TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.82K subscribers
8.34K photos
913 videos
10 files
6.7K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
Download Telegram
Президент Шавкат Мирзиёев бугунги видеоселектор йиғилиши аввалида коронавирус инфекциясига қарши кураш доирасида мамлакатимизда амалга оширилаётган ишларга яна бир бор алоҳида тўхталиб ўтди.
- Биз пандемия билан боғлиқ жараёнларнинг изидан қувиб эмас, балки унинг барвақт олдини олиш учун бор куч ва имкониятларимизни ва барча ресурсларимизни сафарбар этишимиз зарур, - деди, жумладан, давлатимиз раҳбари.

Президент Шавкат Мирзиёев в начале сегодняшнего видеоселекторного совещания вновь отдельно остановился на проводимой работе в рамках борьбы с коронавирусной инфекцией.
- Мы не должны идти вслед за процессами, связанными с пандемией, а мобилизовать все силы и возможности, имеющиеся ресурсы на их раннее предупреждение, - отметил, в частности, глава государства.

#Mirziyoyev #videoselektor #pandemiya #tahlil

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
▪️Xato va kamchiliklar o‘rganilganda▪️

⚜️ Davlat kadastrlari palatasi markaziy apparati xodimlarning oylik maoshlarini qonun doirasida oshirilib borilishi ta’minlash hamda ularning maoshlari o‘z vaqtida yetkazilishini nazorat qilib borish maqsadida muntazam ravishda hududiy boshqarmalarning faoliyati, ijro intizomi, iqtisodiy ko‘rsatkichlari yutuq va kamchiliklarini o‘rganib, tahlil qilib bormoqda.

◻️ So‘nggi o‘rganish va tahlillarga ko‘ra, Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasida bir qator kamchiliklar aniqlangan. Boshqarma tomonidan 2022 yilning yanvar-aprel oylari davomida xodimlarga berilgan oylik ish haqlari, ustamalar, mukofot va rag‘batlantirish to‘lovlarni qonunda belgilanmagan tartibda hisoblanishi natijasida jiddiy iqtisodiy xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi qayd etilgan.

◻️Qayd etish muhimki, o‘z yo‘nalishida mutaxassislar tomonidan yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar - boshqarma va filiallarda xodimlar o‘rtasida tushunmovchiliklar, iqtisodiy ko‘rsatkichlarida esa kichik inqirozlarni keltirib chiqarishi mumkin.

Toshkent viloyati boshqarmasida yuqoridagi xatoliklarni keltirib chiqarganlarga nisbatan “hayfsan” intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi.

◻️Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparati noqonuniy xatti harakatlarga barham berish hamda hududiy boshqarmalar faoliyati mo‘tadilligini saqlash uchun muntazam ravishda ana shunday o‘rganishlar va tekshiruvlarni amalga oshirib borishda davom etadi...

#DavKadastrPalata #Toshkent_viloyati #tahlil

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
#tahlil #VM_71

⚡️Toshkent viloyatida yer uchastkalarini xususiylashtirish ahvoli qanday ?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14.02.2022 yildagi 71-son qaroriga asosan Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasiga jismoniy va yuridik shaxslardan yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha jami 2746 ta ariza kelib tushgan. Shundan

🔹855 ta arizaga ijobiy xulosa berilgan va mazkur yer uchastkalari xususiyshtirilgan;
🔹1876 ta ariza rad etilgan;
🔹15 ta ariza hozirda jarayonda qolmoqda.

Arizalarning rad etilish sabablari asosan yerga bo‘lgan huquqni mavjud emasligi, o‘zboshimchalik bilan egallangan yerlarni xususiylashtirish masalasi, davlat orderi asosida (kottedj tipidagi) uylar (kvartiralar) egalari va muhofaza zonalarida joylashgan obyektlar bo‘lmoqda.

📌Maʼlumot qaror kuchga kirgan sanadan boshlab bugungi kun holatiga

Каналга уланиш: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#tahlil
⚡️Barcha masʼullardan masuʼliyatli bo‘lish talab etiladi

Bugun Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i hamda barcha hududiy filial rahbarlari ishtirokida amaliy ishlar sarhisobiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, jarayondagi arizalarni yakunlash, onlayn hujjatlar aylanmasida yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar muhokama etildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 21.11.2023-yildagi 41-sonli yig‘ilish bayonida ko‘rsatilgan topshiriqlar ijrosi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama etilib, tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Yig‘ilish so‘nggida barcha masʼullarni o‘z xizmat faoliyatini masʼuliyat bilan bajarishi lozimligi, ijroda kamchilikka yo‘l qo‘yganlarga nisbatan keskin choralar ko‘rilishi taʼkidlandi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM