KADASTR AGENTLIGI - RASMIY
26.3K subscribers
5.63K photos
1.07K videos
4 files
3.37K links
Rasmiy sahifalarimiz:

🌐 veb-sayt:
www.kadastr.uz

📌Instagram:
www.instagram.com/uz_kadastr/

📌Facebook:
www.facebook.com/kadastr.uz

☎️ Ishonch telefoni:
1097

📍Manzil:
Ул. Чопонота, Квартал "Ц", Tashkent, Uzbekistan

Pochta:
[email protected]
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda #sayyor_qabul #Andijon_viloyati #Izboskan_tumani

Joriy yilning 22-fevral kuni Kadastr agentligi direktorining birinchi o'rinbosari Allaberganov Atabek Validjanovich tomonidan viloyatning Izboskan tumanida sayyor qabul o'tkazgan edi.

Mazkur sayyor qabul haqida Andijon TRKning ANDIJON AXBOROTI dasturi lavhasi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadasr #Aerogeodeziya

🇺🇿Respublika aerogeodeziya markazi Farg'ona hududlararo bo'linmasi tomonidan Vazirlar Mahkamasining 299-sonli qaroriga asosan xatlov o'tkazishda 🛬 aerosurat asosida dala o'quv seminari tashkil etildi. Bundan ko'zlangan maqsad dalada bajarilgan deshefrovka materiallari ArcGIS dasturi asosida qishloq xo'jaligi xaritalarini yaratishda yo'l qo'yiladigan xato va kamchiliklarning oldini olish hamda mutaxassislarning tajriba, malakalarini oshirish.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#yernazorati #kadastragentligi

YER NAZORATI

🔘Poytaxtimiz tumanlarida o‘tkazilgan yer nazorati ishlarida hamyurtlarimiz orasida barpo etilgan qurilmasi noqonuniy ekanligini to‘g‘ri anglagan, xatosini tushungan va uni o‘z vaqtida bartaraf etganlar ham borligi quvonarli.

🔘Ushbu tadbirkorimiz ham o‘z vaqtida hujjatsiz yerdagi yengil qurilmasini bartaraf etib, kelgusidagi jarimadan ozod bo‘ldi.

🔘Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi inspektorlari joylarda nazorat ishlarini davom ettirmoqdalar.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
1 martdan qonunchilikda qanday o‘zgarishlar kuchga kiradi?

Yer uchastkalaridan oqilona foydalanish va muhofaza qilishda jamoatchilik nazorati kuchaytiriladi

Prezident qaroriga muvofiq:

a) yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallash va ulardan noqonuniy foydalanish holatlari bo‘yicha aholi va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan Bosh prokuratura (1007 qisqa raqami) va Kadastr agentligiga (1097 qisqa raqami) yuborilgan fotosurat va videoyozuvlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi;

b) fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda hokim yordamchilariga o‘z hududida qurilishi boshlangan har qanday bino yoki inshootlarning qonuniyligini aniqlash bo‘yicha mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga, qurilish va kadastr organlariga so‘rov yuborish huquqi beriladi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #korrupsiyaga_qarshi

⚡️Har "kadastrchiman" deganga ishonmang yoxud soxta kadastr xodimi fosh bo‘ldi

Yuqorida keltirilgan holatlarni oldini olish va davlat xizmatlarida inson omilini kamaytirish maqsadida kadastr sohasiga oid bo‘lgan barcha xizmatlar joylardagi Davlat xizmatlari markazlari orqali integratsiya qilingan.

Kadastr xizmatlari yuzasidan kadastr idoralariga borishingiz shart emas, faqatgina DXM larga murojaat qiling.

❗️Firibgarlarga aldanib qolmang!

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Korrupsiya – bugungi kunda barcha sohalarda eng o‘tkir va og‘riqli mavzulardan biri.

Kadastr agentligi xodimlarni o‘z xizmat vazifalarini sidqidildan vijdonan bajarib, yurtdoshlarimizning kadastr idoralariga bo‘lgan ishonchlarini yanada mustahkamlashda fidoyi bo‘lishlariga chaqiradi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
🔰Yer ajratish tizimi: muammolar va ularga yechimlar.

Mamlakatimizda yer munosabatlarini takomillashtirish, yer maydonlarini ajratishning soddalashtirilgan tartibini qo‘llash, yer resurslaridan foydalanishda zamonaviy bozor mexanizmlari joriy qilish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Batafsil
Samarqand shahri millionli shaharga aylanadi.

Samarqand shahrini 1 mln aholi yashaydigan yirik shaharga aylantirish uchun 18 ming gektar yer maydoni qo‘shib beriladi.

Samarqand shahri hududi 18 ming gektarga kengaytirilib, u yerda 5 ta tuman tashkil etiladi. Bu haqida 2021 yil 23 noyabrdagi Samarqand shahar Xalq deputatlari kengashining 45- sessiyasida maʼlum qilingan edi.

Aholi soni bir milliondar ortiq bo‘lgan yangi shahar hududida Qorasuv, Siyob, So‘g‘diyona, Bog‘ishamol va Maroqand tumanlari tashkil etiladi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahri Pastdarg‘om, Toyloq va Oqdaryo tumanlari
hisobiga 18 ming gektarga kengayish rejasi haqida xabar qilgan edi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr #yernazorati

🔹Kadastr agentligining Namangan shahar bo‘limi yer va kadastr nazorati inspektorlaridan iborat ishchi guruh tomonidan Davlatobod tumanidagi «Quyig‘irvon» MFYning To‘raqo‘rg‘on ko‘chasida nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda.

🔹Tadbirdan maqsad yerga oid huquqbuzarliklarni oldini olish, aniqlash va ularga qonunda belgilangan tartibda choralar ko‘rishdan iborat.

🔹Nazorat tadbirlari davomida 14 nafar shaxslarga aniqlangan huquqbuzarliklar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy Javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 68-modda, birinchi qismi bilan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt