KADASTR AGENTLIGI - RASMIY
26.4K subscribers
5.58K photos
1.06K videos
4 files
3.34K links
Rasmiy sahifalarimiz:

🌐 veb-sayt:
www.kadastr.uz

📌Instagram:
www.instagram.com/uz_kadastr/

📌Facebook:
www.facebook.com/kadastr.uz

☎️ Ishonch telefoni:
1097

📍Manzil:
Ул. Чопонота, Квартал "Ц", Tashkent, Uzbekistan

Pochta:
[email protected]
Download Telegram
#Kadastr #tadbirkorlar_bilan_uchrashuv

“20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturi doirasida Kadastr agentligi direktorining birinchi o'rinbosari A.Allaberganov, Namangan tumani hokimi S.Mo‘minov hamda viloyatdan biriktirilgan masʼullar bilan birgalikda Namangan tumanida faoliyat yuritayotgan "Toshbuloq tekstil" MCHJ, “Muslima 2001” MCHJ, "Norin Jasmina textile" MCHJ va shu kabi bir qancha tadbirkorlar bilan uchrashib, ishlab chiqarish uskunalari uchun kredit masalasidagi muammolar, olib borilayotgan qurilish-montaj ishlarini ko'zdan kechirib yaratiladigan ish o'rinlari bilan tanishishdi. Bino qurilishini davom ettirish uchun kredit ajratish masalasini ko'rib chiqish yuzasidan kerakli topshiriqlar berildi.

"Korxonada qo'shimcha 51 nafar yangi ish o'rni yaratamiz, 20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis dasturi doirasida beriladigan imtiyozlardan foydalanishni maqsad qildim. Bu imtiyozlar korxonamizni yanada rivojlantirish uchun bizga qo'l keladi", - deydi "Norin Jasmina textile" MCHJ korxonasi rahbari Q.Ibragimova

Respublika Ishchi guruhi aʼzosi A.Allaberganov Namangan viloyatining Norin tumani Navoiy MFY hududida joylashgan "TEXTILE IMPEX COMPANY" MCHJ faoliyati bilan ham tanishdi. Ushbu korxona dastur doirasida soliq imtiyozlaridan foydalanib qo'shimcha 150 nafar yangi ish o'rinlari yaratishni maqsad qilgan.

Tashrif davomida Namangan viloyatining Norin tumani Sho'rariq MFY hududida joylashgan "Mir city tex" MChJ shakldagi Rossiya-O'zbekiston qo'shma korxonasi faoliyati bilan ham yaqindan tanishildi. Ayni damda mazkur korxonada 201 nafar ishchi mehnat qilayotgan bo'lsa dastur doirasida qo'shimcha 200 nafar yangi ish o'rinlari yaratish rejalashtirilgan. Bundan tashqari korxona dasturdagi imtiyozlardan foydalanib 120 kVt. quvvatdagi transformator punkti o'rnatilishi kutilmoqda.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #tadbirkorlar_bilan_uchrashuv

🇺🇿 О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Kambag‘allikni qisqartirishda tadbirkorlik subyektlari bilan о‘zaro manfaatli hamkorlik о‘rnatishga qaratilgan chora tadbirlari tо‘g‘risida"gi Farmoni hamda О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "20 ming tadbirkor-500 ming malakali mutaxassis" dasturini amalga oshirish bо‘yicha chora-tadbirlari tо‘g‘risida"gi qarorini amalga oshirish yuzasidan Toshkent viloyatida 🌟Kadastr agentligi rahbariyati ishtirokidagi Respublika ishchi guruh a'zolari tomonidan amalga oshirilgan ishlar, muammolar va tadbirkorlar bilan tuzilayotgan "Hamkorlik shartnomalari" holatlari о‘rganildi.

Yuqori Chirchiq tumanida faoliyat yuritayotgan "NEO STORY INVEST", “SOF GIGIENIK”, “DELUX BUINESS” va “WORLD OF HYGIENE” MCHJ faoliyati imkoniyatlari bilan yaqindan tanishildi, farmon bо‘yicha imtiyozli kreditlar, soliq imtiyozlari hamda hamkorlik shartnomalarini qanday tartibda rasmiylashtirilishi yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berildi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #tadbirkorlar_bilan_uchrashuv

"20 ming tadbirkor - 500 ming malakali mutaxassis" dasturi ijrosi ta'minlanmoqda.
 
Dasturini amalga oshirish bо‘yicha 🌟Kadastr agentligi rahbariyati ishtirokidagi Respublika ishchi guruh Toshkent viloyatining Ohangaron shahrida faoliyat yuritayotgan  "QUALITY DEVISE" MCHJ va "LIMAX GOLD TEXTILE" MCHJ faoliyati va imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdi hamda tadbirkorning kelgusidagi rejalarida dastur doirasida amaliy yordam ko'rsatilishi ta'kidlandi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM