O‘rta Chirchiq tumani hokimligi
5.37K subscribers
28.4K photos
3.18K videos
155 files
9K links
Ушбу каналда сиз Ўрта Чирчиқ туманидаги сўнгги янгиликлар, секторларда олиб борилаётган ишлар ҳақида хабардор бўласиз.
Download Telegram
O‘rta Chirchiq tumani hokimligi
O‘rta Chirchiq tumani hokimi I.Kasimov "Tinchlik" mahallasidagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi Ayni kunlarda "Qorasuv" hududidan Nurafshon shahrigacha bo‘lgan Toshkent yo‘li ko‘chasining ikki tomonini zamonaviy shaharsozlik me’yorlari asosida kengaytirish…
O‘rta Chirchiq tumani hokimi Ixtiyor Kasimov "Tinchlik" mahallasidagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.

Joriy yilning 23-iyul kuni tuman hokimi hududdagi tadbirkorlar bilan uchrashgan va zamonaviy shaharsozlik me’yorlariga amal qilib, yo‘lning qatnov qismini o‘zboshimchalik bilan egallamaslik bo‘yicha tadbirkorlar va mutasaddilarga ko‘rsatmalar bergan edi. Shundan so‘ng "Qorasuv" hududidan Nurafshon shahrigacha bo‘lgan Toshkent yo‘li ko‘chasining ikki tomonini zamonaviy shaharsozlik me’yorlari asosida kengaytirilib, yo‘lning qo‘shimcha qismi to‘liq asfaltlandi va aholiga qulayliklar yaratildi.

Bugun tuman rahbari mas’ullarga hududdagi obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini qisqa muddatlarda sifatli yakunlash bo‘yicha topshiriqlar berdi.

O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | www.ortachirchiq.uz | X | TikTok | ok.ru | Murojaat | Muhokama
O‘rta Chirchiq tumani hokimi Ixtiyor Kasimov bugun bir qator investision loyihalar bilan yaqindan tanishdi.

Xususan, tuman hokimi "Kim Pen Xva" mahallasida joylashgan "KH1 GROUP" mas’uliyati cheklangan jamiyatida bo‘ldi va korxona faoliyati bilan tanishdi. Yaqindagina faoliyatini boshlagan korxona to‘liq quvvatda ishlasa, metaldan turli hildagi mix, temir to‘siqlar, piyodalar yo‘lagi uchun panjaralarni ishlab chiqaradi va 20 nafargacha bo‘lgan mahalliy aholini ish bilan ta’minlaydi.

O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | www.ortachirchiq.uz | X | TikTok | ok.ru | Murojaat | Muhokama
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦

Seshanba – hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari bilan muloqot va yoshlar bilan uchrashuvlar oʻtkazish kuni.

Bu kunda quyidagi hududlarda Chinoz tumani, Yangiyo'l shahri, Nurafshon shahri, Oqqoʻrgʻon tumani, O‘rta Chirchiq tumani, Yuqori Chirchiq tumani, Bekobod tumani, Piskent tumanlarida amalga oshirilayotgan ishlar bilan qisqa lavhalarda Muzayyana Davlatova (sunʼiy intelekt) tanishtiradi.


Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#5_tashabbus_olimpiadasi
#tabrik

Xabaringiz bor, kuni kecha Buxoro shahrida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida qizlar o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri kubogi uchun sportning voleybol turi bo‘yicha Respublika final o‘yinlarida O‘rta Chirchiq tumani "Qorasuv" mahallasi qizlar jamoasi musobaqaning final baxsida Namangan viloyati jamoasini yengib, tengsiz deb topildi va kubok sohibi bo‘ldi.

Bugun tuman hokimi Ixtiyor Kasimov boshchiligida sektor rahbarlari musobaqada birinchilikni qo‘lga kiritgan "Qorasuv" mahallasi jamoasini yana bir bor tabriklab, qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirladi.

O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | www.ortachirchiq.uz | X | TikTok | ok.ru | Murojaat | Muhokama
O‘rta Chirchiq tumani tumani hokimi Ixtiyor Kasimov "Agro servis orzu" MChJ shaklidagi issiqxonasida xorijdan olib kelib olingan qulupnay navlarining yetishtirish jarayonlari bilan tanishdi.

Tadbirkor Ibratilla Rihsitillayev rahbarligidagi xorij texnologiyasi asosida 1 gektar 20 sotix maydonda 5-avlod issiqxonasida barcha yumushlar raqamlashtirilgan texnologiyalar asosida amalga oshirilib, 50 nafar ish o‘rni yaratilgan.

AQSHdan olib kelingan qulupnayning "albion", "kabrillo", "monterey" navlari yil davomida hosil beradi. Hozirgi kunda korxona qulupnaylarni Saudiya Arabistoni, Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston Respublikasiga eksport qilmoqda.

O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | www.ortachirchiq.uz | X | TikTok | ok.ru | Murojaat | Muhokama