Forwarded from Uzbektourism.uz
#live #tourism #Minsk #xalqaro_yarmarka #ОТДЫХ-2023
Madaniyat va turizm vazirligi tashabbusi bilan Belarus Respublikasi poytaxti – Minsk shahrida “O‘zbekiston madaniyati kunlari” va “O‘zbekiston turizmi kunlari” tadbirlari tashkil etilmoqda.
Vazirlik delegatsiyasi shuningdek, bugun, 13-apreldan Minskda o‘z ishini boshlagan, 25-marotaba o‘tkazilayotgan “ОТДЫХ-2023” xalqaro turizm xizmatlari ko‘rgazmasida ham o‘z stendi bilan qatnashmoqda.
Xalqaro ko‘rgazma 15-aprelgacha davom etib, unda O‘zbekistonning bir qator turistik kompaniyalari, soha tadbirkorlari va mamlakatimizdagi yirik mehmonxona brendlari o‘z xizmatlarini taqdim etadi.
Rasmiy |Telegram |Facebook|Instagram |YouTube

Forwarded from Toshkent viloyati hokimligi
#Turizm #Xalqaro_yarmarka
“IPAK YO‘LIDA TURIZM” 28-TOSHKENT XALQARO TURIZM YARMARKASIDA TOSHKENT VILOYATI HAM ISHTIROK ETMOQDA
“O‘zbekspomarkaz” Milliy ko‘rgazmalar majmuasida “Ipak yo‘lida turizm” 28-Toshkent xalqaro turizm yarmarkasiga start berilib, rasman ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
Yarmarkada barcha viloyatlar qatori, Toshkent viloyati paviloni ham oʻzining turistik mahsulotlari bilan qatnashdi. Pavilonga viloyatning turistik salohiyatiga qiziqqan mahalliy va chet ellik mehmonlar, shuningdek, soha vakillari tashrif buyurdilar.
Ilk kunning oʻzidayoq Toshkent viloyatidan 20 dan ziyod turoperatorlar va joylashtirish vositalari egalari ishtirok etdi. Shu bilan birga, xorijiy davlatlar bilan 10 dan ortiq shartnomalar imzolanishiga erishildi.
Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi 3 kun mobaynida davom etishi belgilangan.
🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter