Forwarded from Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov
Ta’ziya
“Tanaffus” podkasti boshlovchisi, pedagog, jamoatchilik faoli va bloger Isroil Tillaboyevning otalari vafot etgani munosabati bilan chuqur hamdardlik bildiramiz.
Xalqtaliminfo.uz tahririyati marhumning boshqa oila a’zolari va yaqinlariga ham chuqur ta’ziya izhor etadi. Bizning qadrdon jamoamiz a’zosi Isroil Tillaboyevga esa sabr-toqat va bardosh tilaymiz.
Inna lillahi va inna ilayhi roji’un.
Telegram l Instagram l YouTube

😢54👍2🤔1
Shundoq qo‘limni yuvib chiqqunimcha Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (AOKA) tugatilibdi.
O'tgan gal bir tanishim aytgandi: Ertalab tursam ishxonam yo‘q, tugatilibdi, deb.
Biram tugatib, qayta yaratishga ustamiz-ey, vazirlik va idoralarning nomi ham esda qolmaydigan bo'lib qoldi.
@u_pulatoff

👍58😁36🤣8
Forwarded from Bektosh Khatamov
Мободо каттасига чиқсам…
Улуғбекнинг қўлимни ювиб келгунимча деган иборасидан бир нарса эсимга тушиб кетди.
Бир дўстим бўлар эди, тўғрироғи ҳозир ҳам бор, аммо анчадан бери кўришмай кетганмиз, ётоқхонада бир хонада яшаганмиз. Шу дўстимнинг ғалати одати бор эди, кичик ҳожатга чиқиб келгач қўлини ювмас эди. -“Нимага қўлингни ювмайсан?”десам, “Мободо каттасига чиқиб қолишим мумкин, шунда бир қилиб юваман”, деб жавоб берар эди.
Жуда шунақа пайтларда менга гап ҳам келиб қолаверади-да, мободо каттасига чиқсанг, артмай ҳам келавер, барибир яна чиқасан, шунда бир қилиб артиб қўяверасан, деб роса ҳазил қилар эдим.
Вееей, ўзи нимага буни айтяпман, бошқа нарса ҳақида ёзмоқчи эдим… Ҳа, қонунчиликка киритилаётган ўзгартиришлар ҳақида.
Мен шу охирги пайтлар қонунларимиз бир четда қолиб кетаётганлигидан хавотирдаман. Қаранг, бизда “сеники, меники, бизники” деб катта концерт ва тантаналар билан қабул қилинган Конституциямиз бор.
Ана шу Конституциянинг 15-моддасида Ўзбекистон Республикасида Ўзбекистон Республикаси Конституцияси ва қонунларининг устунлиги сўзсиз тан олинади деб ёзилган.
Ана энди “Норматив ҳуқуқий ҳужжатлар тўғрисидаги” Ўзбекистон Республикасининг қонуни бор, ўша қонунда қонунларнинг устуворлиги бўйича мана бу тартиб белгиланган:
1. Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси;
2. Ўзбекистон Республикасининг қонунлари;
3. Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси палаталарининг қарорлари;
4. Ўзбекистон Республикаси Президентининг фармонлари ва қарорлари;
5. Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг қарорлари;
6. вазирликлар ва идораларнинг буйруқлари ҳамда қарорлари;
Энди ҳар қандай норматив-ҳуқуқий ҳужжат қабул қилинганда мана шу устуворлик бўйича қабул қилиниши керак, масалан, Президент фармони қонундан устун эмас, демак у қонунга қарши бўлиши керак эмас, агар
Президент қарори эндиликда ҳар қандай норматив-ҳуқуқий ҳужжат ва лойиҳа Президент Администрацияси ҳузуридаги илмий-таҳлилий институтлар тадқиқотлари, олимлар, маҳаллий ва хорижий экспертларнинг тавсиялари асосида ишлаб чиқилади деса, аммо қонун бошқача деса, нима бўлади?
Олдин Олий Мажлис қонунга ўзгартириш киритиш керак, ана ундан кейин фармон қабул қилиниши керак. Лекин охирги пайтлар айнан шу қонунга зид келадиган жуда кўплаб фармон ва қарорлар чиқиб кетяпти, менимча ҳаммасини битта қилиб кейин ўзгартирамиз деб ўйлашаётган бўлса керак.
Яхши гумондаман.
@bektoshkhatamov

😁14🤔7🔥3🤣1
Oddiy o'qituvchilikdan vazir lavozimigacha
Mustaqil O‘zbekiston tarixida jami 10 nafar Xalq ta’limi vaziri faoliyat yuritgan bo‘lsa, ulardan 3 nafari o‘z faoliyatini oddiy o‘qituvchilikdan boshlagan ekan.
Shu haqda kichik video va maqola tayyorlagandim. Videoni ko'rib layk bosib, o'z fikringizni yozib qo'ysangiz xursand bo'lardim.
📷 Video — https://www.instagram.com/reel/DMIN7yxNJBY/?igsh=c2s1Ym0wY21maXE4
@u_pulatoff
Mustaqil O‘zbekiston tarixida jami 10 nafar Xalq ta’limi vaziri faoliyat yuritgan bo‘lsa, ulardan 3 nafari o‘z faoliyatini oddiy o‘qituvchilikdan boshlagan ekan.
Shu haqda kichik video va maqola tayyorlagandim. Videoni ko'rib layk bosib, o'z fikringizni yozib qo'ysangiz xursand bo'lardim.
@u_pulatoff
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Nom o‘zgardi, mazmun-chi?
Bir narsaga hech tushunmayman. Deyarli har yili davlat tashkilotlari, idora, agentlik yoki vazirliklar nomi o‘zgarib turadi. Shuning ortidan “va” bog‘lovchisi ishlatilmagan birorta ham vazirlik qolmadiyov.
Masalan, 2022-yil dekabrdagi adminreformada ham juda ko‘plab vazirlik nomlari o‘zgargan.
Jumladan, Xalq ta’limi vazirligi nomi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi nomiga o‘zgartirilgan.
Buning ortidan esa 10 mingdan ortiq maktablardagi ko‘rgazmali materiallar, maktab muhrlari, xullas jamiyki xalq ta’limi yozuvi tushirilgan barcha narsa o‘zgartirilgan. Undan tashqari juda ko‘plab normativ hujjatlarga ham o‘zgartirishlar kiritishga to‘g‘ri kelgan.
Bularning barchasi esa ortiqcha xarajat edi. Ammo o‘shanda bizning oldimizda Xalq ta’limi vazirligi nomini saqlab qolish varianti ham bor edi, lekin bunday qilmadik.
Aytmoqchimanki, vazirlik nomi Xalq ta’limi vazirligi bo‘lsa ham, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bo‘lsa ham, Maorif vazirligi yoki qisqagina Ta’lim vazirligi bo‘lsa ham mazmun o‘zgarib qolmaydi, vazirlik xuddi o‘sha funksiyalarini bajaraveradi.
Shu kunlarda ham ko‘plab davlat tashkilotlari nomlari o‘zgargani haqida eshityapman. Lekin bundan qanday naf olishimizni hecham tushunolmayapman.
Kimdir shu narsani tushuntirib berarmikan?

👍22😁17🤔1
Forwarded from Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov
Kimni vazir sifatida ko‘rasiz?
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosarlari orasidan vazir lavozimi uchun nomzod tanlash kerak bo‘lsa, kimni vazir sifatida ko‘rgan bo‘lardingiz?

Anonymous Poll
33%
Karimov Sherzod Abdurasulovichni
14%
Komilov Temurjon Kalandarovichni
19%
Boqiyev Farxod Esanovichni
21%
Radjabov Sardor Baxtiyorovichni
13%
Karimova E’zozxon Gapirjоnovnani
Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov
Kimni vazir sifatida ko‘rasiz?
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosarlari orasidan vazir lavozimi uchun nomzod tanlash kerak bo‘lsa, kimni vazir sifatida ko‘rgan bo‘lardingiz?
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosarlari orasidan vazir lavozimi uchun nomzod tanlash kerak bo‘lsa, kimni vazir sifatida ko‘rgan bo‘lardingiz?
Menga tanlov imkoniyati berilganda, Temur Komilov yoki Sardor Radjabovni tanlagan bo’lardim.
Sizchi?
@u_pulatoff
Sizchi?
@u_pulatoff
👍8
Kim bo‘ldi ekan?
Bugun soat 02.30 larda Telegram akkauntimga hujum uyushtirilibdi. Yaxshiyam himoya choralarini ko‘rib qo‘ygandim, zarar yetkazisholmabdi.
Katta ehtimol bilan menga tegishli bo‘lgan Telegram kanallarni yo‘q qilish maqsadida bu hujum amalga oshirilgan bo‘lsa kerak.
Lekin bu ishni kim qilmoqchi bo‘lgani qiziq. Kimga kerak bo‘lib qoldi ekan-a, bu ishlar?
Endi faqat yaxshi narsalar haqida yozsammikan-a?
@u_pulatoff
Bugun soat 02.30 larda Telegram akkauntimga hujum uyushtirilibdi. Yaxshiyam himoya choralarini ko‘rib qo‘ygandim, zarar yetkazisholmabdi.
Katta ehtimol bilan menga tegishli bo‘lgan Telegram kanallarni yo‘q qilish maqsadida bu hujum amalga oshirilgan bo‘lsa kerak.
Lekin bu ishni kim qilmoqchi bo‘lgani qiziq. Kimga kerak bo‘lib qoldi ekan-a, bu ishlar?
@u_pulatoff
😁27🤔14
“Samosenzura”
Eng yomon narsa odamning o‘zidagi ichki senzura bo‘lsa kerak. Unday desam nima bo‘larkan, bunday deb yozsam qanday bo‘larkan, degan savollar odamning ich-etini yeb yuboray deydi.
Siz tomoningizdan tayyorlangan qaysidir material keng muhokamalarga sabab bo‘lsa va qayerlardandir qo‘ng‘iroqlar bo‘lib qolsa, darrov yopilib olib, o‘zingiz uchun ichki senzura yaratib olasiz.
Yaxshiyam bu borada maslahat berib turadigan ustozlar bor. Ularning maslahat va tavsiyalarini olib, yengil qushdek sezyapman, o‘zimni.
Endi birma-bir kelaverlaring, deb o'tiribman, chunki "dux beton” bo'ldi.

🔥14😁11👍3🤔1
Kesilgan daraxt uchun 50 yillik jazo
Tadbirkor Murod Nazarovning daraxtlarni kesishga cheklov bekor qilinishi kerakligi haqidagi taklifi muhokamalarga sabab bo‘lyapti.
Bu orada deputat Alisher Qodirov ishxonasi oldidagi qurt yeb bitirgan daraxtni oldirib tashlash uchun 1 yil qog‘oz qilganidan nolib, kelajak avlod dinini unutib, daraxtga e’tiqod qilishni boshlab yubormasa bo‘lgani deb yozdi.
Umuman, mana shu muhokamalar fonida Bektosh aka Xatamovning ikki yil avval yozgan posti yodimga tushdi.
Unda aytilishicha, Myunxenda ruxsatsiz kesilgan bir daraxt aynan kesilgan joyda 50 yil turishi bo‘yicha sud qaror chiqargan ekan.
Aniqrog‘i, daraxt turgan joy kimgadir kerak bo‘lib qolgan, keyin esa uni ruxsatsiz kesib yuborishgan. Shundan so‘ng, ish sudga oshib ketgan, sudya aybdorlarga katta miqdorda jarima to‘lattirib, kesilgan daraxt o‘sha joyda 50 yil turishi va bu majburiyatni bajarishni daraxtni kesgan shaxslar zimmasiga yuklab qo‘ygan.
Agar bu jazo turi bizda joriy etilsa, juda ko‘p joylar kesilgan daraxtlarga to‘lib ketsa kerak. Eh, birgina Farg‘onaning o'zida qanchadan-qancha chinorlar "qatl" qilib yuborildi. Hozir Farg‘ona sahroga o‘xshab qolgan.
Aytmoqchi bo'lganim, daraxtlarni kesish bo'yicha maratoriy bekor qilinmasligi, aksincha yanada qat'iyroq jazo choralari qo'llanishi kerak. Murod Nazarov bergan taklif O'zbekistonda ishlamaydi. O'zbekiston bu....

👍7
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bu podkastni ko'rmasangiz bo'lmaydi
"Tanaffus" podkastining yangi soniga iqtisodiyot fanlari doktori, professor Barnogul Sanokulovani taklif qilgandik.
Aslida, Barnogul opa bilan faqatgina maktab ta'miri mavzusida gaplashmoqchi edik. Ammo mavzu avlodlar jangi, ta'limdagi eng katta xatoliklar mavzusiga ulanib ketdi.
Montaj jarayonida ham podkastni ko'rib, juda ko'p narsalarni qayta kashf qildim.
Sizlarga ham ilindim. Bu podkastni albatta ko'ring, fikrlar yozing, layklarni ayamang. Shu orqali bu ko'rsatuvni ko'proq auditoriyaga yetib borishiga xizmat qilgan bo'lasiz.
▶️ To'liq video — https://youtu.be/KFgptrWMAXg
@u_pulatoff
"Tanaffus" podkastining yangi soniga iqtisodiyot fanlari doktori, professor Barnogul Sanokulovani taklif qilgandik.
Aslida, Barnogul opa bilan faqatgina maktab ta'miri mavzusida gaplashmoqchi edik. Ammo mavzu avlodlar jangi, ta'limdagi eng katta xatoliklar mavzusiga ulanib ketdi.
Montaj jarayonida ham podkastni ko'rib, juda ko'p narsalarni qayta kashf qildim.
Sizlarga ham ilindim. Bu podkastni albatta ko'ring, fikrlar yozing, layklarni ayamang. Shu orqali bu ko'rsatuvni ko'proq auditoriyaga yetib borishiga xizmat qilgan bo'lasiz.
@u_pulatoff
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍18
Ulug‘bek Po‘latov
Kim bo‘ldi ekan? Bugun soat 02.30 larda Telegram akkauntimga hujum uyushtirilibdi. Yaxshiyam himoya choralarini ko‘rib qo‘ygandim, zarar yetkazisholmabdi. Katta ehtimol bilan menga tegishli bo‘lgan Telegram kanallarni yo‘q qilish maqsadida bu hujum amalga…
Har ehtimolga qarshi xalqtaliminfo.uz saytimizning xavfsizlik tizimini biroz kuchaytirdik.
Ya'ni, saytdagi ma'lumotlar qasdan o'chirib yuborilgan taqdirda ham, ushbu ma'lumotlar qo'shimcha serverlarda saqlanib qoladi.
O'zi bu xavfsizlik masalasi alohida ilm ekan.
Ha aytgancha, mabodo Telegramda yo'q bo'lib qolsam, meni xalqtalim.uz, xalqtaliminfo.uz hamda taliminfo.uz saytidan topishingiz mumkin.

👍24😁7🤔1
“Dolzarb 90 kun”
Hozir mana shu xonadagi harorat necha gradus ekan-a?
Oynalar ham salqin qiluvchi to’sqichlar bilan yopilmagan, quyosh nuri to’g’ri tushib turibdi, konditsioner yo’qligi-ku aniq.
Afsus, bolalar biz xohlaganimiz uchun shunchaki o’ynab berishyapti. Ular bizni aldoqchi ekanligimizni ko’rib katta bo’lyapti.

👍63😁12😢11🔥2🤩1
Muammoni emas, muammoni olib chiqqanlarni yo’q qilamiz
Yozishlaricha, Navoiy viloyat televideniyesida jonli efirlar to‘xtatilibdi.
Bu qaror jonli efir vaqtida (jurnalist) boshlivchi tomonidan Navoiy shahridagi zaharli tutun haqida ochiq gapirib yuborilishi ortidan qabul qilingan.
Ha, bizning tizim rahbarlari mana shunaqa ishlaydi. Imkon boricha muammoni emas, muammoni olib chiqqanlarning og'zini yopishga urinadi.
Ularning asosiy missiyasi “yuqoriga” muammoni ko'rsatmay, tezroq ko'zga yarq etib ko'rinadigan ishlarni qilib, ularga chiroyli ko'rinishdir.
Hozir jurnalist opaga qanchalik bosimlar bo’layotganini tasavvur qilyapman. Shuning uchun biz boshqaruvga kelib qolgan, mana shunaqa fikrlaydigan amaldorlardan voz kechishimiz kerak.

Telegram
Rasul Kusherbayev
❗️Навоий вилоят телевидениесида жонли эфирлар тўхтатилди
Журналист Руслан Собуровнинг маълум қилишича, бу қарор жонли эфирда ҳақиқат айтилгани ортидан қабул қилинган.
«Ҳамкасбим Рухсора Навоий шаҳридаги заҳарли тутун ҳақида жонли эфирда очиқ гапириб юборди.…

Menimcha, Zoom orqali majlis o'tkazishni ham taqiqlash kerak
O'zimizning odatiy, boshqarmalarga borib, jonli o'tkazadigan majlislarimiz yaxshiroq.
Mas'ul rahbarlardan, Zoom platformasini bloklashni kutib qolamiz))
P.S: Boshliq ovoz bilan kamerani o'chirib qo'yganman, deb o'ylagan ko'rinadi.
@u_pulatoff
O'zimizning odatiy, boshqarmalarga borib, jonli o'tkazadigan majlislarimiz yaxshiroq.
Mas'ul rahbarlardan, Zoom platformasini bloklashni kutib qolamiz))
@u_pulatoff
😁29🤣21🤩1
Forwarded from Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yangi ta’lim vaziri kim bo’ladi?
Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimidan ozod etilganiga 12 kun bo’ldi. Ammo haligacha ushbu lavozimga tayinlanadigan nomzod e’lon qilinmadi.
“Tanaffus” podkastining navbatdan tashqari tashkil etilgan sonida Kun.uz jurnalisti Dilshoda Shomirzayeva hamda ta’lim masalalari bo’yicha ekspert Komil Jalilov bilan yiqoridagi mavzuda suhbatlashdik.
▶️ To'liq video — https://youtu.be/FVUH5xSp9a4
Telegram l Instagram l YouTube
Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimidan ozod etilganiga 12 kun bo’ldi. Ammo haligacha ushbu lavozimga tayinlanadigan nomzod e’lon qilinmadi.
➖ Xo’sh, endi kim Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri bo’ladi?➖ Kimlarning nomzodi vazir lavozimi uchin ko’rib chiqilmoqda?➖ Yangi vazir ta’limda tub burilishlar qiloladimi?
“Tanaffus” podkastining navbatdan tashqari tashkil etilgan sonida Kun.uz jurnalisti Dilshoda Shomirzayeva hamda ta’lim masalalari bo’yicha ekspert Komil Jalilov bilan yiqoridagi mavzuda suhbatlashdik.
Telegram l Instagram l YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov
Yangi ta’lim vaziri kim bo’ladi? Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimidan ozod etilganiga 12 kun bo’ldi. Ammo haligacha ushbu lavozimga tayinlanadigan nomzod e’lon qilinmadi. ➖ Xo’sh, endi kim Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri bo’ladi? …
Podkastimizni shu sonini kecha, kechki payt olgandik.
Bugun ancha vaqtliroq e'lon qilishimiz kerak edi. Podkastga kelgan mehmonlarga ham va'da berib qo'ygandim.
Ammo montaj ishlari jarayonida studiyada (poytaxtning kindigida) bir necha marta tok o’chgani uchun ancha kech qoldik. Soat 21.00 da videoni tashlab berishgandi.
Uydagi internet tezligi videoni yuklashga yaramaydi, shunga ishxonada internet yaxshi ishlaydi deb, biroz avval u yerga borsam, ishxonada ham svet yo'q ekan. Xullas, rosa yugur-yugur bo’ldi))
Ilgari qishloqlarda svet o'chardi, hozir poytaxtda ham.
Demak tenglik tamoyiliga amal qilinyapti))

😁16💯9