🌍Fazoviy ma'lumotlar infratuzilmasi bo'yichaEvrosiyo tashabbusi (Eurasia SDI) ishtirokchi davlatlari va tashkiliy qo‘mita a’zolarining 2023-yildagi ilk onlayn formatdagi uchrashuvi bo’lib o’tdi.
✅ Uchrashuvdan ko’zlangan maqsad 2023-yilda tashkiliy qo’mitaning faoliyati va kelgusi rejalarini muhokama qilish hamda 2023-2024yillarda Fazoviy ma'lumotlar infratuzilmasi bo'yicha “Evrosiyo SDI” konferensiyasini o’tkazish bo’yicha mezbon davlatlarni aniqlash muhokamasi hisoblanadi.
Ma’lumot uchun:Fazoviy ma'lumotlar infratuzilmasi bo'yicha Evrosiyo tashabbusining doimiy a’zolari 🇰🇷Koreya Respublikasi, 🇧🇾Belarus Respublikasi, 🇰🇿Qozog’iston Respublikasi, 🇰🇬Qirg’iziston Respublikasi, 🇹🇯Tojikiston Respublikasi, 🇲🇳Mo‘g’uliston va 🇺🇿O’zbekiston Respublikasi hisoblanib, tashabbusning asosiy maqsadi Koreyaning rivojlanayotgan davlatlar bilan geoaxborot tizimlari va fazoviy ma’lumotlarni rivojlantirishda bilimlar transferi va tajriba almashishdan iborat.
🟢Ayni damda🌟 Kadastr agentligida 🇹🇯 Tojikiston Respublikasi Yer resurslari va geodeziya qo‘mitasining “Fazo” ilmiy-loyihalash instituti hamda Dushanbe Aerogeodeziya Davlat unitar korxonasi vakillari bilan uchrashuv bo’lib o’tmoqda.
✅Uchrashuv kun tartibidan yer va ko’chmas mulk munosabatlari yo’nalishidagi qonunchilikdagi o’zgarishlar, O’zbekistonda fazoviy ma’lumotlar milliy infrastrukturasini qurish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tajriba almashish o’rin olgan.
🟢 Ma’lumot uchun: 2018-yil 17-avgustda Tojikiston Respublikasi Prezidentining O’zbekistonga tashrifi doirasida “Yer tuzish, kadastr, geodeziya, kartografiya va Yerni masofadan turib zondlash sohasida hamkorlik" bo’yicha Hukumatlararo Bitim imzolangan bo’lib, 🇺🇿O’zbekiston tomondan asosiy ijrochi 🌟Kadastr agentligi, 🇹🇯 Tojikiston Respublikasi tomonidan Tojikiston Yer resurslari va geodeziya qo‘mitasi hisoblanadi.
🇰🇷Koreya Respublikasining 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi Tijoriy hamkorlik masalalari bo‘yicha bo‘linmasi (KOTRA), Koreya Yer, infrastruktura va transport vazirligi hamda 🌟Kadastr agentligi "✨Geoinnovatsiya markazi" davlat unitar korxonasi hamkorligida tashkil etilgan 👌“Drone Show” ilmiy-amaliy seminarining ikkinchi kuni o‘z nihoyasiga yetdi.
🇺🇿O‘zbekiston va 🇦🇿Ozarbayjon kadastr idoralari o‘rtasida yer hisobi, geoaxborot tizimlari, kadastr tizimlarining modernizatsiyasi yo‘nalishida idoralararo ishchi guruhlarning onlayn sessiyasi bo‘lib o‘tdi
🟢Joriy yilning 8-iyun hamda 22-iyun sanalarida 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi 🌟Kadastr agentligi hamda 🇦🇿Ozarbayjon Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Mulk masalalari davlat xizmati o‘rtasida idoralararo ishchi guruhlarning tajriba almashishga bag‘ishlangan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
⏰ Kun tartibidan:
😎Yer maʼmurchiligi hamda yer hisobini yuritish; 😎Yer va kadastr nazorati; 😎Raqamlashtirish va Yer boshqaruviga oid axborot tizimlari; 😎Ozarbayjonning «Nesas» hamda O‘zbekistonning «Uzkad» axborot tizimi imkoniyatlari; 😎geoaxborot tizimlari va manzillar reyestri; 😎Fazoviy maʼlumotlar infrastrukturasini yaratish yo‘nalishida o‘zaro tajriba almashish o‘rin oldi.
✅Maʼlumot uchun:Davlatlararo sohaviy hamkorlik O‘zbekiston Respublikasi va Ozarbayjon Respublikasi o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya o‘rtasida belgilangan harakatlar rejasiga muvofiq yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, tomonlarning hamkorlik ko‘lami – yer munosabatlari, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, davlat kadastrlarini yuritish sohasida tajriba almashish, shuningdek mazkur yo‘nalishlarda elektron xizmatlar ko‘rsatish masalalarini qamrab oladi.
🇺🇿🌟Kadastr agentligining 🇹🇷Turkiya bilan aloqalari amaliy bosqichga olib chiqilmoqda.
🟢 Joriy yilning 20-25-avgust kunlarida🌟Kadastr agentligi delegatsiyasi Turkiyaning Yerni ro‘yxatga olish va kadastr bosh mudirligi bilan ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini o‘rnatish maqsadida hamda Turkiya kadastr sohasini institutsional o‘rganish va tajriba almashish maqsadida 🇹🇷Turkiya Respublikasiga tashrifi bo‘lib o‘tdi.
💠Jahon banki missiyasining “Shahar yerlari boshqaruvi hamda yashil infratuzilmani rivojlantirish masalalari” yuzasidan 🇺🇿O‘zbekistonga tashrifi bo‘lib o‘tmoqda
🟢Joriy yilning 4-sentabr sanasida 🌟Kadastr agentligida Jahon bankining Yеvrора va Markaziy Osiyo mintaqasi uchun bаrqаrоr rivojlanish bo'yicha mintaqaviy direktori Same Vahba boshchiligidagi missiya hamda Agentlik direktorining o'rinbosari M.Mirmaksudov o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.
✅Uchrashuv davomida “Ko‘chmas mulkni ro‘yxatga olish va kadastr tizimlarini modernizatsiya qilish” investitsiya loyihasi bo‘yicha bajarilgan ishlar va “Fazoviy ma’lumotlar milliy infratuzilmasini yaratish” istiqboldagi investitsiya loyihasi doirasida 2022-yildan buyon olib borilgan tayyorgarlik ishlari bo‘yicha ma’lumotlar berildi.
➡️Missiya a’zolarining loyihaga doir savollariga javob berildi.
😎Jahon banki missiyasi tomonidan yer islohoti, xususiylashtirish, raqamlashtirish masalalari milliy iqtisodiyot va fuqarolarning hayot sifatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omil ekanligi ta’kidlandi.
😄Shuningdek, yer ma'murchiligi hamda kadastrni rivojlantirish yo'lida istiqboldagi hamkorlik rejalari bo‘yicha o‘zaro fikr va tavsiyalar almashildi.