KADASTR AGENTLIGI - RASMIY
26.7K subscribers
5.55K photos
1.05K videos
4 files
3.31K links
Rasmiy sahifalarimiz:

🌐 veb-sayt:
www.kadastr.uz

📌Instagram:
www.instagram.com/uz_kadastr/

📌Facebook:
www.facebook.com/kadastr.uz

☎️ Ishonch telefoni:
1097

📍Manzil:
Ул. Чопонота, Квартал "Ц", Tashkent, Uzbekistan

Pochta:
[email protected]
Download Telegram
#qaror #auksion #imtiyoz

🇺🇿O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori (122–son, 23.03.2023 y.) bilan Nogironligi bo‘lgan shaxsning va tarkibida nogironligi bo‘lgan shaxs bor oilaning elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplab berish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, yer uchastkasini auksion orqali sotib olish xarajatlaridan kelib chiqqan holda, oilasi tarkibida nogironligi bo‘lgan shaxslar sonidan qatʼiy nazar, BHMning 100 baravarigacha (30 mln so‘mgacha) miqdorda bir martalik to‘lov ajratiladi.

🪙Bunda xarajatlar ushbu miqdordan yuqori bo‘lgan hollarda BHMning 100 baravarigacha (30 mln so‘mgacha) bo‘lgan qismi qoplab beriladi.

➡️Imtiyozli toifadagi shaxslar quyidagi mezonlarga muvofiq kelishi kerak:

🟡 oxirgi 12 oy davomida o‘zi yoki oila aʼzolari nomida yashash uchun mo‘ljallangan turar joyi yoki yer uchastkasi mavjud bo‘lmasligi;

🟡 yer uchastkasi oxirgi 3 oy ichida auksion orqali xarid qilingan va O‘zbekiston hududida bo‘lishi;

🟡 nogironligi bo‘lgan shaxs deb topilgan, shuningdek, «Temir daftar», «Ayollar daftari», «Yoshlar daftari»ning birida turgan bo‘lishi.

Imtiyozli toifadagi shaxs auksion orqali yer uchastkasi sotib olgandan boshlab 3 oy ichida o‘z hududidagi tuman (shahar) kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limiga murojaat qilishi lozim (ushbu muddatdan kechikib berilgan arizalar ko‘rib chiqilmaydi).

Mablag‘ ajratish to‘g‘risida belgilangan tartibda qaror qabul qilingandan so‘ng 5 ish kunida imtiyozli toifadagi shaxslarning arizasida ko‘rsatilgan bank plastik hisobvarag‘iga mablag‘ o‘tkazilishi taʼminlanadi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr_agentligi #imtiyoz

⚡️Yetim bolalar kadastr xizmatlari uchun davlat bojidan ozod etilgan.

Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar
ularga davlat tomonidan ikkilamchi bozordan olib berilgan uy-joylarni mulkka egalik qilish huquqi asosida o‘z nomiga rasmiylashtirishda notarius va kadastr xizmatlari uchun (oldi-sotdi shartnomasi va ko‘chmas mulk obyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish) davlat boji to‘lashdan ozod etilgan.

Bu norma 🇺🇿O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-apreldagi "Ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qaroriga ko‘ra belgilangan.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM