#islohotlar_amalda

Toshkent viloyatida turizm sohasi rivoji uchun istiqbolli rejalar tuzish va sohani ravnaq toptirish masalalari ko‘rilmoqda


⚡️Turizm va madaniy meros vazirligi hamda viloyat hokimligi hamkorligida viloyat tuman-shaharlarida turizm sohasini rivojlantirishga doir ishlar avj pallada.

Batafsil: https://clck.ru/32QJQh

👉
@tvturizm_madaniymeros
#turizm
#islohotlar_amalda

Yangiyo‘l shahrida bo‘lgan vazir o‘rinbosari bu yerlarning turistik salohiyatini oshirish muhimligini ta’kidladi

Turizm va madaniy meros vazirining o‘rinbosari Botirjon Shahriyorov boshchiligidagi soha mutasaddilari Yangiyo‘l shahrida bo‘lib, shahar hokimi va tegishli mas’ullar bilan birgalikda amalga oshiriladigan loyihalar, hunarmandlar faoliyati bilan tanishib o‘tdilar.

Jumladan, “Karakulduk” kanali bo‘yi va “Qovunchi tepa” madaniyati asosi bo‘lgan, madaniy meros obekti sifatida ro‘yxatga olingan tepaliklar yon-atrofini obodonlashtirish, ushbu maskanlarning infratuzilmasini yaxshilash, shuningdek mazkur hududda “turizm mahallasi”ni barpo etish va obekt manzilini turoperatorlar yo‘l haritasiga kiritish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.
Shaharda turizmni rivojlantirishga doir kelgusidagi investisiyaviy loyihalar smetasi bilan ham yaqindan tanishildi.

👉@tvturizm_madaniymeros