Uchtepa tuman hokimligi
42.4K subscribers
22.5K photos
10.3K videos
8 files
18.9K links
Facebook: fb.com/hokimiyat.uchtepa
Instagram: instagram.com/hokimiyat_uchtepa
Youtube: https://www.youtube.com/channel/UC_OG9JIBR1j38quchDU9DXg?view_as=subscriber

Туман ҳокимига мурожаат: @Uchtepa_murojaat_bot

© Uchtepa tuman hokimligi Matbuot xizmati
Download Telegram
#bilasizmi

«Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Prezident qaroriga muvofiq nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat xizmatlaridan navbatsiz foydalanish va davlat idoralarida mansabdor shaxslarning qabuliga navbatsiz kirish bo‘yicha imtiyozlar berilgan.

«Yuridik yordam» axborot tizimida nogironligi bo‘lgan shaxslarga advokatlar tomonidan ixtiyoriy ravishda bepul professional yuridik yordam ko‘rsatilishini tashkil etishga ko‘maklashuvchi tizim joriy etilgan.

Nogironlar va ularga g‘amxo‘rlik qiluvchilarga berilgan imtiyozlarning yagona ro‘yxati shakillantirilgan va mazkur ro‘yxat «Advice.uz» huquqiy portaliga joylashtirilgan.

2023-yil 1-mayidan boshlab shifoxonalarda davolanayotgan nogiron bolaga g‘amxo‘rlik qilayotgan shaxslarga:
Bolaning yonida bo‘lish uchun sharoit yaratilgan;
Mazkur davr uchun mehnatga layoqatsizlik varaqasi va bepul ovqatlanish ta’minlangan.

Pediatriya tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari bolani nogiron deb topganda, ularga pensiya tayinlashda qaytadan tibbiy-ijtimoiy ekspertizaga yuborish bekor qilinadi.
2023/2024-o‘quv yilida abituriyentlar uchun mo‘ljallangan qabul tartibiga oid ma’lumotlar nogironlar uchun qulay formatda bo‘ldi. Shuningdek, videoroliklar surdotarjima yoki subtitrlar bilan namoyish etildi.

2023/2024-o‘quv yilidan «Maxsus pedagogika, defektologiya» yo‘nalishida magistratura uchun to‘liq davlat granti berildi.

O‘qiyotgan nogiron talabalarga ta’lim jarayonida ko‘maklashish uchun uning yaqinlaridan biriga OTMda yonida birga bo‘lish uchun sharoit yaratildi.

YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Twitter | Linkedin
#bilasizmi

Bezgak kasalligining yuqish yo'llari

Klinik belgilari

Qaysi mamlakatlarda bezgak kasalligi ko'p uchraydi

❗️Turistlar uchun tavsiyalar

🔸Yuqorida ko'rsatilgan savollarga javobni Toshkent shahar sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi Uchtepa tuman bo'limi tomonidan tayyorlangan ushbu infografika orqali javob olishingiz mumkin


Telegram | Instagram | Facebook
#Bilasizmi?

⚡️ Bog'iston mahallasida yashovchi Yuldasheva Sojida Hamid qizi iste'dodli yoshlardan.
Sojida "El-yurt umidi" jamg'armasining 2023-yildagi stipendianti.

O‘zining tirishqoqligi va izlanuvchanligi bilan tengdoshlariga namuna bo'la oladi.

U hozirda AQSH davlatining Koliforniya shtatida Filologiya yo'nalishida o‘qishini davom ettirmoqda.

Sojidaga kelgusidagi o‘qish va ishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

👉https://t.iss.one/uchtepahokimligi

Web-site |facebook | instagram | youtube
#Bilasizmi?

⚡️ Nishabariq mahallasida yashovchi Mahmudov Abdulloh Alisher o‘g‘li Uchtepaning faxri bo'lgan yoshlardan.

- 2020-yil Janubiy-Sharqiy Osiyo matematika olimpiadasida qatnashib, kumush medal sohibi bo‘ldi.

- 2021-yil ELPC Xalqaro SEAMO X-2021 olimpiadasida uchinchi o'rinni qo‘lga kiritgan.

- 2021-yil 18-Xalqaro o'smirlar tabiiy fanlar olimpiadasi (International Junior Science olympiad, #IJSO)da kimyo fanidan bronza medalini qo'lga kiritdi.

- 2022-yil 56-Xalqaro Mеndеlеyеv kimyo olimpiadasida kumush medalni qo'lga kiritdi.

- 2023-yil Shveytsariya davlatida bo‘lib o‘tgan nufuzli Xalqaro kimyo olimpiadasida oltin medalni qo‘lga kiritgan.

- 2023-yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qaori bilan “ Mard o‘g‘lon” davlat mukofotini olgan.

👉https://t.iss.one/uchtepahokimligi

Web-site |facebook | instagram | youtube
#Bilasizmi?

⚡️Nayman mahallasida yashovchi Zokirova Nilufar Obidjonovna Uchtepaning faxri bo'lgan yoshlardan.

Yakkalik va juftlik bahslarida, asosan, 200 va 500 metrga eshkak eshuvchi,

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi. Osiyo chempioni , Osiyo o'yinlari va jahon chempionatlari sovrindori, XXXII yozgi Olimpiya o'yinlari ishtirokchisi .

Nilufar Zokirova 2024-yilda 200 metr masofaga kechgan poygada oltin medalni qoʻlga kiritib, Parij-2024 Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisiga aylangan.

👉https://t.iss.one/uchtepahokimligi

Web-site |facebook | instagram | youtube