#matbuotanjumani
#presstur
Toshkent viloyatining turistik salohiyatiga qiziqqan jurnalistlar Parkent tumanida yig‘ilishdi
Viloyat hokimining turizm masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Jamshid Babajanov hamda tuman hokimi Shoxrux Shoaxmedovlar Parkentda o‘tkazilgan matbuot anjumanida OAV ning qiziqtirgan savollariga javob berishdi.
Anjumanda 2022-yil davomida olib borilgan sohaga doir islohotlar, joriy yilda bajarilishi kutilayotgan taqvim rejalar asosidagi ishlar xususida bayonot tinglandi.
Unga ko‘ra o‘tgan davr mobaynida viloyatga 2 million mahalliy, 150 ming xorijiy turistlarni jalb qilish rejalashtirilganligi, amalda esa 2 yarim million mahalliy, 300 ming xorijiy turistlar tashrif buyurgani, joriy yil bu ko‘rsatgichni 3 million mahalliy, 500 ming xorijiy turistlar soniga yetkazish rejaga kiritilgani aytildi.
Bundan tashqari, 2022-yil yangi turistik marshrutlarini tashkil etish bo‘yicha 140 ta oilaviy mehmon uyi, 15 ta xostel, 8 mehmonxona, 15 dan ortiq boshqa joylashtirish vositalari tashkil etilgani, bu ko‘rsatgichlardan yana biri Ohangaron tuman Ertoshsoy va Ovjazsoy qishloqlarida yetarli infratuzilmalar shakllantirilib, turizm qishlog‘i maqomi olinganligi qayd etildi.
Jurnalistlarning qiziqtirgan savollariga ko‘ra 3 trln investitsiya loyihalarini o‘zlashtirish natijasida 56 ta yangi turistik maskanlar faoliyati yo‘lga qo‘yilganligi, bu orqali 1000 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratilganligini ta’kidladi J.Babajanov.
Ma‘lumot o‘rnida: Bugungi kunda viloyatda jami 968 ta joylashtirish vositalari mavjud bo‘lib, bir kunda 23 468 nafar sayyohlarni qabul qilish imkoniyati bor bu ko‘rsatgichni yil yakuniga qadar 30 mingga yetkazish rejalashtirilgan.
Tumani hokimligi ham Chashma mahallasida turizm qishlog‘ini tashkil etishda salmoqli ishlar olib borilayotganini ta’kidlagan hokim, kelajakda sayyohlar oqimi sezilarli oshishiga ishonch bildirdi.
Shu o‘rinda Prezident Sh.Mirziyoyev tashabbusi bilan Parkent tumani uchun ajratilayotgan 50 mlrd so‘m mablag‘ evaziga Bo‘stonliq tumaniga bo‘lgan bosimni kamaytirish belgilanganligini alohidz ta’kidlash joiz.
Qizg‘in olib borilgan matbuot anjumani yakunida jurnalistlar tumandagi “Zamona Ra’no” dam olish maskanida bo‘lib, u yerning shifobaxsh xususiyatli o‘tlari bilan davolanishga mo‘ljallangan maskan ekanligi, shuningdek turistlarning tashrifi bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.
➡️@tvturizm_madaniymeros