KADASTR AGENTLIGI - RASMIY
26.7K subscribers
5.55K photos
1.05K videos
4 files
3.31K links
Rasmiy sahifalarimiz:

🌐 veb-sayt:
www.kadastr.uz

📌Instagram:
www.instagram.com/uz_kadastr/

📌Facebook:
www.facebook.com/kadastr.uz

☎️ Ishonch telefoni:
1097

📍Manzil:
Ул. Чопонота, Квартал "Ц", Tashkent, Uzbekistan

Pochta:
[email protected]
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🎬🎬🎬🎬

"UZKAD" TIZIMIDA MULK HUQUQINING DAXLSIZLIGI ISHONCHLI HIMOYA QILINADI.

🌟 Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasida ""UZKAD" tizimiga o'tish jarayonlari" mavzusida matbuot tadbiri bo'lib o'tdi. Ushbu matbuot tadbiri tafsilotlarini Renessans, 😄 ZO'RTV, 😄Sevimli telekanallarida efirga uzatilgan lavhalar orqali bilib olishingiz mumkin.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёев ва Қозоғистон Президенти Қасим-Жомарт Тоқаев кўҳна Хоразм заминида учрашмоқда

Президент Узбекистана Шавкат Мирзиёев и Президент Казахстана Касым-Жомарт Токаев проводят встречу на древней хорезмской земле

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yangiyo‘lda yengil tipdagi issiqxona o‘rnida kapital qurilish
qilingan holat aniqlandi.

🌟Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan Yangiyo‘l tumanida olib borilgan nazorat tadbiri davomida qishloq xo‘jaligi yer maydonida kapital qurilish ishlari amalga oshirilganligi holati aniqlandi.

📍Aniqlanishicha, Yangiyo‘l tumani hokimining 2019-yildagi tegishli qarori asosida Tinchlik hududidagi qishloq xo‘jaligi haritasining 185-186-konturlaridan 9,7 gektar yer maydoni ijara huquqi asosida ajratilib, “Zamonaviy muqobil isitish tizimida ishlaydigan yengil tipdagi issiqxona, mevalarni quritish va saqlash omborxonasi” qurilishini loyihalashtirishga ruxsat berilgan.

Biroq, Yangiyo‘l tumani hokimi qarorlari belgilangan tartibda viloyat hokimi tomonidan tasdiqlanmasidan turib, yengil konstruksiyali qurilmalar qurilgan va oldi-sotdi shartnomasi asosida 5 nafar shaxslarga begonalashtirib yuborilgan.

‼️Natijada bugungi kunda kapital qurilish ishlari amalga oshirilgan bo‘lib, qishloq xo‘jaligi ekin yer maydoni noqishloq xo‘jaligi toifasiga o‘tib ketishiga sabab bo‘lmoqda.

Holat yuzasidan 🌟 Kadastr agentligi viloyat boshqarmasi tomonidan to‘plangan materiallar Qo‘shma tartib asosida prokuratura organlariga yuborilishi taʼminlandi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

#Qonunchilikdagi_yangiliklar

🏛 Tuman, shahar hokimliklari zaxirasidagi 60 ming gektar yer maydoni dehqon xo'jaligi tashkil etish uchun elektron onlayn auksion savdolariga qo'yiladi.

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining (153-son, 05.04.2024 y.) "Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlarini oshirish va bandligini ta'minlash, shuningdek, yangi yer maydonlarini o'zlashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, bir oy muddatda 60 ming gektar yer maydonini ijaraga berish bo'yicha elektron onlayn auksion savdolari "E-auksion" elektron savdo platformasi orqali "mahalla yettiligi"ning tavsiyasi bilan shakllantiriladigan ro'yxatga kiritilgan yoshlar o'rtasida o'tkaziladi. Bunda:

🪙 yer maydonlarini ijaraga berish bo'yicha elektron onlayn auksion savdolari g'oliblari yer uchastkasi narxini 10 yil muddatga teng ulushlarda foizsiz bo'lib-bo'lib to'lashga ruxsat beriladi;

💲 zakalat puli bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida belgilanadi;

🫂 Talabgorlarga:

🧅 sabzavot, kartoshka, poliz ekinlari, gul, ko'katlar, makkajo'xori doni, dukkakli va moyli ekinlar yetishtirishga sug'oriladigan ekin yer maydonlari;

🍇 bog'dorchilik-uzumchilik yo'nalishlari uchun ko'p yillik daraxtzorlar yoki samarasiz bog'lar yer maydonlari;

☘️ dorivor o'simliklar yetishtirish, chorvachilik yo'nalishlari uchun chorva ozuqasi ekinlarini yetishtirishga mo'ljallangan, lalmi, bo'z, yaylov va yangi o'zlashtirilgan yer maydonlari 30 yil muddatgacha kichik lotlarda "bir massiv - bir mahsulot" tamoyili asosida ijaraga beriladi.

🧊 talabgorlarga ajratiladigan yer maydonlari o'lchamlari "mahalla yettiligi" taklifiga ko'ra aniqlanadi.

Mazkur qarorga muvofiq ijaraga beriladigan yer maydonlarida tura joy, bino va inshootlar qurish qat'iy man etiladi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH BUGUNGI KUNNING DOLZARB MASALASI

🟢 Korrupsiyaga qarshi kurashish bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. 🌟Kadastr agentligi tizimida so‘nggi yillarda korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, samarali va shaffof yer nazorati tadbirlarini amalga oshirishga mo‘ljallangan 🔩 “E-yer nazorat” AAT dasturi ishlab chiqildi. “E-yer nazorat” AAT yaratilishi natijasida Yer va kadastr nazorati sohasida yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish va qurilish ishlarini amalga oshirishda huquqbuzarliklarni aniqlashdan bartaraf etilgunga qadar samarali davlat nazorati o‘rnatilishiga erishildi.

➡️ Batafsil o'qish uchun

#Kadastr #murojaat

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Ramazon Hayitida necha kun dam olinadi?

🇺🇿 Prezident Farmoniga koʻra, Ramazon hayiti munosabati bilan ketma-ket 3 kun dam olish kuni belgilangan.

Bular:


🗓 10-aprel, chorshanba — Ramazon Hayiti kuni;
🗓 11-aprel, payshanba — barcha uchun qoʻshimcha dam olish kuni;
🗓 12-aprel, juma — 6 kunliklarga qoʻshimcha dam olish kuni, 5 kunliklarga 13-aprel, shanbadan koʻchirilgan dam olish kuni;
🗓 13-aprel, shanba — barcha uchun ish kuni;
🗓 14-aprel, yakshanba — barcha uchun dam olish kuni.

📄 Farmonda 11-aprel, payshanba kuni barcha xodimlarga qoʻshimcha dam olish kuni etib belgilangan. 12-aprel, juma kuni esa 6 kunliklarga qoʻshimcha dam olish kuni, 5 kunliklarga esa 13-aprel, shanbadan koʻchirilgan dam olish kuni hisoblanadi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🌴Sayxunobod tumanida “Kadastrchilar bog’i” tashkil etildi.

🌟Kadastr agentligi va Davlat kadastrlar palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmalariga biriktirilgan Sayxunobod tumanida kadastr xodimlari tomonidan🌳 “Kadastrchilar bog’i” barpo etilib, 🌳“Yashil makon” umummilliy loyihasiga o’z hissalarini qo’shishdi.

🌳“Yashil makon” loyihasi doirasida o’tkazilgan “Kadastrchilar bog’i” uchun 5000 ta mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.

🌟Kadastr agentligining qator hududiy boshqarmalarida ham yashil hududlarni tashkil etish, mahalla, koʼcha va xiyobonlarni koʼkalamzorlashtirish boʼyicha xayrli ishlar davom etmoqda.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🎬🎬🎬🎬

🟠Nukusda O‘zbekiston-Turkmaniston qo‘shma demarkatsiya komissiyasi ishchi guruhlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi🟠

📍 2024-yilning 1-7-aprel kunlari Nukus shahrida 🇺🇿O‘zbekiston-🇹🇲Turkmaniston qo‘shma demarkatsiya komissiyasi ishchi guruhlarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Oʻzbekiston-Turkmaniston Davlat chegarasini demarkatsiya qilish boʻyicha ishlar davom ettirildi, jumladan, Oʻzbekiston va Turkmaniston oʻrtasidagi Davlat chegarasini demarkatsiya qilish boʻyicha hukumatlararo komissiyaning qoʻshma majlisiga tayyorgarlik koʻrish masalasi koʻrib chiqildi.

▪️Uchrashuv an’anaviy do‘stlik va o‘zaro hamjihatlik muhitida o‘tdi. Tadbir yakunida tegishli bayonnoma imzolandi. Navbatdagi uchrashuv 🇹🇲Turkmaniston hududida bo‘lib o‘tadi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон халқига Рамазон ҳайити табриги

Поздравление народу Узбекистана с праздником Рамазан хайит

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Aziz yurtdoshlar!

🗿 Yurtimiz mo‘min-musulmonlari va butun xalqimizni yer yuzidagi islom ummati tomonidan keng nishonlanayotgan ulug‘ va muborak ayyom – 😅 Ramazon hayiti bilan samimiy muborakbod etamiz. Ramazoni sharif har bir xonadonga, jonajon yurtimizga qut-baraka, sog‘lik-omonlik va baxtu saodat hamda fayz olib kelsin!

Hurmat bilan 🌟Kadastr agentligi jamoasi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 📑📑📑📑

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari ijaraga oluvchi tomonidan boshqa shaxsga o‘tkazilishi mumkinmi

🇺🇿 Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-871, 23.10.2023 y) bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimcha kiritildi. Unga asosan, Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari bo‘yicha huquq va majburiyatlar faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda ijaraga oluvchi tomonidan boshqa shaxsga o‘tkazilishi (qayta ijaraga berilishi) mumkin.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM