KADASTR AGENTLIGI - RASMIY
26.4K subscribers
5.58K photos
1.06K videos
4 files
3.34K links
Rasmiy sahifalarimiz:

🌐 veb-sayt:
www.kadastr.uz

📌Instagram:
www.instagram.com/uz_kadastr/

📌Facebook:
www.facebook.com/kadastr.uz

☎️ Ishonch telefoni:
1097

📍Manzil:
Ул. Чопонота, Квартал "Ц", Tashkent, Uzbekistan

Pochta:
[email protected]
Download Telegram
#Huquqiy_bilim

🟢 Bugundan "Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni rasman kuchga kirdi

➡️Ushbu Qonunning maqsadi ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

➡️Qonun ko‘chmas mulkning quyidagi turlariga bo‘lgan huquqlarni, yaʼni yer uchastkalariga, binolarga, inshootlarga, shu jumladan qurilishi tugallanmagan obyektlarga, ko‘p yillik dov-daraxtlarga hamda mulkiy majmua sifatidagi korxonaga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga nisbatan tatbiq etiladi.

➡️Mazkur qonun bilan Kadastr agentligi - ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sohasida maxsus vakolatli davlat organi etib, 🌟Kadastr agentligining 👍Davlat kadastrlari palatasi - ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ etib belgilangan.

➡️Unda 👍Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalaridagi ko‘chmas mulklarga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi mutaxassislar tomonidan ko‘chmas mulklarga bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi yoki Davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni mazkur qonundagi asoslarga ko‘ra rad etadi.

➡️Shuningdek, Davlat xizmatlari markazlari, notarial idoralar, rieltorlik tashkilotlari, tijorat banklari hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi – vositachilar etib belgilandi.

➡️Ushbu Qonun bilan ko‘chmas mulklarga oid nizolarni sudgacha hal etish komissiyasi va apellyatsiya komissiyalarini tashkil etilishi va ish yuritish tartibi belgilab qo‘yildi.

➡️Ko‘chmas mulklarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga asos bo‘luvchi 60 dan ortiq huquqiy hujjatlarning aniq ro‘yxati qonunda keltirilgan, yaʼni barcha davrlarda, 2021-yil 1-avgustdan keyingi davrdagi, O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksi qabul qilingan davrdan keyingi va undan oldingi davrlarda asos bo‘luvchi hujjatlarning aniq ro‘yxati ko‘rsatilgan.

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr_pasporti #huquqiy_bilim

📃 Ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasporti quyidagi hollarda rasmiylashtiriladi yoki qayta rasmiylashtiriladi:

ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi xatlov ishlari bajarilganda;
ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda yoki yer uchastkasi alohida bo‘linganda (bunda ikki qismga alohida kadastr pasporti shakllantiriladi);
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari xususiylashtirilgandan so‘ng ularning bir qismiga bo‘lgan huquq boshqa shaxsga o‘tganda;
yer uchastkasining maydoni yoki chegara nuqtalari o‘zgarganda;
ko‘chmas mulk obyektining manzilini belgilashda yoki o‘zgartirishda;
ko‘chmas mulk obyektining toifasi o‘zgarganda;
o‘z yer uchastkasida tegishli ruxsatnomalarni rasmiylashtirmasdan qurilgan bino va inshootlar mavjud bo‘lganda.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#huquqiy_bilim #kadastr_pasporti

Quyidagilar kadastr pasporti berishni rad etish uchun asos bo‘ladi:

so‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilishi;
ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emasligi;
ariza beruvchi yoki uning vakili kelishilgan manzilda bo‘lmagan taqdirda;
vakolatli organ tomonidan kadastr pasportini rasmiylashtirish bo‘yicha ko‘chmas mulk obyektiga taqiq yoki xatlov qo‘yilganligi.

◼️ Kadastr pasportini rasmiylashtirishni ushbu bandda ko‘rsatilmagan asoslar bo‘yicha rad etish qat’iyan taqiqlanadi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
▪️Advokat ma’lumotlariga qo‘shimcha tuzatish▪️

▶️ Bugun, ijtimoiy tarmoqlar orqali advokat Davron Tadjiev tomonidan Uyni kadastri bo‘lmasa – qanday yo‘l tutish kerak - mazmunidagi savolga tayyorlangan videosyujetdagi ma’lumotga biroz tuzatish kiritishni lozim topdik.

Zero, aniq yo‘naltirilmagan ma’lumotlar tufayli fuqarolarda sarsongarchilik yuzaga kelmoqda.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #huquqiy_axborot

🔰Ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:

📌davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organda ushbu ko‘chmas mulk obyektining mansubligi masalasida nizolar borligidan dalolat beruvchi sud hujjatlarining mavjudligi;

📌vakolatli organ tomonidan ko‘chmas mulk obyektiga taqiq qo‘yilganligi;

📌taqdim etilgan hujjatlarda noto‘g‘ri yoki buzilgan maʼlumotlar topilishi;

📌birlamchi kadastr yig‘majildining (kadastr pasporti) mavjud emasligi;

📌davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organda ushbu yer uchastkasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda olib qo‘yilganligi haqidagi maʼlumotlarning mavjudligi;

📌ro‘yxatdan o‘tkazuvchi tomonidan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘xtatib turilgan hollarda, taqdim etilgan materiallardagi kamchiliklarning 3 ish kuni mobaynida bartaraf etilmasligi;

📌yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda bekor qilinganligi;

📌huquqlarning vujudga kelishini belgilamaydigan hujjatlarning taqdim etilishi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #huquqiy_axborot

⚡️Ayrim tadbirkorlar davlat mulki ijara to‘lovidan ozod etiladi

Qonunchilikka ko‘ra, xodimlari umumiy sonining kamida 70 foizi “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bo‘lgan kasanachilikni tashkil etgan va imtiyoz berilgan davrda ularning bandligini saqlab qolgan tadbirkorlar davlat mulkidagi bino va inshootlar uchun ijara haqi to‘lovidan 2027-yil 1-oktabrgacha ozod etilishi belgilangan.

📌Shuningdek, “Ayollar daftari”dagi kamida 5 ta ishsiz xotin-qizlarni kasanachilik asosida ishga qabul qilgan tadbirkorlar tomonidan davlat mulkidagi bino va inshootlarni ijaraga olishda ijara haqi 50 foiz miqdorda undiriladi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #huquqiy_axborot

⚖️ Yer uchastkalarini oʼzboshimchalik bilan egallab olish jinoiy javobgarlikka olib keladi.

🇺🇿Oʼzbekiston Respublikasining Jinoyat Kodeksining 229-1-moddasiga asosan;

🌍 Yer uchastkalarini oʼzboshimchalik bilan egallab olish, shu jumladan ushbu yer uchastkalariga nisbatan qonuniy huquqlari mavjud boʼlmagan holda ulardan foydalanish, xuddi shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʼllanilganidan keyin sodir etilgan boʼlsa, BHMning 300 baravaridan 400 baravarigacha miqdorda jarima yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 1 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 1 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

📌 Batafsil o'qish uchun

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #huquqiy_axborot

⚡️Xususiylashtirilgan yer uchastkalariga bo‘lgan xususiy mulk huquqi davlat tomonidan himoya qilinadi

🔹Qonunchilikka muvofiq, хususiylashtirilgan yer uchastkasiga bo‘lgan xususiy mulk huquqi unga bo‘lgan huquq Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestriga tegishli ma’lumotlarni elektron tarzda kiritish orqali davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran yuzaga keladi.

📌Xususiylashtirilgan yer uchastkalariga bo‘lgan xususiy mulk huquqi daxlsizdir va qonunga muvofiq davlat tomonidan himoya qilinadi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #huquqiy_axborot

YER UCHASTKASINI NOQONUNIY OLIB QO‘YISH

Yer uchastkasini noqonuniy olib qo‘yish shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa,

🪙 BHMning 200 baravaridan 250 baravarigacha miqdorda jarima yoki 300 soatdan 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

➡️ Batafsil o'qish uchun

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #huquqiy_axborot

🌍 O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonlarini yer egasiga qaytarish tartibi

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi yer kodeksi 91-modda

🏠 O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari ularga g‘ayriqonuniy ravishda egalik qilingan va foydalanilgan vaqtda qilingan sarf-xarajatlar qoplanmagan tarzda tegishliligiga ko‘ra qaytariladi.

🌍Yer uchastkalarini foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish, shu jumladan undagi imoratlarni buzish yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olgan shaxslar hisobidan amalga oshiriladi.

📃 O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasini yer egasiga, yerdan foydalanuvchiga, yer uchastkasi ijarachisiga yoki mulkdoriga qaytarish tegishli tuman, shahar, viloyat hokimining qaroriga binoan yoki sudning hal qiluv qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr_agentligi #huquqiy malumot

🏠Ko‘chmas mulkka qo‘yilgan taqiqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi

🏛 Ko‘chmas mulkka taqiq qo‘yish yoki taqiqni olib tashlash to‘g‘risidagi hujjat ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga kelib tushgan kundan e’tiboran 1 ish kuni ichida ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak.

❗️Ko‘chmas mulkka qo‘yilgan taqiq uni qo‘ygan vakolatli mansabdor shaxsning yoki sudning qaroriga binoan olib tashlanadi.

🇺🇿 Asos: O'zbekiston Respublikasining O‘RQ–803-son Qonuni, 28.11.2022-y.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#huquqiy_ma_lumot

📝 Kadastr pasportini tayyorlash obyektning murakkabligiga qarab quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi.

🏠 Ko‘chmas mulk obyektlarining turar joyga oid qismi bo‘yicha:

1️⃣ ko‘p kvartirali uydagi kvartira -3 ish kunigacha.

2️⃣ yakka tartibdagi turar joy - 5 ish kunigacha.

🏢 Ko‘chmas mulk obyektlarining noturar joyga oid qismi bo‘yicha:

1️⃣umumiy maydoni 100 kv.m. gacha - 5 ish kunigacha.

2️⃣umumiy maydoni 100 kv.m dan 1 000 kv.m. gacha - 7 ish kunigacha.

3️⃣umumiy maydoni 1 000 kv.m dan 5 000 kv.m. gacha -10 ish kunigacha.

4️⃣umumiy maydoni 5 000 kv.m dan 15 000 kv.m. gacha - 15 ish kunigacha.

5️⃣umumiy maydoni 15 000 kv.m dan 50 000 kv.m gacha - 20 ish kunigacha.

6️⃣umumiy maydoni 50 000 kv.m dan ortiq - 25 ish kunigacha.

7️⃣ajratilgan yer uchastkalari bo‘yicha - 3 ish kunigacha.

💳 Kadastr (yig‘majildi) pasporti yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda), qog‘oz yoki plastik shaklda yangi kadastr pasporti ikki ish kuni mobaynida beriladi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM