#sayohat
#hordiq

Viqor bilan ko‘kka bo‘y berayotgan zabonsiz lekin qandaydir so‘zlari bor bu tog‘lar sizga gurungdosh do‘stdek go‘yo.

🏔 Bulutlarga yelka tutgan bu maskanda shunchaki yayov yursang kifoya, g‘uborlarni o‘z bag‘riga simirib oladi.

➡️ Ohangaron tumani O‘rg‘oz qishloog‘ining tarixiy tepaliklari

👉 @tvturizm_madaniymeros
#Hordiq

Qish faslida qorlar tog'da doimiydir. Bu kabi manzarada vaqtingizni issiq kofe yoki choy ichib gulxan atrofida, oilangiz, do'stlaringiz bilan o'tkazish gashtini ayni damda tasavvur qilgandirsiz.

Dam olish kunlaringiz rejasiga mana shunday manzillarni kiriting. Esda qolarli onlaringizga aylanadi.

➡️@tvturizm_madaniymeros
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#turizm
#hordiq

So‘qoqning havosidan nafas olib ulgurdingizmi. Ushbu lavhani ko‘ringda munosib vaqtni belgilab yo‘lga otlaning.

Afsuslanmaysiz! 😊

➡️
@tvturizm_madaniymeros
#turizm
#hordiq

Bo‘stonliq tumanidagi Tovoqsoy sharsharasining ovozasini Fransiya, Italiyadan eshitib kelgan sayyohlar

Xorijiy turistlar qadami tekkan Toshkent viloyatining betakror manzalari ajnabiylarning qalbidan joy olgani ularning yuzida ifoda etmoqda.

Ular tariflarni cheksiz bildirishmoqda. Haqiqiy sayohatbop go‘sha ekanligini bot-bot takrorlashmoqda.

Ayniqsa, ekstremallikni xush ko‘ruvchilar uchun bu manzillar ayni muddao.

➡️@tvturizm_madaniymeros
#piknik
#hordiq

Bugun joylarda piknik dam olish tadbirlari o‘tkazildi. Jumladan, Toshkent viloyatida ham ushbu hordiq aksiyasi mazmunli tashkil etildi.

“Toshkent dengizi”da bo‘lib o‘tgan piknik aholini ochiq havoda, tabiat qo‘ynida, xiyobonlarda dam olishga chorlash va piknik madaniyatini targ‘ib qilish, turli o‘yinlar, musobaqalar orqali sog‘lom turmush tarzini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni hamda 2023-yil 26-apreldagi PQ-135 sonli “Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosiga qaratildi.

Piknik doirasida turli o‘yinlar, sport musobaqalari ham tashkil etildi.
Ma’lumot uchun: piknik – tabiat qo‘ynida taomlanish, go‘zal manzarali joylar, ochiq havoda tashkil etilgan dam olish turidir.

➡️@tvturizm_madaniymeros