#turizm
#uchrashuv

Turizm sohasida faoliyat yuritayotgan Toshkent viloyati tadbirkorlari soha vakillari bilan nimaga uchrashdi?

Batafsil: https://clck.ru/enmR6

👉@tvturizm_madaniymeros
#uchrashuv
#turizm

40 million AQSH dollari miqdoridagi investitsiyaviy loyiha Ovjazsoyda amalga oshiriladi

- Bu yerning havosi hatto Shvetsariyada ham topilmaydi, deydi xorijlik hamkor ▶️ (Batafsil o'qing)

👉
@tvturizm_madaniymeros
#uchrashuv

Nurafshon shahridagi "Yoshlar" markazida Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari Jamshid Babajonov boshchiligida “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetiga kirish niyati bor yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Tegishli mutaxassisliklar bo‘yicha boshqarma mas’ul xodimi tomonidan tushunchalar berildi.

Shuningdek, universitet AQSH, Xitoy, Italiya, Singapur, Hindiston, Indoneziya, Turkiya, Rossiya, Fransiya va Kanada kabi mamlakatlarning turizm sohasidagi eng taniqli oliygohlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygani, zamon talabiga mos keladigan barcha qulayliklar mavjudligi bayon etildi.

👉 @tvturizm_madaniymeros
#uchrashuv
#tadbirkorlar

Kuni kecha Prezidentimiz rahbarligida sayyohlik salohiyatini rivojlantirish yuzasidan o‘tkazilgan videoselektorda bir qancha vazifalar belgilangan bo‘lib, Toshkent viloyatida mazkur topshiriqlarga doir ishlarni olib borish tayyorgarliklari yo‘lga qo‘yildi.

Angren shahrida o‘tkazilgan tadbir aynan turizm borasida bo‘lib o‘tgan Prezident yig‘ilishning mazmun-mohiyati, unda sohaga doir taqdim etilayotgan imkoniyatlar, tadbirkorlar uchun yo‘lga qo‘yilishi kutilayotgan qulayliklar borasida bo‘lib o‘tdi.

“Yangiobod sanatoriyasi” majlislar zalida yig‘ilgan viloyat Turizm  va  madaniy  meros  bosh  boshqarmasi xodimlari, shahar hokimligi va sektor rahbarlari, shuningdek sohada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar mamlakatimizda turizm sohasiga berilayotgan imkoniyatlar xususida fikr almashishdi.

Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan soha vakillari uchun yaratilgan barcha sharoitlar, kredit olish tartiblari va qo‘shimcha imtiyozlar borasida tushunchalar berildi.

➡️@tvturizm_madaniymeros
#uchrashuv

Parkentdagi seminar istiqbolda viloyat turizm sohasini ravnaq toptiradi

Bugun Toshkent viloyati Parkent tumanida viloyat hokimligi hamda Тоshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti hamkorligidagi uchrashuv tashkil qilindi.

Jarayonda tumanga tashrif buyuruvchi sayyohlar oqimini ko‘paytirish, ularga qulay sharoit yaratish hamda mahalliy aholining turizm sohasida faol xizmat ko‘rsatishlarini yanada rivojlantirish maqsadida tumandagi soha mutaxassislari uchun kelajakda soha rivojiga hissa qo‘shishga xizmat qiluvchi seminar-trening ham olib borildi.

Mazkur o‘quv-seminari “Mehmondo‘stlik va xizmat ko‘rsatish asoslari” mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda viloyat hokimining o‘rinbosari Jamshid Babajanov, institut rektori Ilxom Mamatqulov hamda tuman hokimi Shoxrux Shoaxmedovlar ishtirok etishdi.

➡️@tvturizm_madaniymeros