KADASTR AGENTLIGI - RASMIY
26.4K subscribers
5.58K photos
1.06K videos
4 files
3.34K links
Rasmiy sahifalarimiz:

🌐 veb-sayt:
www.kadastr.uz

📌Instagram:
www.instagram.com/uz_kadastr/

📌Facebook:
www.facebook.com/kadastr.uz

☎️ Ishonch telefoni:
1097

📍Manzil:
Ул. Чопонота, Квартал "Ц", Tashkent, Uzbekistan

Pochta:
[email protected]
Download Telegram
#Kadastr #sayyor_qabul

Bugun Andijon viloyatining Izboskan tumanida Kadastr agentligi direktorining birinchi o'rinbosari Allaberganov Atabek Validjanovich boshchiligida jismoniy va yuridik shaxslarning kadastr sohasida yuzaga kelayotgan muammolarini o‘rganish va ularni hal qilish yuzasidan sayyor qabul o‘tkazilmoqda.
Sayyor qabulda hozirgacha 20 nafardan ortiq fuqarolar ro'yxati shakillantirildi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
▫️Kadastr muhandisi malaka o'quv kurslari▫️

📖 Oʼzbekiston Respublikasi Davlat Soliq qoʼmitasi huzuridagi Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi Koʼchmas mulk boʼyicha kadastr muhandisi malaka shahodatnomasini olishga talabgor boʼlgan jismoniy shaxslarga imtihon topshirish oldidan o'quv kurslarini o'tkazilayotgani haqida xabar bergan edik.

📟 Shu kunlarda talabgorlarning nafaqat ilmiy, balki amaliy malakalarini oshiruvchi darslar ham tashkil etilmoqda. O'quv kurslari yakuni natijalari haqida yana ma'lumot beriladi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
KADASTR PASPORTINI TAYYORLASH BO‘YICHA ISHLAR QANDAY?!

🔰Davlat xizmatlari markazi va O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yuridik va jismoniy shaxslardan kadastr pasportini tayyorlatish bo‘yicha buyurtma arizalar elektron ko‘rinishda kelib tushmoqda. Buyurtma arizalar belgilangan tartibda ijro etishlik uchun elektron tartibda ijrosi taʼminlanmoqda.

📝Dastur ishga tushganidan buyon yuridik va jismoniy shaxslardan kadastr pasportini tayyorlatish bo‘yicha jami 123 581 ta murojaatlar kelib tushgan.

2022-yil hisobot davriga qadar jami 9 878 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib,

shundan 6 342 tasi ijobiy xal etilgan,

990 tasi ijro etilib to‘lov kutilmoqda,

105 tasi yangi va ijro jarayonida,

1791 tasi rad etilgan.

3 793 739 198 so‘m miqdorda tushum qilingan.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Ер участкаларидан фойдаланишда давлат назорати самарадорлигини ошириш чора-тадбирлари тўғрисида

Ўзбекистон Республикаси Президентининг қарори

📍
https://uza.uz/posts/349114

🔻 ЎзАнинг телеграм каналларини кузатиб боринг

Ўзбекча | O`zbekcha | Русская | Илм-фан | Тезкор
#Kadastr #Aerogeodeziya #Topografiya

🇺🇿“Namangan, Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Navoiy va Buxoro" viloyatlari hududidagi geodeziya punktlari va nivelir belgilarini tekshirish bo‘yicha ishlar o‘tgan asrning 80-yillarida amalga oshirilgan.
🌍Hozirgi vaqtda geodeziya va nivelir tarmoqlarini davlat koordinatalar tizimidan WGS-84 butun jahon geodeziya koordinatalar tizimiga o‘tishida, 7-ta parametrlarni hisoblab chiqish va geodeziya punktlari hisobini aniq yuritish uchun ularning holatini aniqlash zarur.
🛬Shu maqsadda Respublika aerogeodeziya markazi Geodeziya va topografiya boʻlimi mutaxassislari tomonidan Namangan, Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Navoiy va Buxoro viloyatlarida geodezik punkt hamda nivelir belgilarini tekshirish ishlari olib borilmoqda.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr #brifing

📢 23-fevral, chorshanba kuni:

🔰 Brifing

● Mavzu: Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyati yuzasidan

● Vaqti: 14:00

● Ishtirok etadi: Kadastr Agentligi axborot xizmati rahbari Neʼmatjon Atamuratov

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr_agentligi

⚡️HURMATLI FUQAROLAR HAMDA TADBIRKORLAR!

🔸So'nggi vaqtlarda Yer uchastkalarini olish va foydalanish bo'yicha firibgarlik holatlari ko'p uchrab turgani barchamizga ayon.
🔸Shu sababli Kadastr agentligi fuqarolarimizni ogohlikka chaqiradi.

YER BILAN BOG'LIQ KORRUPSIYA VA TA'MAGIRLIK XOLATLARIGA DUCH KELSANGIZ HUQUQNI MUHOFAZA QILISH ORGANLARIGA YOKI 1097 QISQA RAQAMIGA MUROJAAT QILING!

FIRIBGARLARGA ALDANIB QOLMANG!
📌Ogohlik davr talabi!!!

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Қишлоқ хўжалигидаги ерларни хусусийлаштириб бўлмайди

Кадастр агентлиги ахборот хизмати раҳбари Неъмат Атамуратов ер участкаларини хусусийлаштириш, тадбиркорлик ва уй-жой қуриш учун ер учаткаларини электрон онлайн-аукцион орқали реализация қилиш бўйича аҳоли ҳамда тадбиркорларимиздан келиб тушаётган саволларга жавоб берди.

👉 https://effect.uz/1466

🌐 EFFECT.UZ веб-сайтининг ижтимоий тармоқлардаги саҳифаларига аъзо бўлинг!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Sport
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qaror #kadastr #2022 #pq_138

⚜️ «Yer uchastkalaridan foydalanishda davlat nazorati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-138- sonli qaroriga muovofiq;

⚜️ Bosh prokuratura tarkibida 8 ta shtat birligidan iborat bo‘lgan Yer resurslari talon-toroj qilinishining oldini olish boshqarmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar prokuraturalarida esa umumiy soni 56 ta shtat birligidan iborat bo‘lgan Yer resurslari talon-toroj qilinishining oldini olish bo‘limlari tashkil etiladi.

⚜️ Yangi tashkil etilayotgan Boshqarma va bo‘limlar prokuratura organlarining 32 ta, Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimining 15 ta, Suv xo‘jaligi vazirligi tizimining 7 ta, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining 10 ta shtat birliklarini maqbullashtirish hisobidan shakllantirilishi ko‘zda tutilgan.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Муборакда 2021 йилда кадастр масаласида келиб тушган 683 та мурожаатнинг 598 таси ижобий ҳал этилди

#ЖАМИЯТ

👉 https://darakchi.uz/uz/139474

Darakchi.uz расмий саҳифалари

Telegram | YouTube | Facebook | Instagram
Ўзбекистонда ер хусусий мулкка айланмоқда. Асосий саволларга жавоблар

Энди ўзингизга қарашли тижорий ёки яшаш жойингизни хусусийлаштиришингиз мумкин. Бу нимани англатади, хусусийлаштиришдан сизга нима фойда, қанча тўлаш керак? Kun.uz шу саволларга қисқа видеода, оддий тилда жавоб беради.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #sorovnoma

Ijtimoiy so'rovnoma.

Uy joy qurish yoki tadbirkorlik qilish maqsadida yer olish tartibini bilasizmi?

🎥 Ushbu savolga javobni videolavhani tomosha qilib bilib olishingiz mumkin.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
💠Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining mobil ilovasi.

🔰“Raqamli O‘zbekiston - 2030”
strategiyasini amalga oshirish doirasida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali mobil ilovasining yangi takomillashtirilgan talqini ishga tushirilgan bo‘lib, 2021-yilning yakuniga qadar portalning mobil ilovasi orqali ko‘rsatiladigan elektron xizmatlarni sonini 100 taga yetkazish rejalashtirilgan.

Kadastr agentligining quyidagi oltita elektron xizmatlari mazkur portalda to‘liq ishga tushirildi:

🔹Kadastr pasportini shakllantirish;
🔹Turar joyning maydoni bo‘yicha ma’lumotnoma olish;
🔹Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga ariza yuborish;
🔹Ko‘chmas mulk obyektlari davlat reyestridan ko‘chirmalar olish;
🔹Ko‘chmas mulk bo‘yicha ko‘chirma berish;
🔹Kadastr obyektiga taqiqni tekshirish.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr #siyosiy_ma'rifat_soat

🔰Bugun doimiy an'anaga ko'ra Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi hududlardagi boshqarma boshliqlari hamda masʼul xodimlar ishtirokida bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida maʼlumot berib boruvchi "Siyosiy-ma'rifat soati" bo'lib o'tdi.

🔸Ushbu ma'rifat soatini o'tkazishdan ko'zlangan asosiy maqsad hafta davomida bo'lgan yangiliklar va qabul qilingan normativ huquqiy hujjatlarning mazmun mohiyatini xodimlarga chuqurroq tushuntirishdir.

"Siyosiy-ma'rifat soati" quyidagi hududlarda o'tkazildi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi;

Andijon viloyati;

Surxondaryo viloyati;

Jizzax viloyati;

Navoiy viloyati;

Qashqadaryo viloyati;

Namangan viloyati;

Sirdaryo viloyati;

Farg'ona viloyati;

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt