Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Iloq
#festival

Asriy qadriyatlarimiz bo'y cho'zgan makonda o'tkazilgan
festival "Zamon" informatsion dasturida

Batafsil:👆ushbu lavhada ko'ring

👉
@tvturizm_madaniymeros
#festival
#off_road


11-14-avgust kunlari Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida “XV-xalqaro off road festivali” bo‘lib o‘tadi

Turizm va madaniy meros vazirligi hamda “Pokatushki klub Uzbekistan” klubi hamkorligida o‘tkazilishi kutilayotgan ushbu festivalda avtomobillar paradi tashkil qilinadi.

Ma'lumot uchun: Off road turizm — faol dam olish va sport turizmi shakllaridan biri bo‘lib, unda har xil turdagi to‘liq g‘ildirakli kuchlanishiga ega bo‘lgan yo‘ltanlamas va boshqa vositalardagi sayohatlar tushuniladi.

👉
@tvturizm_madaniymeros
#festival

“Welcome to Bustanlik” taomlar festivali qizg‘in pallada

📌Jarayonni fotolavhalarda kuzating

👉@tvturizm_madaniymeros
#festival

“Welcome to Bustanlik” xalqaro milliy taomlar festivali yakunlariga ko‘ra taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi

Batafsil:
https://clck.ru/sZ4TM

👉
@tvturizm_madaniymeros
#festival
#off_road

11-17-avgust kunlari Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida “XV-xalqaro off road festivali” o'tkazilmoqda.

Turizm va madaniy meros vazirligi hamda “Pokatushki klub Uzbekistan” klubi hamkorligida o‘tkazilayotgan ushbu festivalda avtomobillar paradi tashkil qilindi.

Ma'lumot uchun: Off road turizm — faol dam olish va sport turizmi shakllaridan biri bo‘lib, unda har xil turdagi to‘liq g‘ildirakli kuchlanishiga ega bo‘lgan yo‘ltanlamas va boshqa vositalardagi sayohatlar tushuniladi.

👉@tvturizm_madaniymeros
#festival

“Welcome to Bustanlik” taomlar festivali qiziqarli taassurotlarga boy bo‘ldi

👉👉https://youtu.be/aRAyu_cje_g

Ushbu lavha qiziqarli kadrlar va nominasiyalar bo‘yicha g‘oliblarni namoyish etadi.

👉@tvturizm_madaniymeros
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#festival

🔰 “Welcome to Bustanlik” gastronomik festival “Nurafshon TV” telekanali nigohida

👉@tvturizm_madaniymeros
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#festival

“WeIcome to Bustanlik” xalqaro milliy taomlar festivali tassurotlarga boy bo‘ldi.

Turizm va madaniy meros vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi hamkorligida o‘tkazilgan ushbu tadbir OAV da keng yoritildi.

👉 @tvturizm_madaniymeros
#festival

7-8-oktyabr kunlari qadimiy shahar Samarqandda Xalqaro gastronomik
festival bo‘lib o‘tadi

Mazali oʻzbek taomlari va milliy ta’mlarining ishqibozlari uchun oʻtkazildigan ikki kunlik tadbirda xorijiy davlatlar, shuningdek, O‘zbekistonning 14 viloyatidan kelgan oshpazlar jamoalari, jumladan Toshkent viloyati mohir oshpazlari hamda xorijiy mamlakatlardan kelgan sayyohlarga xizmat ko‘rsatuvchi umumiy ovqatlanish tarmoqlarining yetakchi oshpazlari ishtirok etadi.

Mamlakatimizning gastronomik salohiyatini ommalashtirish, gastronomik turizm sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, milliy pazandalik an’analarini targ‘ib qilish orqali sayyohlar oqimini ko‘paytirishga xizmat qiladigan mazkur tadbir Turizm va madaniy meros vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi va O‘zbekiston oshpazlar uyushmasi hamkorligida tashkil etilmoqda.

Eng yaxshi taomlar mualliflari qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadilar.

👉@tvturizm_madaniymeros
Forwarded from Uzbektourism.uz
#Hindiston #turizm #festival

Hindistondagi xalqaro festivalda Oʻzbekiston turizm salohiyati va madaniyati namoyish etilmoqda
https://uzbektourism.uz/news/view?id=2628

На международном фестивале в Индии демонстрируется туристический потенциал и культура Узбекистана
https://uzbektourism.uz/ru/news/view?id=2628

Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Rasmiy |Telegram |Facebook|Instagram |YouTube
#festival
#baxshichilik

III Xalqaro baxshichilik san’ati festivali Sirdaryoda o‘tkazilmoqda

➡️
@tvturizm_madaniymeros
#festival
#baxshichilik

6-8-may
kunlari Sirdaryo viloyatida III Xalqaro baxshichilik san’ati festivali bo‘lib o‘tmoqda.
Mahalliy va xorijiy ishtirokchilar tomonidan yuqori saviyada o‘tkazilayotgan mazkur tadbirda baxshi, oqin, jirov va maqom san’atiga oid turli ko‘rgazmalar, milliy sozlar va liboslar, hunarmandchilik buyumlari, tasviriy va amaliy san’at asarlari, haykaltaroshlik namunalari, badiiy va hujjatli filmlar, audio va video kitoblar, fotosuratlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Shuningdek, festival doirasida «Guliston istirohat bog‘i»ga yondosh Alisher Navoiy ko‘chasi bo‘ylab milliy va jahon taomlari, mamlakatimizning gastronomik turizm salohiyatini aks ettiruvchi ko‘rgazma ham tashkil etilgan.

Bu yerda turli viloyatlardan kelgan mohir pazandalar o‘z hududlarining tansiq taomlarini tayyorlash jarayonini namoyish qilayotir. Xususan, o‘zining stellosini o‘rnatib, tadbirda faol qatnashayotgan Toshkent viloyati ham gastronomik turizm salohiyatini hamda san’atimizning milliy turlarini namoyish etmoqda.

Unutilmas lahzalar va taassurotlarga boy bo‘layotgan Xalqaro festival qizg‘in davom etib,  unda OAV vakillari ham ishtirok etmoqda.

➡️@tvturizm_madaniymeros
#festival
#qadimiy_Iloq

Har yili an’anaviy ravishda o‘tkazilib kelinayotgan Iloq etnografik festivali bugun 16-mayda Ohangaron tumanining O‘rg‘oz qishlog‘ida yuqori saviyada o‘tkazildi.

Qadimiy Iloq-Shosh davlatining Qurama tog‘ etaklarida bo‘lib o‘tgan navbatdagi an’anaviy tadbirda tariximiz, milliy urf-odatlarimiz, qadriyatlarimizni tarannum etuvchi, o‘zligimizni anglatuvchi konsert dasturi, turli chiqishlar, o‘lan va laparlar, milliy sport musobaqalari hamda kuy-qo‘shiqlar o‘rin oldi.

Shuningdek, mazkur festival Iloq davlati davridan bugungi kungacha bo‘lgan tarixiy voqealar, o‘tmishdan hozirgacha takrorlanayotgan o‘zbek an’analarini so‘zlab berdi.

Ko‘tarinki ruhda o‘tkazilgan bayram Toshkent viloyati hokimligi, xalqaro “Oltin meros” jamg‘armasining viloyat bo‘linmasi, madaniyat va turizm boshqarmasi, hunarmandlar uyushmasi viloyat bo‘linmasi va qator korxona-tashkilotlar hamkorligida tashkillashtirildi.

Festivalda ommaviy axborot vositalari vakillari faol bo‘lishdi.

👉@tvturizm_madaniymeros
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM