Hozirgina tarmoqda shu rasmga duch keldim. Menimcha, bu kitobni dars sifatida oʻrgangan oxirgi avlod biz edik.
Men hatto shu kitob yuzasidan bir tanlovda viloyat bosqichida ham qatnashgandim.
@usmonosphere

Xayrli kech, doʻstlar! 15-20 mart kunlari boʻlib oʻtadigan Navroʻz butunjahon yoshlar festivaliga Oʻzbekiston delegatsiyasi bilan Tojikistonga keldik.
Festival davomida Dushanbe, Panjakent va Xoʻjand shaharlarida mehmon boʻlamiz. Oldinda turli tadbirlar, seminarlar va sayohatlar kutib turibdi.
Bugun purviqor togʻlar oralab Dushanbega keldik. Mehmomxonaga joylashgach, tungi shaharni tomosha qilgani chiqdik. Volontyor yigitlar shahar koʻchalarini tanishtirib chiqdi: “Mana bu savdo markazimiz. Mana bu Milliy universitet. Mana bu Opera va balet teatrimiz” va hokazo.
Diqqatimni tortgani shahar koʻchalarida ajnabiy tildagi peshtoqlar unchalik koʻp emas. Borlari ham yonida tojikcha tarjimasi bilan.
Sizlarga qiziq boʻlsa, sayohat taassurotlarini koʻproq yoritib boraman.
@usmonosphere #yakdilmintaqa

Kecha Panjakent shahriga keldik. Bu yer ikki jihati bilan mashhur: Birinchisi, 5500 yillik yarixga ega Sarazm shahri Panjakentda joylashgan. Ikkinchisi esa, tojik adabiyotining ikki buyuk vakili Abdullo Rudakiy va Loyiq Sherali Panjakentda tugʻilgan. Ikkala shoirning ham qabri shu yerda.
Shaharda oʻzbekzabon aholi ham istiqomat qiladi. Erkaklar oʻzbekcha doʻppida yuribdi. Bozor xuddi oʻzimizning bozorlarimizday. Ammo narxlari qimmatroq.
1-suratda Sarazm malikasining haykali. 2-suratda esa Sarazm malikasi va uning oilasi suyaklari.
Kecha bozor aylanib qaytayotsam, nomimga qahvaxona ham ochishibdi (4-rasm).
Bugun Istravshanga boramiz, sayrdan soʻng toʻgʻri Xoʻjandga yoʻl olamiz.
Lekin tuman markazida kitob doʻkon koʻrmadim. Bozordan Loyiqning kitobchasini 5 somoniyga (6 ming soʻm) oldim.
Volontyorlarga Loyiqdan baytlar aytsam, xursand boʻlishdi. Kechasi esa tojik doʻstlar bilan gitarada qoʻshiqlar aytdik. Kunni bundan chiroyliroq yakunlab boʻlmasa kerak.

Aytmoqchi, Navroʻz muborak! Sharqona yangi yil muborak, qoraqoshlar!
Hayotingiz xuddi 21-martdek chiroyli oʻtsin :)