O‘rta Chirchiq tumani hokimligi
5.32K subscribers
28.5K photos
3.19K videos
155 files
9.03K links
Ушбу каналда сиз Ўрта Чирчиқ туманидаги сўнгги янгиликлар, секторларда олиб борилаётган ишлар ҳақида хабардор бўласиз.
Download Telegram
#sardorlar_saylovi

O‘rta Chirchiq tumani 72-sonli IDUMda O‘zbekiston bolalar tashiloti tomonidan Bolalar harakati sardorlar saylovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi o‘rinbosari D.Kattaxonova, Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mas’ullari hamda o‘quvchilar ishtirok etib, tumandagi 55 ta maktabdan 19 nafardan 7 ta yo‘nalishda eng faol yoshlar tanlab olindi.

O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | www.ortachirchiq.uz | X | TikTok | ok.ru | Murojaat | Muhokama
O‘rta Chirchiq tumani "Bag‘rikenglik haftaligi" yuqori saviyada o‘tkazildi

Tinchlik va totuvlikni taʼminlash, bag‘rikenglikni qaror toptirish masalasi hamisha tinchliksevar davlatimiz siyosatining muhim asosi bo‘lib kelgan. Zero, bugun amalga oshirilayotgan islohotlar zamirida tinchlik, barqarorlik, bag‘rikenglik, o‘zaro hamjihatlik, ishonch, hurmat kabi umuminsoniy g‘oyalar yotadi. Bu esa yangi O‘zbekiston ilgari surgan oqilona siyosatning muhim asosidir.

Xususan, tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan barcha ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va tanlovlar tashkil etildi. 3-maktabda esa tuman bosqichi g‘oliblari tuman Ma’naviyat va ma’rifat bo‘linmasi hamda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita hududiy vakillari tomonidan taqdirlandi.

O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | www.ortachirchiq.uz | X | TikTok | ok.ru | Murojaat | Muhokama
Президентимиз сўзининг давомида бугун нафақат Ўзбекистон, балки дунёдаги кўплаб мамлакатлар иқлим ўзгаришларининг салбий оқибатларини яққол ҳис қилаётганини қайд этди.

Ҳаво ва сувнинг ифлосланиши, тупроқ эррозияси, чўлланиш, қазилма ёқилғиларни беҳисоб ишлатиш глобал исишга, табиий офатларнинг кўпайишига олиб келмоқда, атроф-муҳит ва аҳоли соғлиғига зарар етказмоқда.

Бунга жавобан мамлакатимизда уч йил аввал “Яшил макон” умуммиллий лойиҳаси бошланди. Қўшни мамлакатлар билан биргаликда Минтақавий иқлим стратегиясини амалга оширишга киришилди. Пойтахтимизда Марказий Осиё атроф-муҳит ва иқлим ўзгаришларини ўрганиш университети ташкил этилди.

Шунингдек, Ўзбекистон Бирлашган Миллатлар Ташкилоти томонидан бу борада қабул қилинган иккита муҳим резолюциянинг ташаббускори бўлди. Айни вақтда “яшил” энергетика иқтисодиётимиз драйверларидан бирига айланмоқда.

Эл-юртимизнинг фикр-мулоҳазалари, хоҳиш-истакларини атрофлича ўрганиб, билдирилган тавсиялардан келиб чиққан ҳолда, бу борадаги ишларни янги, янада юксак босқичга кўтариш мақсадида Президентимиз 2025 йилни юртимизда “Атроф-муҳитни асраш ва “яшил” иқтисодиёт йили” деб эълон қилишни таклиф қилди.

Йиғилганлар ушбу ташаббусни тўлиқ қўллаб-қувватладилар.

Facebook|Instagram|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘rta Chirchiq tumanida "Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar "Nurafshon" telekanali reportajida

O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | www.ortachirchiq.uz | X | TikTok | ok.ru | Murojaat | Muhokama
#subsidiya

O‘rta Chirchiq tumani va Nurafshon shahrida qurilayotgan yangi ko‘p qavatli uy-joylarni aholi tomonidan subsidiya orqali sotib olish bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘rta Chirchiq tumani hokimi o‘rinbosarlari, Moliya bo‘limi, Nurafshon shahar hokimi o‘rinbosari, qurilish-pudrat tashkiloti vakillari va subsidiya orqali uy-joy xarid qilmoqchi bo‘lgan aholisi vakillari ishtirok etdi.

Unda PF-70-sonli farmon asosida subsidiya ajratilishi uchun ariza bergan aholi vakillariga subsidiya  ajratilishi tartibi, imtiyozli kredit ajratilishi va uchrashuvga taalluqli boshqa masalalar bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, aholi vakillari tomonidan ko‘p-qavatli uy-joylarni subsidiya orqali sotib olish bo‘yicha savol va takliflar olindi va ularni ijobiy hal etish uchun tegishli tashkilotlarga topshiriqlar berildi.

O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | www.ortachirchiq.uz | X | TikTok | ok.ru | Murojaat | Muhokama