O‘rta Chirchiq tumani hokimligi
4.92K subscribers
30.9K photos
3.55K videos
157 files
9.83K links
Ушбу каналда сиз Ўрта Чирчиқ туманидаги сўнгги янгиликлар, секторларда олиб борилаётган ишлар ҳақида хабардор бўласиз.
Download Telegram
#hushxabar
#qaror_va_ijro

🔰Xabaringiz bor, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktabrdagi "2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar rejasi toʻgʻrisida"gi
PQ-408-sonli Qarori doirasida O'rta Chirchiq tumanidagi 20 ta mahallaga toza ichimlik suvi o'tkazilishi dasturga kiritilgan edi.

⚡️Mazkur qaror ijrosi yuzasidan, tuman hokimi nazorati ostida "Yuqoriovul" mahallasida toza ichimlik suvini o'tkazish ishlari boshlandi.



🌐O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati.
👍5
#Hushxabar

O‘rta Chirchiq tumani "Toshloq" MFY 44 –maktab 7-sinf o’quvchisi Risbekov Ozodbek Oltinbek o'g'li Birlashgan Arab Amirliklari davlatinig Fujayra va Dubay shaxrida taekwondo sport turi bo’yicha o'tqazilgan xalqaro G2 turnir musobaqasida faxrli birinchi o'rinni egalladi va oltin medalni qo'lga kiritdi.
👍21👏1🎉1
#tezkor
#hushxabar

⚡️⚡️⚡️Tuman hokimining tashabbusi bilan, tuman markazi "Uyg‘ur" mahallasidagi 1 gektarlik yer maydonida bolalar dam olish istirohat bog‘i va aholining madaniy hordiq chiqarishlari uchun barcha sharoitlarga ega so‘lim maskan tashkil etish rejalashtirilgan edi.

O'rta Chirchiq tumani hokimi Ixtiyor Qosimovning tashabbusi bilan, jonliq soʻyildi va ishlar boshlandi.

Jarayondan foto lavhalar 👆

O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati.

🔍Kanalga ulanish: https://t.iss.one/urta_chirchiq_hokimligi
👍9👏1
#hushxabar

O‘rta Chirchiqlik Jahon chempionlari

Joriy yilning 9-12-mart kunlari Qozog‘iston Respublikasining Chimkent shahrida jang san’ati bo‘yicha o‘tkazilgan II-Jahon kubogida O‘rta Chirchiq tumani sport maktabining yosh sportchilari 4 oltin va 3 ta bronza medallarni qo‘lga kiritishib, musobaqada munosib ishtirok etishdi.

Xususan, Madiyarov Bahtiyor, Amonov Azizbek, Erbulat Zere va Solijonov Bunyodbeklar oltin medallarni,
Amonov Otabek, Alixo‘jayeva Nigora va Murodov Begzodlar bronza medallarni qo‘lga kiritishib, yurtimizga Jahon kubogi g‘oliblari va sovrindorlari bo‘lib qaytishdi.

O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | ortachirchiq.uz | X | TikTok
👏9👍4💯2🥰1🎉1👌1
#hushxabar

YOSH SPORTCHIMIZ CHEMPION BO‘LDI

O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi tomonidan o‘tkazilgan sportning "Usmanov combat systems" turi bo‘yicha bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston kubogi musobaqalarida 17-18 yosh hamda 67 kg vazn toifasida O‘rta Chirchiq tumanidan yetishib chiqqan yosh sportchimiz Shahriyor Baxtiyorov "UKS to‘liq jang" yo‘nalishida chempionlikni qo‘lga kiritdi. Viloyatimiz sha’nini munosib himoya qilgan o‘g‘lonimiz vazirlikning 1-darajali diplomi hamda oltin medal bilan taqdirlandi.

Shahriyorni mazkur g‘alaba bilan muborakbod etib, kelajakdagi faoliyatida yangi yutuq va marralar, ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz. Jahon shohsupalarida ham Vatanimiz bayrog‘ini ko'klarga ko‘tarishiga tilakdoshmiz.

O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | ortachirchiq.uz | X | TikTok
💯3👏2👍1🥰1🤗1
#hushxabar
#iftihor

O‘rta Chirchiqlik o‘quvchilar xalqaro olimpiadada g‘olib bo‘ldi

Oʻrta Chirchiq tumani 72-ixtisoslashtirilgan davlat umum’talim maktabi ingliz tili fani o‘qituvchisi Dilnoza Xudoyqulovaning oʻquvchisi Madina Shokirova joriy yilning 25-mart kuni Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida 10 dan ortiq davlatdan kelgan 300 nafar ishtirokchilar oʻrtasida ingliz tili fanidan oʻtkazilgan xalqaro olimpiadada oliy o‘rin, diplom va kubok sohibi bo‘ldi.

Shuningdek, Muhabbat Muhiddinova, Abdulloh Sultonbekov, Diyora Shermahamadova, Shahrizoda Abdujalilovalar oltin medal, diplom va kubok sohibi;

Iroda Xolboyeva, Fayzulloh Farhodovlar kumush medal va diplom;

Dildora Xolboyeva, Saidali Saidkomilovlar bronza medal va xalqaro diplomni qoʻlga kiritishdi.


O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | ortachirchiq.uz | X | TikTok
👏12👍7💯4🎉2🥰1👌1
#hushxabar

Shu kunlarda Farg‘ona viloyatida o‘tkazilayotgan sportning Universal jang san’ati va kurash turi bo‘yicha Osiyo chempionatida 16-17-yoshlilar o‘rtasida 80 kg vazn toifasida O‘rta Chirchiq tumani 2-son kasb-hunar maktabi o‘quvchisi Saidraxmon Abdunabiyev 1-o‘rinni egallab, Osiyo chempioni bo‘ldi va diplom, medal bilan taqdirlandi.

O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | ortachirchiq.uz | X | TikTok | Murojaat
👍9👏1👌1💯1
#hushxabar

Shu kunlarda Rossiya Federatsiyasining Ufa shahrida o‘tkazilayotgan sportning jang san’ati turlari bo‘yicha Yevrosiyo xalqaro o‘yinlarida O‘rta Chirchiq tumani 2-son kasb-hunar maktabi o‘quvchisi Adhamxoja Oralov 1-o‘rinni egallab, Yevrosiyo xalqaro o‘yinlari chempioni bo‘ldi va diplom, medal bilan taqdirlandi.

O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | ortachirchiq.uz | X | TikTok | Murojaat
👍6👏1👌1
#hushxabar

Nurafshon shahridagi sport majmuasida sog‘liqni saqlash xodimlari o‘rtasida "Toshkent viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi kubogi" musobaqalari bo‘lib o‘tdi

Unda viloyatning tuman va shaharlaridan kelgan sog‘liqni saqlash xodimlari "Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam" shiori ostida ommaviy yurishib, so‘ngra ishtirokchi jamoalar sportning O‘zbek jang san’ati turining “Assalom tong” sog‘lomlashtirish gimnastikasi bo‘yicha o‘z chiqishlari bilan ishtirok etishdi.

Musobaqa yakuniga ko‘ra, O‘rta Chirchiq tuman tibbiyot birlashmasi xodimlari 1-o‘rinni qo‘lga kiritishdi.

O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | ortachirchiq.uz | X | TikTok | Murojaat
👍10💯4🔥2
#hushxabar

Sardor - Osiyo chempioni

Joriy yilning 22-24-iyun kunlari Iordaniya Hoshimiylar Qirolligining poytaxti Amman shahrida kurash sport turlari bo‘yicha o‘tkazilgan Osiyo chempionatida O‘rta Chirchiq tumani farzandi Sardor Xolmirzayev O‘zbekiston terma jamoasining U-17 tarkibida 55 kg vaznda ishtirok etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi va Osiyo chempioni bo‘ldi.

O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube | ortachirchiq.uz | X | TikTok | ok.ru | Murojaat | Muhokama
👍11🎉3💯2🔥1🤗1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#hushxabar
#iftihor

O‘rta Chirchiqlik o‘quvchilar xalqaro olimpiadada g‘olib bo‘ldi

O‘rta Chirchiq tumani 54-maktab ingliz tili fani o‘qituvchisi Zubayda Xalbayevaning o‘quvchilari Zilola Toshmatova, Xalima G‘ulomova va Oybek Xayrullayevlar joriy yilning 28-iyun kuni Turkiya Respublikasining Side shahrida 10 ta davlatdan kelgan 70 nafar ishtirokchilar o‘rtasida ingliz tili fanidan o‘tkazilgan xalqaro olimpiadada oliy o‘rin, diplom va kubok sohibi bo‘ldi.

Shuningdek, Hosila Xayrullayeva kumush medal va diplom;

Madina Turgunova bronza medal va xalqaro diplomni qo‘lga kiritishdi.


Batafsil "Nurafshon" telekanalining "Haftada yoshlar" dasturida

O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube | ortachirchiq.uz | X | TikTok | ok.ru | Murojaat | Muhokama
👍9🔥1👌1
#hushxabar

O‘rta Chirchiqlik yosh sportchi Jahon chempionati sovrindori

Tailand poytaxti Bankok shahrida sportning muay-tay turi bo‘yicha o‘tkazilgan Jahon chempionatida O‘rta Chirchiq tumani sport maktabining sportchisi Begijan Mirkamolov musobaqada munosib ishtirok etib, 3-o‘rin egalladi va bronza medal sohibiga aylandi.

O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | www.ortachirchiq.uz | X | TikTok | ok.ru | Murojaat | Muhokama
👍17👌1
#hokim_kubogi
#hushxabar

"Aql gimnastikasi"da O‘rta Chirchiqlik yoshlar tengsiz!

Kuni kecha Qibray tumanida sportning shaxmat turi bo‘yicha "Toshkent viloyati hokimi kubogi" musobaqasi o‘tkazildi.

Turnir yakunida O‘rta Chirchiq tumani 54-maktab bitiruvchisi Almaz Rahmatullayev professional shaxmatchilar o‘rtasida tengsiz deb topildi va kubok, 1-darajali diplom hamda 10 million so‘m pul mukofoti sohibi bo‘ldi.

Shuningdek, turnirda havaskor shaxmatchilar o‘rtasida O‘rta Chirchiq tumani 54-maktabning 11-sinf o‘quvchisi Akjol Rahmatullayev g‘olib bo‘ldi va u ham kubok, 1-darajali diplom hamda 10 million so‘m pul mukofoti sohibi bo‘ldi.

O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | www.ortachirchiq.uz | X | TikTok | ok.ru | Murojaat | Muhokama
👍12👏2🔥1🎉1👌1💯1🤗1
#5_tashabbus_olimpiadasi
#hushxabar

O‘rta Chirchiq ayollar voleybol jamoasi tengsiz!

Avval xabar berganimizdek, Buxoro shahrida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida qizlar o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri kubogi uchun sportning voleybol turi bo‘yicha Respublika final o‘yinlarida O‘rta Chirchiq tumani "Qorasuv" mahallasi qizlar jamoasi musobaqaning final baxsida Namangan viloyati jamoasini yengib, tengsiz deb topildi va kubok sohibi bo‘ldi.

Qizlarimizni musobaqalardagi munosib ishtiroki hamda g‘olibligi bilan tabriklaymiz!

O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | www.ortachirchiq.uz | X | TikTok | ok.ru | Murojaat | Muhokama
👍19🎉3👌2💯2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#hushxabar

🥇Oʻrta Chirchiq tumani farzandi Aytjan Halmaxanov sportning yunon-rum kurashi bo‘yicha Osiyo chempionatida g‘olib bo‘lib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | www.ortachirchiq.uz | X | TikTok | ok.ru | Murojaat | Muhokama
👍27🔥8🥰3🤗2👏1👌1