Uchqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi ( ITMA )
659 subscribers
6.88K photos
303 videos
49 files
1.21K links
Download Telegram
#Jarayon
#Hamkorlik_shartnomasi

🔰🔰🔰
Namangan viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazi direktori I. Rahimov Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Uchqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabiga tashrif buyurdi.

✔️✔️✔️
Tashrif natijasida Namangan viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazi professor-o'qituvchilari va Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Uchqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi pedagog-xodimlari o'rtasida mahorat darslarini o'tkazish, tajriba almashish, o'rganishi va ommalashtirishni tashkil etish to'g'risida SHARTNOMA imzolandi.


Hamkorlik- ta'lim sifatini oshishiga xizmat qilishi shubhasizdir.

👇👇👇
Biz ijtimoiy tarmoqlarda
https://t.iss.one/uchqorgon_im
@uchqorgon_imbot
#Jarayon
#Hamkorlik

📌 Uchqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi bilan Uchqoʻrgʻon tuman milliy gvardiya bo'limi o'rtasida MEMORANDUM imzolanganidan xabaringiz
bor.

🖇Shu hamkorlikning amaldagi ijrosi yuzasidan Milliy gvardiya xodimlari ta'lim maskanimizga tashrif buyurdilar. Ular o'quvchilarda vatanparvarlik tuygʻusini rivojlantirish, sohaga oid qiziqishlarini rag'batlantirishga oid ma'lumotlar berib o'tdilar.

📎 O'zbekiston kelajagi bo'lgan yoshlarni har tomonlama yetuk inson etib tarbiyalash bizning asosiy vazifamizdir.

👇👇👇
Biz ijtimoiy tarmoqlarda
@murojaat_imbot
https://t.iss.one/uchqorgon_im
#Jarayon
#Hamkorlik

Uchqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida o'quvchilarni kasbga yoʻnaltirish bo'yicha Namangan muhandislik qurilish instituti bilan hamkorlikda davra suhbati tashkil etildi.

Bu davra suhbatida institut prorektori Jakbarov Odiljon Otamirzayevich, rektor maslahatchisi va matbuot kotibi Abduvaliyev Azizbek Abdug'aniyevich, Qurilish fakulteti dekani Mansurov Muxtorjon Tohirjonovich, professor oʻqituvchilar va maktabimiz o'quvchilari ishtirok etishdi.

O'quvchilar uchun qiziqarli boʻlgan ma'lumotlar berildi, yutuqlari bilan o'rtoqlashishdi.

👇👇👇
Biz ijtimoiy tarmoqlarda
@murojaat_imbot
https://t.iss.one/uchqorgon_im
#Seminar_trening
#Yangi_baholash_tizimi
#Hamkorlik

6-may kuni Uchqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabida tumandagi 1-va 8-umumiy o'rta ta'lim maktabi o'qituvchilari uchun o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.

📌 Unda Uchqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o'quv ishlari bo'yicha direktor oʻrinbosari B. Urinboyev va maktab maslahatchisi J.Razzaqovlar o'z taqdimotlari bilan ishtirok etdilar.

☑️Seminarda yangi baholash tizimining mohiyati, afzalliklari, BSB va ChSB nazoratlarining o‘tkazilish tartibi to‘g‘risida tushunchalar berildi.

👇👇👇
Biz ijtimoiy tarmoqlarda
@uchqorgon_imbot
https://t.iss.one/uchqorgon_im
#Zakovat
#hamkorlik

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Norin tuman Ixtisoslashtirilgan maktabida ZAKOVAT intellektual o'yini tashkil etildi.

Bu bilimlar jangida Namangan viloyatidagi Uychi tuman ixtisoslashtirilgan maktabi, Norin tuman ixtisoslashtirilgan maktabi hamda Uchqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o'quvchilar jamoalari ishtrok etdilar.

Qizg'in bahslarga boy boʻlgan bu o'yinda Uchqoʻrgʻon tuman Ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. Norin hamda Uychi tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoalari kuchlari teng keldi.

Bu an'anani davom ettirgan holda navbatdagi o'yin Uychi tuman ixtisoslashtirilgan maktabida bo'lishi kelishib olindi.
#MEMORANDUM
#Hamkorlik

Uchqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi va Namangan viloyatidagi UBS oliygohi o'rtasida MEMORANDUM imzolandi.

⚡️Ushbu kelishuvda oliygohning Til va adabiyot taʼlimi kafedrasi mudiri, filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori N.Pazlitdinova va maktab direktori D.Mirzayevalar ishtirok etdilar. Bu o'quvchilar uchun samarali bo'lishi shubhasiz.

👇👇👇
Biz ijtimoiy tarmoqlarda
@murojaat_imbot
https://t.iss.one/uchqorgon_im
#hamkorlik
#memorandum

HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev hamda Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov tomonidan oʻzaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda tomonlar hamkorlikda tabiiy fanlar sohasida ta’lim sifatini yanada oshirish, oʻquv jarayonini ishlab chiqarish sohalari bilan uzviyligini ta’minlash, shuningdek, farmatsevtika va hayot fanlari mutaxassisliklariga kasbiy yoʻnaltirish uchun keng shart-sharoitlar yaratish kabi vazifalar yuzasidan chora-tadbirlar rejasini belgiladi.

Maʼlumot oʻrnida, mazkur memorandum ixtisoslashtirilgan maktablar oʻquvchilari orasida ingliz tilida tabiiy fanlar yoʻnalishida mini-olimpiadalar tashkil qilish va iqtidorli yoshlarga xalqaro oliy ta’limda tahsil olish uchun imkoniyatlar yaratishni koʻzda tutadi.

Shuningdek, bakalavr bosqichidagi xalqaro ta’lim va ta’lim grantlari haqida ma’lumotlar almashuvini tashkil qilish, oʻquvchilarning ilm-fan va kelajak kasblarga boʻlgan qiziqishlarini kuchaytirishga qaratilgan o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash kabi maqsadlarni oʻz ichiga olgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube