Uchqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi ( ITMA )
679 subscribers
7K photos
310 videos
50 files
1.25K links
Download Telegram
Forwarded from Kosonsoy ixtisoslashtirilgan maktabi (G'ofirjon Shermatov)
#imtihon_2023
#prezident_maktablari

❗️AGENTLIK TIZIMIDAGI PREZIDENT MAKTABLARIGA ARIZA TOPSHIRGAN TALABGORLAR DIQQATIGA!

📆 Prezident maktablari imtihonlarining birinchi bosqichi 15-iyul kuni boshlanishini ma’lum qilamiz.

🗣Imtihonlar 3 smenada – 08:00, 12:00 va 17:00 da bo‘lib o‘tadi.

📁 Imtihon joyi va boshqa zaruriy ma’lumotlar talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma tarzida yuborildi.

Talabgorlar imtihon boshlanishidan 1 yarim soat oldin tug'ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi hamda ruxsatnoma bilan kelishlari kerak.

📝 Ma’lumot uchun, Prezident maktablariga kirish imtihonlarining birinchi bosqichida Matematika fanidan 30 ta topshiriq  (test shaklida) beriladi.
👍3
Forwarded from IMA Mingbuloq ixtisoslashtirilgan maktabi (Shahlo Xo‘jaliyevna)
#imtihon_2023
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

📣 AGENTLIK TIZIMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB VA MAKTAB-INTERNATLARIGA ARIZA TOPSHIRGAN TALABGORLAR DIQQATIGA!

❗️Yangi tashkil etilgan 166 ta Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlari hamda 13 ta yangi ochiladigan Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlarining imtihonlari joriy yilning 28-30-iyul kunlari bo‘lib o‘tadi.

Ushbu maktablarga kvota doirasida kirish imtihonlari bir bosqichda, aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 5-11-sinflarga, tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 7-11-sinflarga o‘tkaziladi.

Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt beriladi.

Imtihon ruxsatnomasini yuklab olish uchun talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi.

⬇️SMS-xabarnoma borgandan so‘ng, ruxsatnomani yuklab olish uchun talabgor ariza.piima.uz saytiga kirib, “Shaxsiy kabinet” iga o‘z ID raqamini kiritishi kerak.

🔹 Imtihon natijalari Agentlikning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
👍6🔥1
#imtihon_2023

Farzandim Ixtisoslashtirilgan maktabga hujjat topshirgan. Agentlik rasmiy sahifalarida yaqin kunlarda imtihon bo‘lishi haqidagi e'lonni o‘qidik. Imtihon ruxsatnomasini qachon yuklab olsak bo‘ladi?

Imtihon ruxsatnomasini telefoningizga sms-xabarnoma borgandan so‘ng ariza.piima.uz saytiga kirib, shaxsiy kabinetga o‘quvchining ID raqami hamda telefon raqamini kiritgan holda yuklab olishingiz mumkin.

🗣Eslatib o‘tamiz, sms-xabarnoma imtihon boshlanadigan sanadan uch kun oldin talabgor tomonidan kiritilgan birinchi telefon raqamiga yuborila boshlaydi va imtihon bo‘ladigan kungacha barcha talabgorlarga yetkaziladi.

📲Sms-xabarnomada kirish imtihoni o‘tkaziladigan bino nomi, sanasi, vaqti hamda o‘quvchining guruhi va joyi ko‘rsatilgan bo‘ladi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4