Usmon Sharifxodjayev
567 subscribers
394 photos
63 videos
5 files
122 links
Sharifxodjayev Usmon Ulfatovich - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining o'rinbosari telegram kanali

www.facebook.com/usmansharifxodjayev/

@usmonsharifxodjayev_bot
Download Telegram
Bugun Xalqaro inklyuziv habda Toshkent shahridagi ixtisoslashtirilgan maktab rahbarlari bilan oʻquvchi shaxsiy kartasi boʻyicha muhokama davomi boʻlib oʻtdi.

🧮Shaxsiy karta bolaning rivojlanishini har tomonlama baholash uchun keng qamrovli vosita boʻlib, u quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

Asosiy ko'nikmalar — yosh va rivojlanish xususiyatlariga qarab belgilanadi
Nozologiya hisobi — har bir koʻnikma tashxisning oʻziga xosligi bilan baholanadi
Baholash usullari —oʻquvchilarning turli toifalari uchun moslab ishlab chiqilgan yondashuvlar
Baholash shkalasi
Rollarni taqsimlash —defektolog, logoped, psixolog, metodist kabi mutaxassislar ishtiroki.

Bunday xarita bolaning nafaqat hozirgi rivojlanish darajasini qayd etish, balki uning taraqqiyotini kuzatish orqali individual ta'lim trayektoriyasini qurish imkonini beradi.

🤝 Ishtirokchilar kelgusi hafta davomida kundalik ishchi uchrashuvlar shaklida muhokamani davom ettirishga kelishib olishdi.




Сегодня в Международном инклюзивном хабе состоялось
продолжение обсуждения индивидуальной карты ученика с директорами специализированных школ города Ташкента.

🧮Индивидуальная карта — это инструмент комплексной оценки развития ребёнка, включающий:

Ключевые навыки — определяются в зависимости от возраста и особенностей развития
Учет нозологии — каждый навык оценивается с учётом специфики диагноза
Методики оценки — разработанные подходы, применимые к разным категориям обучающихся
Шкала оценки
Распределение ролей — участие специалистов: дефектолога, логопеда, психолога, методиста.

Такая карта позволит не только фиксировать текущий уровень развития ребёнка, но и отслеживать его прогресс, выстраивая индивидуальную образовательную траекторию.

🤝 Участники договорились продолжить обсуждение на следующей неделе в формате ежедневных рабочих встреч.

Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5
#xushxabar

Maxsus maktab-internat futbolchilari jahon chempioni boʻldi

Shvetsiyaning Gyoteborg shahrida an’anaviy tarzda o‘tkazilib kelinadigan “Gothia Special Olympics Trophy 2025” xalqaro musobaqasida O‘zbekiston terma jamoasi yorqin gʻalabaga erishdi.

Bu nufuzli turnir har yili dunyoning turli burchaklaridan, joriy yilda esa 25 ta davlatdan maxsus Olimpiada terma jamoalarini birlashtirdi.

Faxr bilan aytish joizki, O‘zbekiston Maxsus Olimpiada milliy terma jamoasi musobaqada munosib ishtirok etib, barcha bosqichlarda raqiblariga imkon qoldirmay, chempionlik shohsupasiga ko‘tarildi.

Milliy jamoamiz tarkibida 78-sonli, alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bolalar uchun mo‘ljallangan ixtisoslashgan maktab-internatining 10 nafar iqtidorli o‘quvchisi ham maydonga tushdi.

Ularning fidoyiligi, jamoaviy ruhda harakat qilishi va o‘yinga bo‘lgan yuksak mas’uliyati ushbu ulkan natijaga olib keldi.

Gʻalaba muborak boʻlsin, chempionlar!

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍81👏1
O‘zbekistonda maxsus maktablarning rahbar xodimlari uchun "Rahbarlar maktabi" dasturi yo‘lga qo‘yildi

🧠 Ijtimoiy himoya milliy agentligi ALPHA ta’lim platformasi bilan hamkorlikda alohida ta'lim ehtiyojlariga ega bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar rahbar xodimlari uchun malaka oshirish dasturini ishga tushirdi.

📌 Mazkur dasturning maqsadi – rahbarlarga maktablarni tizimli rivojlantirishda ko‘mak berish, jamoani boshqarishning zamonaviy usullarini o‘rgatish, shuningdek, o‘quvchilar uchun qulay va inklyuziv muhit yaratishga xizmat qilishdan iborat.

Dasturda respublikaning barcha hududlaridan saralab olingan 26 nafar tashabbuskor va salohiyatli rahbar xodim ishtirok etmoqda.


Dastur quyidagi yo‘nalishlarni qamrab oladi:

boshqaruv, vakolatlarni taqsimlash va rejalashtirish ko‘nikmalarini takomillashtirish;
o‘zini va boshqalarni anglash, stress holatlarini boshqarish bo‘yicha salohiyatni rivojlantirish;
kundalik vazifalarni bajarishda axborot texnologiyalari va zamonaviy dasturlardan samarali foydalanishni o‘rganish;
ota-onalar va pedagogik jamoa bilan samarali hamkorlik o‘rnatish;
resurslarni jalb etish, xususiy sektor bilan hamkorlik qilishda ilg'or tajribalar bilan tanishish;
o'quvchilarni individual rivojlanishini tahlil qilish, moslashtirilgan baholash metodlari, zamonaviy kasblar, bitiruvchilarning bandligini ta'minlash yo'nalishida yangi metodlarni o‘rganish;
nogironligi bo‘lgan bolalarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan yondashuvlar, korreksion va inklyuziv ta’lim texnologiyalari, shuningdek, moslashtirilgan muhit yaratish uslublarini o‘zlashtirish.

Dastur davomida ishtirokchilar o‘z maktabini rivojlantirish loyihasi ustida ishlaydi. Dastur yakunida esa ular bir yillik rivojlanish rejasi va uch yillik strategik rejani taqdim etadi.

ALPHA ta’lim platformasi tomonidan ishtirokchilarning faoliyati bir yil davomida monitoring qilinadi va rejalarni amalga oshirishda ularga uslubiy ko‘mak ko‘rsatib boriladi.

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11🔥2🙏2
Запустили программу "Rahbarlar maktabi" для руководящих работников специальных школ

Национальное агентство социальной защиты в сотрудничестве с ALPHA запустило программу повышения квалификации для руководителей специализированных школ и школ-интернатов для детей с особыми образовательными потребностями.

📌 Цель данной программы — содействие руководителям в системном развитии школ, обучение современным методам управления коллективом, а также создание благоприятной и инклюзивной среды для учащихся.

Программа состоит из 17 занятий и включает в себя:
— совершенствование навыков управления, распределения полномочий и планирования;
— развитие эмоционального интеллекта и управление стрессовыми ситуациями;
— Excel и ChatGPT для ежедневных задач;
— эффективное взаимодействие с родителями и командой;
— создание ИПР для учащихся, методы оценки, современные профессие и новые методы обеспечения занятости выпускников;
— знакомство с передовым опытом привлечения ресурсов и сотрудничества с частным сектором;
— развитие детей с инвалидностью, коррекционные и инклюзивные образовательные технологии, а также методы создания адаптированной среды.

На протяжении всей программы участники будут работать над собственным проектом. Программа завершится презентацией плана развития своей школы на год и стратегией на три года.

Программа разработана специалистами Агентства и ALPHA и охватит спецшколы во всех регионах Узбекистана.
👍5🔥3🙏3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tug‘ilgan kuningiz muborak, muhtaram Prezident!


🇺🇿 Yangi O‘zbekiston – bu, avvalo, inson qadri ulug‘langan ijtimoiy davlat.

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Yangi O‘zbekiston bunyodkori — Shavkat Miromonovich Mirziyoyev 68 yoshni qarshi oldi.

Aynan Sizning tashabbus va siyosiy irodangiz bilan mamlakatimizda mutlaqo yangi — insonga yaqin, tizimli va manzilli ijtimoiy himoya shakllandi.

Yangi tizim — ikki yil, 2 million taqdir. Bu — yaxshi tomonga o‘zgargan millionlab hayotlar. #2yil2millionTaqdir — bu shunchaki raqam emas, bu — hayotlar, orzular, umid va yangi yo‘llar.

Endi yordam zarur bo‘lgan har bir #InsonUchun barcha xizmatlar bir joyda — ochiq, shaffof va qulay shaklda taqdim etilmoqda. Bu — Yangi O‘zbekistonning eng katta yutug‘idir.

Muhtaram Prezidentimiz, xalqimiz uchun ochgan imkoniyatlaringiz va yuksak e’tiboringiz uchun chuqur minnatdorchilik bildiramiz!

📽 Siz tufayli — millionlab o‘zgarishlar

#MeningPrezidentim #YangiO‘zbekiston #IjtimoiyHimoya #2yil2milliontaqdir

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🥰4👍3🙏3
Ijtimoiy himoya milliy agentligi
O‘zbekistonda maxsus maktablarning rahbar xodimlari uchun "Rahbarlar maktabi" dasturi yo‘lga qo‘yildi 🧠 Ijtimoiy himoya milliy agentligi ALPHA ta’lim platformasi bilan hamkorlikda alohida ta'lim ehtiyojlariga ega bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab va…
Avval xabar berilganidek, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Xalqaro Inklyuziv Hab hamda Alfa ta’lim platformasi alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan bolalar tahsil oladigan maktab rahbarlari uchun maxsus o‘quvlarni boshladi.

O‘quvlar davomida ushbu toifadagi ta’lim muassasalarini boshqarishda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlar — xususan, har bir bola bilan individual ishlashni yo‘lga qo‘yish, ota-onalar hamda mehnat bozori ishtirokchilari bilan to‘g‘ri hamkorlik o‘rnatish orqali bolalarning maktabni tamomlagach jamiyatga integratsiyasi uchun nima qilish kerakligi o‘rgatiladi.
👍8👏2🔥1
🏃 Alohida taʼlimga muhtoj bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablar rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari uchun malaka oshirish kursi davom etmoqda.

💻 Bugun, bir haftalik onlayn treningdan so'ng, Xalqaro Inklyuziv habda birinchi jonli dars bo'lib o'tdi.

Uchrashuv alohida ta'lim ehtiyojlari bor bolalarni o'qitish va rivojlantirishga, jumladan, zamonaviy kasb-hunarlarni o‘rgatishga qaratilgan yondashuvlar mavzusiga bag'ishlandi.

🧮 «Zamonaviy dizayn» yoʻnalishi kuratori Elnora Rizayeva soʻzga chiqqanlar qatorida inklyuziv guruhlarda ta'limni tashkil etish boʻyicha amaliy tajribasi bilan oʻrtoqlashdi.

Hub psixologi Feruza Galimova «Nogironligi bor bolalarning psixologik xususiyatlari» mavzusida taqdimot qildi.

Ishtirokchilar quyidagilarni muhokama qildilar:

turli xil nozologiyaga ega bo'lgan bolalarning individual xususiyatlari;
o'rganishdagi qiyinchiliklar;
pedagoglarni qo'llab-quvvatlash va hissiy charchashning oldini olish usullari.

__

🏃 Продолжается курс повышения квалификации для директоров и заместителей специализированных школ для детей с особыми образовательными потребностями.

💻 Сегодня, после недели обучения в онлайн-формате, в Международном инклюзивном хабе прошло первое очное занятие.

Тема встречи подходы к обучению и развитию детей с ОВЗ, включая организацию обучения современным профессиям.

🧮 Среди спикеров выступила Эльнора Ризаева, куратор направления «Современный дизайн», поделившаяся практическим опытом организации обучения в инклюзивных группах.

Феруза Галимова, психолог ХАБа, представила блок на тему «Психологические особенности детей с ОВЗ».

Участники обсудили:
индивидуальные особенности детей разных нозологий,
трудности в обучении;
методы поддержки педагогов и профилактики эмоционального выгорания.

Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦

Alohida taʼlimga muhtoj bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablar rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari uchun malaka oshirish kursi davom etmoqda.

Bir haftalik onlayn treningdan so'ng, Xalqaro Inklyuziv habda birinchi jonli dars bo'lib o'tdi.

Uchrashuv alohida ta'lim ehtiyojlari bor bolalarni o'qitish va rivojlantirishga, jumladan, zamonaviy kasb-hunarlarni o‘rgatishga qaratilgan yondashuvlar mavzusiga bag'ishlandi.

«Zamonaviy dizayn» yoʻnalishi kuratori Elnora Rizayeva soʻzga chiqqanlar qatorida inklyuziv guruhlarda ta'limni tashkil etish boʻyicha amaliy tajribasi bilan oʻrtoqlashdi.

Hub psixologi Feruza Galimova «Nogironligi bor bolalarning psixologik xususiyatlari» mavzusida taqdimot qildi.

Ishtirokchilar quyidagilarni muhokama qildilar:

turli xil nozologiyaga ega bo'lgan bolalarning individual xususiyatlari;
o'rganishdagi qiyinchiliklar;
pedagoglarni qo'llab-quvvatlash va hissiy charchashning oldini olish usullari.

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6👏1