнинг оиласи электрон онлайн-аукционлардан ер участкаларини сотиб олиши билан боғлиқ харажатлари давлат томонидан қоплаб берилади.

📝 Мазкур Қонун билан амалдаги 20 дан зиёд қонун, жумладан 4 та кодексга ўзгартиш ва қўшимчалар киритилмоқда.

Амалиётда учраётган турли тушунмовчиликларга барҳам бериш ва жамият ҳаётида қонунга бўлган эҳтиёжни инобатга олган ҳолда сенаторлар мазкур Қонунни маъқуллади.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #Qonun_775

📃"Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, yerga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasining O'RQ-775-son qonunining mazmun-mohiyati Kadastr agentligi Metodologiya boshqarmasi bosh mutaxassisi Sultonbek Latipov tomonidan tushuntirildi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Президент Шавкат Мирзиёев Ўзбекистон Республикаси билан Қирғиз Республикаси ўртасидаги давлат чегарасининг алоҳида участкалари тўғрисидаги шартнома ҳамда Андижон (Кампиробод) сув омборининг сув ресурсларини биргаликда бошқариш тўғрисидаги битимни ратификация қилишга оид қонунларни имзолади.

Президент Шавкат Мирзиёев подписал законы о ратификации Договора между Республикой Узбекистан и Кыргызской Республикой об отдельных участках Государственной границы и Соглашения о совместном управлении водными ресурсами Андижанского (Кемпир-Абадского) водохранилища.

#Mirziyoyev #qonun #chegara #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#kadastr #qonun

“Davlat mulkini boshqarish to‘g‘risida”gi qonun (O‘RQ–821-son, 09.03.2023 y.) Prezident tomonidan imzolandi

🇺🇿 Qonun davlat mulkini boshqarish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.

⭕️Davlat mulkiga bo‘lgan mulk huquqi fuqarolik qonunchiligida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra, shuningdek quyidagi asoslarga ko‘ra ham yuzaga keladi:

🟢shartnomalar va boshqa bitimlar tuzilganda;

🟢mol-mulkni yoki mol-mulkdan foydalanish huquqini, soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha qarzdorlikni, shuningdek davlat ulushi bo‘yicha hisoblangan dividendlarni xo‘jalik jamiyatining ustav fondiga (ustav kapitaliga) kiritish yo‘li bilan ulushni olishda;

🟢sud qarorlari asosida.

Qonunga ko‘ra, ayrim davlat mulklari xususiylashtirilmaydi, jumladan:

➡️O‘zbekiston hududi doirasidagi yer, yer osti boyliklari, suv omborlari, havo bo‘shlig‘i, o‘simlik va hayvonot dunyosi;

➡️moddiy madaniy meros obyektlari, arxiv hujjatlari, davlat muzeylari va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, shu jumladan xiyobonlar va botanika bog‘lari;

🟢 Davlat mulkini boshqarish subyektlari quyidagilardan iborat:

Vazirlar Mahkamasi;

Agentlik;

maxsus vakolatli davlat organlari;

davlat muassasalari, shu jumladan davlat organlari;

mahalliy davlat hokimiyati organlari.

🏢 Davlat aktivlarini boshqarish agentligi davlat mulkini boshqarish sohasidagi vakolatli davlat organidir.

📝 Davlat mulki reyestrini yuritish Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda va shaklda Agentlik tomonidan amalga oshiriladi.

🗒 Agentlik har yili 1 avgustgacha davlat ishtirokidagi korxonalarning o‘tgan moliya yilidagi faoliyati samaradorligi to‘g‘risidagi yig‘ma hisobotni o‘z rasmiy veb-saytida eʼlon qiladi.

✔️ Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#foydali_ma'lumot #Qonun_803

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 28-noyabrdagi "Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida" Qonuniga asosan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning yuzaga kelishini, boshqa shaxsga o‘tishini, cheklanishini va bekor qilinishini nazarda tutuvchi hujjatlar ushbu ko‘chmas mulk haqidagi ma’lumotlar davlat reyestriga kiritilganidan keyin kuchga kiradi.
📃 Davlat reyestriga quyidagi ma’lumotlar kiritiladi:

💠 davlat reyestridagi yozuvning tartib raqami;
💠 ko‘chmas mulkka doir huquqlar tegishli bo‘lgan soliq to‘lovchi yuridik shaxsning nomi va identifikatsiya raqami yoki jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi hamda shaxsiy identifikatsiya raqami;
💠 huquq egasining ulushi;
💠 yer uchastkasining kadastr raqami, maydoni, joylashgan eri, huquq turi, kadastr qiymati;
💠 yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni belgilovchi hujjatlar;
💠 yer uchastkasining mo‘ljallangan maqsadi;
💠 yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarning cheklanishi;
💠 servitutlar;
💠 binolarning, inshootlarning, ko‘p yillik dov-daraxtlar turlarining va sonining ro‘yxati;
💠 binoning, inshootning kadastr raqami, maydoni, huquq turi va kadastr qiymati;
💠 binolarga, inshootlarga va ko‘p yillik dov-daraxtlarga bo‘lgan huquqni belgilovchi hujjatlar;
💠 binolarga, inshootlarga va ko‘p yillik dov-daraxtlarga bo‘lgan huquqlarning cheklanishi;
💠 ipoteka to‘g‘risidagi axborot;

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #qonun

📄"O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida" 838-sonli O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni imzolandi.

⚡️"Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to'g'risida"gi Qonunga kiritilgan o'zgartirishlar va O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksiga kiritilgan o'zgartirilgan haqida infografika orqali bilib oling.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев “Ўзбошимчалик билан эгалланган ер участкалари ҳамда уларда қурилган бино ва иншоотларга бўлган ҳуқуқларни эътироф этиш тўғрисида”ги қонунни имзолади.

Президент Шавкат Мирзиёев подписал закон «О признании прав на самовольно захваченные земельные участки и построенные на них здания и сооружения».

#Mirziyoyev #qonun #yer #tanolish

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🗂🗂🗂🗂

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasining “O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi 937-sonli Qonun mazmun-mohiyati bilan quyidagi havolalar orqali tanishib oling.

✔️ Qonunning 4-moddasi haqida;
✔️ Qonunning 5-moddasi haqida;
✔️ Qonunning 6-moddasi haqida;
✔️ Qonunning 7-moddasi haqida;
✔️ Qonunning 8-moddasi haqida;
✔️ Qonunning 9-moddasi haqida;
✔️ Qonunning 10-moddasi haqida;
✔️ Qonunning 11-moddasi haqida;
✔️ Qonunning 12-moddasi haqida


#Kadastr_agentligi #937_son_qonun #qonun_haqida

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🗂🗂🗂🗂

📄Qonun targ'iboti davom etmoqda.

🌟Kadastr agentligi mas'ullari tomonidan O'zbekiston Respublikasining “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun mohiyatini keng jamoatchilikka, ishchi - xodimlarga tushuntirish ishlari olib borilib, fuqarolarimizga Qonunning mazmun mohiyatini o'zida aks ettiruvchi tarqatma materiallari tarqatildi.

Hududlarda amalga oshirilgan ishlar bilan quyidagi havolalar orqali tanishib olishingiz mumkin:

🟢Sirdaryo viloyati
🟢Jizzax viloyati
🟢Samarqand viloyati
🟢Farg'ona viloyati
🟢Namangan viloyati
🟢Surxondaryo viloyati
🟢Xorazm viloyati


#Kadastr_agentligi #Qonun_targ_iboti

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🗂🗂🗂🗂

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasining “O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi 937-sonli Qonun mazmun-mohiyati bilan quyidagi havolalar orqali tanishib oling.

✔️ Qonunning 4-moddasi haqida;
✔️ Qonunning 5-moddasi haqida;
✔️ Qonunning 6-moddasi haqida;
✔️ Qonunning 7-moddasi haqida;
✔️ Qonunning 8-moddasi haqida;
✔️ Qonunning 9-moddasi haqida;
✔️ Qonunning 10-moddasi haqida;
✔️ Qonunning 11-moddasi haqida;
✔️ Qonunning 12-moddasi haqida


#Kadastr_agentligi #937_son_qonun #qonun_haqida

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Ijrochi vazirlik idoralari o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.

🌟Kadastr agentligida “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi O‘RQ-937-sonli Qonunda belgilangan ustuvor vazifalarni muddatida va sifatli bajarish, shu bilan birgalikda "E'tirof" AAT dasturidan foydalanish tartib-tamoyillari to'g'risida mas'ul vazirlik idoralar xodimlari ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi.

😎Uchrashuv davomida har bir vazirlik va idoralarning mas’ullariga “E’tirof” avtomatlashtirilgan axborot tizimidan foydalanish, ma’lumotlarni va hujjatlarni kiritish, hududlarda mazkur amallarni bajaruvchi xodimlarga moderatorlik (dostup) ruxsatnomalarini shakllantirish bo'yicha tushunchalar berib o'tildi.

#Kadastr_agentligi #Qonun_937

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

XATLOV JARAYONLARINING SHAFFOF O‘TISHI RAHBARIYAT NAZORATIDA

▶️ Xabaringiz bor, joriy yilning 8-noyabridan boshlab O‘RQ-937-sonli Qonunga muvofiq tasdiqlangan reja-jadval asosida Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi filiallari xodimlari tomonidan ko‘chmas mulklarni xatlov yo‘li bilan texnik inventarizatsiyadan o‘tkazish ishlari jadallik bilan amalga oshirilmoqda.

🌟 Kadastr agentligi direktori o‘rinbosari M.Mirmaksudov, 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i A.Yunusov boshchiligida kunlik reja-jadval asosida 📍Olmazor tumanida olib borilayotgan xatlov jarayonlari nazoratdan o‘tkazildi.

◾️O‘rganish natijalariga ko‘ra joylardagi xatlov ishlarini to‘g‘ri, xolisona va sifatli tashkil etish yuzasidan mas’ullarga kerakli topshiriq hamda tavsiyalar berildi.

Shuningdek, xatlov ishlari amalga oshirilgan xonadon egalarining fikr-mulohazalari o‘rganildi. Muloqot davomida xatlovdan ko‘zlangan pirovard maqsad - fuqarolarning qonunda belgilangan yer uchastkalari va ko‘chmas mulklariga nisbatan egalik huquqlarini qonuniy e’tirof etilishi ekanligi tushuntirib o‘tildi.

#Kadastr_agentligi #xatlov #Qonun_937 #Olmazor

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

XATLOV JARAYONLARINING SHAFFOF O‘TISHI RAHBARIYAT NAZORATIDA

▶️ Xabaringiz bor, joriy yilning 8-noyabridan boshlab O‘RQ-937-sonli Qonunga muvofiq tasdiqlangan reja-jadval asosida Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasining tuman (shahar) filiallari xodimlari tomonidan ko‘chmas mulklarni xatlov yo‘li bilan texnik inventarizatsiyadan o‘tkazish ishlari jadallik bilan amalga oshirilmoqda.

⭐️Kadastr agentligi direktor o‘rinbosari Abdullayev Abdushukur Xamidovich, 🌟Davlat kadastrlari palatasi raisi o'rinbosari A.Suyunov boshchiligida kunlik reja-jadval asosida 📍Termiz tumanida olib borilayotgan xatlov jarayonlari nazoratdan o‘tkazildi.

◾️O‘rganish natijalariga ko‘ra joylardagi xatlov ishlarini to‘g‘ri, xolisona va sifatli tashkil etish yuzasidan mas’ullarga kerakli topshiriq hamda tavsiyalar berildi.

Shuningdek, xatlov ishlari amalga oshirilgan xonadon egalarining fikr-mulohazalari o‘rganildi. Muloqot davomida xatlovdan ko‘zlangan pirovard maqsad - fuqarolarning qonunda belgilangan yer uchastkalari va ko‘chmas mulklariga nisbatan egalik huquqlarini qonuniy e’tirof etilishi ekanligi tushuntirib o‘tildi.

#Kadastr_agentligi #xatlov #Qonun_937 #termiztuman

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM