KADASTR AGENTLIGI - RASMIY
26.4K subscribers
5.58K photos
1.06K videos
4 files
3.34K links
Rasmiy sahifalarimiz:

🌐 veb-sayt:
www.kadastr.uz

📌Instagram:
www.instagram.com/uz_kadastr/

📌Facebook:
www.facebook.com/kadastr.uz

☎️ Ishonch telefoni:
1097

📍Manzil:
Ул. Чопонота, Квартал "Ц", Tashkent, Uzbekistan

Pochta:
[email protected]
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kambag‘allikni qisqartirishda tadbirkorlar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik o‘rnatiladi

🇺🇿Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-923-son, 02.04.2024 y.) bilan Soliq kodeksiga qo‘shimchalar kiritildi.

📃Unga ko‘ra:

▶️ “Hamkorlik shartnomalari”ga asosan “20 ming tadbirkor –500 ming malakali mutaxassis” dasturiga kiritilgan tadbirkorlarga (bundan Toshkent shahrida ro‘yxatdan o‘tgan tadbirkorlik subyektlari mustasno) ayrim soliqlarni hamda aylanmadan olinadigan soliqni ushbu tadbirkorlar yaratgan yangi ish o‘rinlari soniga qarab quyidagi muddatlarda bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati beriladi:

◾️ 51 tadan 100 tagacha yangi ish o‘rni yaratilganda – 3 oygacha;

◾️ 101 tadan 200 tagacha yangi ish o‘rni yaratilganda – 6 oygacha;

◾️ 200 tadan ortiq yangi ish o‘rni yaratilganda –12 oygacha.

Shuningdek, “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturiga kiritilgan tadbirkorlik subyektlari yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini 2025-yil 1-yanvargacha quyidagi miqdorda pasaytirilgan soliq stavkalari bo‘yicha to‘laydi:

51 tadan 100 tagacha yangi ish o‘rni yaratilganda – belgilangan soliq stavkasining 50 foizi;

101 dan 200 tagacha yangi ish o‘rni yaratilganda – belgilangan soliq stavkasining 75 foizi;

200 dan ortiq yangi ish o‘rni yaratilganda – ushbu soliqlarni to‘lashdan ozod etiladi.

❗️ Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 📑📑📑📑

Ko'chmas mulkka bo'lgan huquqni davlat ro'yxatidan o'tkazmasdan amalga oshirilgan bitimlar haqiqiy
hisoblanmaydi.

🗓 Tegishli huquq paydo bo'lgandan keyin 1 oy ichida ko'chmas mulk davlat ro'yxatidan o'tkazilishi kerak.

🖥 Ko'chmas mulkka bo'lgan huquqni davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun😄Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali murojaat qilinadi.

🪙 Ko'chmas mulkka bo'lgan huquqni davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun o'z vaqtida murojaat etmaslik fuqarolarga BHMning 10 baravari (3,4 mln so'm), mansabdor shaxslarga esa 15 baravari (5 mln 10 ming so'm) miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🎬🎬🎬🎬

🌟Kadastr tizimida malakali kadrlarni tayyorlash maqsadida Toshkent viloyatida bir qator ta'lim muassasalari bilan hamkorlikda talabalarning boshqarma va hududiy bo'limlarida amaliyot o'tashlari yo'lga qo'yilgan.

📹 Batafsil NurafshonTV ko'rsatuvida.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣

📍 Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatining o‘rtasidagi 300 km uzunlikdagi chegaralari ⭐️Respublika aerogeodeziya markazi tomonidan tayyorlangan chegara chizig‘i tavsifi va kartografik chizmalari 🌟Kadastr agentligi hamda 💫Davlat kadastrlar palatasining Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyat boshqarmalari, tuman bo‘lim va filiallari hamda Respublika aerogeodeziya markazi mutaxassislari tomonidan mavjud arxiv hujjatlari asosida muhokama qilinmoqda.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🌟Kadastr agentligi tizimida "Xon atlas" festivali bo'lib o'tdi.

Xalqimizning go‘zal qadriyatlari, milliyligi ramzi sifatida xon atlasimiz mashhur ва maʼlum. Milliy qadriyatlarimizni mazmunan boyitish, estetik qarashlarni shakllantirish, urf-odat ва anʼanalarning o‘ziga xosligini namoyon etish maqsadida respublikamiz bo‘ylab “Xon atlas” festivali bo‘lib o‘tmoqda. Har yili anʼanaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Xon atlas” festivali ana shu qadriyatga bo‘lgan hurmat ва ehtiromni yana-da oshirmoqda.

“Xon atlas” millatimiz ko‘rki ziynati ekan ushbu tadbirlarda Kadastr agentligida faoliyat ko‘rsatayotgan xotin-qizlari ham faol ishtirok etdilar.

Tadbir bo'lib o'tgan hududlar:
➡️ Davlat kadastrlari palatasi
➡️ Surxondaryo viloyati
➡️ Toshkent viloyati
➡️ Toshkent shahri
➡️ Qashqadaryo viloyati
➡️ Jizzax viloyati
➡️ Sirdaryo viloyati
➡️ Toshkent geodeziya va kartografiya texnikumi
➡️ Navoiy viloyati

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🌐 “22-aprel — Xalqaro yer kuni” munosabati bilan joriy yil 16-17-aprel kunlari Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida “Yer resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishda geomatika sohasida erishilgan yutuqlarni amaliyotga joriy etishning dolzarb muammolari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.

😄 Ushbu konferensiyada mazkur Universitet professor-o‘qituvchilari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi senatorlari, Qo‘mita raislari hamda hamkor tashkilot va korxonalar vakillari, shu jumladan 🌟Kadastr agentligi direktorining o‘rinbosari A.Abdullayev ham ma’ruza bilan ishtirok etmoqda.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM