🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 XATLOV JARAYONLARINING SHAFFOF O‘TISHI RAHBARIYAT NAZORATIDA▶️ Xabaringiz bor, joriy yilning
8-noyabridan boshlab
O‘RQ-937-sonli Qonunga muvofiq tasdiqlangan
reja-jadval asosida
Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasining tuman (shahar) filiallari xodimlari tomonidan ko‘chmas mulklarni xatlov yo‘li bilan texnik inventarizatsiyadan o‘tkazish ishlari jadallik bilan amalga oshirilmoqda.
⭐️Kadastr agentligi direktor o‘rinbosari Abdullayev Abdushukur Xamidovich,
🌟Davlat kadastrlari palatasi raisi o'rinbosari A.Suyunov boshchiligida kunlik reja-jadval asosida
📍Termiz tumanida olib borilayotgan xatlov jarayonlari nazoratdan o‘tkazildi.
◾️O‘rganish natijalariga ko‘ra joylardagi
xatlov ishlarini to‘g‘ri, xolisona va sifatli tashkil etish yuzasidan mas’ullarga kerakli topshiriq hamda tavsiyalar berildi.
✅ Shuningdek, xatlov ishlari amalga oshirilgan
xonadon egalarining fikr-mulohazalari o‘rganildi. Muloqot davomida
xatlovdan ko‘zlangan pirovard maqsad - fuqarolarning qonunda belgilangan yer uchastkalari va ko‘chmas mulklariga nisbatan egalik huquqlarini qonuniy e’tirof etilishi ekanligi tushuntirib o‘tildi.
#Kadastr_agentligi #xatlov #Qonun_937 #termiztuman📩 Telegram | 📩 Instagram | 📩YouTube | 📩 Facebook | 📩 Web-sayt