#festival
#qadimiy_Iloq
Har yili an’anaviy ravishda o‘tkazilib kelinayotgan Iloq etnografik festivali bugun 16-mayda Ohangaron tumanining O‘rg‘oz qishlog‘ida yuqori saviyada o‘tkazildi.
Qadimiy Iloq-Shosh davlatining Qurama tog‘ etaklarida bo‘lib o‘tgan navbatdagi an’anaviy tadbirda tariximiz, milliy urf-odatlarimiz, qadriyatlarimizni tarannum etuvchi, o‘zligimizni anglatuvchi konsert dasturi, turli chiqishlar, o‘lan va laparlar, milliy sport musobaqalari hamda kuy-qo‘shiqlar o‘rin oldi.
Shuningdek, mazkur festival Iloq davlati davridan bugungi kungacha bo‘lgan tarixiy voqealar, o‘tmishdan hozirgacha takrorlanayotgan o‘zbek an’analarini so‘zlab berdi.
Ko‘tarinki ruhda o‘tkazilgan bayram Toshkent viloyati hokimligi, xalqaro “Oltin meros” jamg‘armasining viloyat bo‘linmasi, madaniyat va turizm boshqarmasi, hunarmandlar uyushmasi viloyat bo‘linmasi va qator korxona-tashkilotlar hamkorligida tashkillashtirildi.
Festivalda ommaviy axborot vositalari vakillari faol bo‘lishdi.
👉@tvturizm_madaniymeros