KADASTR AGENTLIGI - RASMIY
26.7K subscribers
5.55K photos
1.05K videos
4 files
3.31K links
Rasmiy sahifalarimiz:

🌐 veb-sayt:
www.kadastr.uz

📌Instagram:
www.instagram.com/uz_kadastr/

📌Facebook:
www.facebook.com/kadastr.uz

☎️ Ishonch telefoni:
1097

📍Manzil:
Ул. Чопонота, Квартал "Ц", Tashkent, Uzbekistan

Pochta:
[email protected]
Download Telegram
⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️ 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

2024-yil 6 oyida 85 ta Davlat geodeziya tarmog‘i punktlarining ishchi holati o‘rganildi. Punktlar yetarli bo‘lmagan hududlarda 67 ta yangidan punkt o‘rnatildi. Dengiz sathiga nisbatan balandliklarni aniqlash uchun 426,8 km yuqori aniqlikdagi va 335 km o‘rta aniqlikdagi geodeziya o‘lchash ishlari amalga oshirildi.

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-oktabrdagi 405-son qarorida asosan O‘zbekiston Respublikasi Milliy koordinatalar tizimimizni joriy qilish maqsadida ⭐️Respublika aerogeodeziya markazi tomonidan 6 oy davomida 658 ta punktda geodeziya o‘lchash ishlari bajarildi.

📍Davlat geodeziya punktlari ma’lumotlari bilan ta’minlashni raqamli texnologiyada amalga oshirish maqsadida, aholi punktlarida 50 ta doimiy ishlovchi GNSS SORS stansiyalari real vaqtda geodeziya ma’lumotlarini uzatmoqda.

🌐 Signallarni cho‘l va tog‘ hududlarida ham uzatishni yo‘lga qo‘yish maqsadida yana 80 ta GNSS SORS stansiyalarini o‘rnatishni 1-bosqich ishlari yakunlandi.

✍️ Bu xizmat turi to‘liq ishga tushirilgach, Respublikamizda geodeziya ishlarini bajaruvchi tashkilotlar, punktlaridan foydalanib o‘lchashga ketgan vaqt va sarf-xarajatlari bir necha marotaba qisqaradi. Bugungi kunda GNSS CORS stansiyalari ma’lumotlaridan tadbirkorlarning 500 dan ortiq GPS qurilmalari bog‘lanib ishlamoqda.

🗺 Davlat topografik xaritalarni yaratish va yangilash yo‘nalishida yil boshidan buyon Toshkent, Xorazm va Navoiy viloyatlarida 1:10 000, 1:25 000 masshtablarda 3 mln 270 ming gektarda ishlar bajarildi.

⭐️Respublika aerogeodeziya markazi direktori-Akmal Omonov

#ayni_damda #matbuot_anjumani

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️ 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Joriy yilning I yarim yilligida korxona tomonidan O‘zbekiston Respublikasining ochiq elektron kartografik asosi (bazaviy xarita)ni yaratish hamda Davlat kadastrlari yagona tizimi va Milliy geografik axborot tizimlarini 1:25 000 masshtab kesimidagi ochiq elektron kartografik asos bilan ta’minlash maqsadida Nukus, Orol akvatoriyasi, Qoraqalpog‘iston obyektlarining jami 69 071.8 kv.km maydonida (721 ta nomenklatura) 1:25 000 masshtabdagi ochiq foydalanishdagi topografik xaritalarini yaratish va nashrga tayyorlash ishlari amalga oshirildi.

🟢Shuningdek, Jizzax va Surxondaryo obyektlarining 1:25 000 masshtabdagi 382 ta nomenklatura topografik xaritalari nashr qilindi.

📔 Turli ta’lim bosqichlarining o‘quvchilari va talabalari ham korxona tomonidan yaratilayotgan xaritalarning iste’molchilari hisoblanadi. Shu sababli, umumta’lim muassasalarini kartografik o‘quv qo‘llanmalari bilan ta’minlash maqsadida korxona tomonidan geografiya fanidan 8 va 10 sinflar uchun davlat, rus va qoraqalpoq tillarida 6 492.5 kv.dm hajmda atlas va yozuvsiz xaritalar ishlab chiqilgan bo‘lib, bugungi kunda ularni 50 ming nusxada chop etish ishlari amalga oshirilmoqda.

➡️ "Kartografiya" DIICH korxonasi direktori-Orifjon Ibragimov

#ayni_damda #matbuot_anjumani

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️ 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇺🇿Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-oktyabrdagi 620-son qarori bilan tasdiqlangan “Fazoviy ma’lumotlar infratuzilmasini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom” va uning 21-ilovasiga muvofiq Davlat kartografiya geodeziya fondi tomonidan Kartografiya-geodeziya davlat kadastri bo‘yicha shakllantirilgan tematik qatlamlar atributiv ma’lumotlarining umumiy soni 173 864 tani tashkil etib joriy yilda jami 4 675 ta (1273 ta O‘zbekiston respublikasining raqamli topografik xaritalar, 1 321 ta tiraj ottisklari, 1181 ta aerofotosyomka materialari, 433 ta kosmosyomka materillari, 467 ta geodezik punktlarning yangi ma’lumotlari) yangi atributiv ma’lumotlar milliy geoaxborot tizimiga kiritildi, 5 571 ta geodezik punktlarning holati yangilandi.

✍️ Davlat kartografiya-geodeziya fondi direktori-Jasurbek Askarov

#ayni_damda #matbuot_anjumani

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️ 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 

🟢 Ayni damda, O'zbekiston Milliy matbuot markazi binosida 🌟"Kadastr agentligi tomonidan 2024-yilning 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar"  (Davlat kadastrlari palatasi, “Geoinnovatsiya markazi”DUK, “Geoinfocom” DM) mavzusida matbuot anjumani o‘tkazilmoqda.

📶 Matbuot anjumanini Uzreport telekanali orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin.

#ayni_damda #matbuot_anjumani

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️ 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 

📊 6 oy davomida kadastr idoralari tomonidan ko‘rsatilgan kadastr xizmatlari 1 391,6 mingtani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan (928,1 mingta) +463,5 mingtaga yoki 150%ga oshgan.

📃 Kadastr pasportini shakllantirish murojaatlar soni 499 908 ta, jumladan, ijobiy yakunlanganlari 274 798 ta (49,5 %),  jarayonda 27 287 ta (5,5 %), qonuniy asoslarga ko‘ra rad etilganlar 197 823 ta (45%) ni tashkil etadi.

Ko‘chmas mulklarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish 688 602 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, shundan, ijobiy yakunlanganlari 439 507 ta (63,8%), jarayonda 50 247 ta (7,3%), qonuniy asoslarga ko‘ra rad etilganlar 198 848 ta (28,9) ni tashkil etadi.

🤔Bundan tashqari, fuqarolarning nomida shaxsiy uy-joyi borligi yoki yo‘qligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma olish 65 063 ta, ko‘chmas mulk bo‘yicha ko‘chirmani tekshirish uchun 65 321 ta murojaatlar kelib tushgan hamda barcha arizalar ijobiy yakunlangan

💫 Davlat kadastrlari palatasi raisi o'rinbosari-Nozimjon Inamov

#ayni_damda #matbuot_anjumani

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️ 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 

🤔 Geografik obyektlarning nomlarini davlat ekspertizasidan o‘tkazish uchun 32 497 ta takliflar kelgan, shundan, qonun hujjatlariga nomuvofiq deb topilgan takliflar 15 769 ta yoki 48,5%, qonun hujjatlariga muvofiq bo‘lgan takliflar 16 728 ta yoki 51,5%ni tashkil etdi. Shuningdek, Xalq deputatlari kengash qarorlari bilan tasdiqlangan 11 067 ta geografik obyektlarning nomlari davlat reyestriga kiritildi.

💫 Davlat kadastrlari palatasiga 6 oy davomida jami 54 587 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, ushbu hujjatlar belgilangan tartibda ijrosi to‘liq ta’minlandi. O‘tgan yilga nisbatan murojaatlar soni 11 991 taga oshgan.

Shuningdek, Rais va rais o‘rinbosarlari hamda hududiy boshqarma boshliqlari ishtirokida hududlarda 165 marotaba sayyor qabullar o‘tkazildi va qabuldagi murojaatlar o‘rnatilgan tartibda hal etildi.

💫 Davlat kadastrlari palatasi raisi o'rinbosari-Nozimjon Inamov

#ayni_damda #matbuot_anjumani

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM