TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.84K subscribers
8.3K photos
909 videos
10 files
6.67K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
Download Telegram
#seminar #UzKad

⚡️«UzKad» platformasiga kiritilayotgan yer maydonlari tahlili

Bugun Davlat kadastrlari palatasi bo‘limi boshlig‘i F.Niyozov Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasida tashkil qilingan shtabga tashrif buyurib, «UzKad» dasturiga yerlarni hisobga olish hamda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha seminar yig‘ilishi o‘tkazdi.

Seminar davomida masʼullar boshchiligida ва hududiy filial rahbarlari ishtirokida ZOOM platformasi orqali yig‘ilish tashkil etilib, davlat yer kadastrini yuritish bo‘yicha amaldagi qonun ва qarorlar asosida ish tashkil etish vа yer hisobini har bir yerdan foydalanuvchilar kesimida yer turlari asosida to‘g‘ri yuritish bo‘yicha tegishli ko‘rsatma ва topshiriqlar berildi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#seminar #PQ_57_son

⚡️Aholiga quyosh panellari orqali ishlab chiqarilgan elektr energiyasi uchun subsidiya beriladi

Bu haqda prezident tomonidan qabul qilingan PQ–57-sonli qarorida nazarda tutilgan. Hujjatga koʻra, 1 apreldan respublika hududlarida aholi xonadonlariga quyosh panellarini oʻrnatish boʻyicha “Quyoshli xonadon” dasturi amalga oshiriladi. Kichik quvvatli quyosh panellarini 37 ming aholi xonadonlariga oʻrnatish rejalashtirilgan.

2023 yil 1 apreldan 100 kVgacha quvvatli energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatgan jismoniy va yuridik shaxslar 3 yilga quyidagilardan ozod etiladi:

🔹qurilmalar bo‘yicha mol-mulk solig‘i
🔹qurilmalar bilan band uchastka bo‘yicha yer solig‘i
🔹yuridik shaxslar ishlab chiqarish sotgan elektr uchun foyda solig‘i

Mazkur qaror mazmun-mohiyati yuzasidan boshqarma xodimlari uchun maxsus o‘quv-seminari tashkil etildi. Sеminarda qaror bilan belgilangan imkoniyatlardan keng foydalanish bo‘yicha tushunchalar berildi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#kadastr_notarius #seminar

⚡️KADASTR VA NOTARIUS HAMKORLIGI

▪️Bugun Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasida soha mutahassislari va Notarial tashkilotlar ishtirokida seminar-uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

▪️Seminar davomida notarial harakatlarni amalga oshirishda yuzaga kelayotgan muammo va kamchiliklarni oldini olish va kelgusida ularga yo‘l qo‘ymaslik borasida fikr almashildi.

▪️Bundan tashqari, sohada mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan qonunchilik va sohani takomillashtirish bo‘yicha mutaxassislar takliflari tinglandi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#seminar #korrupsiyagaqarshi

⚡️Korrupsiyaga qarshi kurashish – davr talabi

Jamiyatda shunday illatlar borki, u maʼlum bir sohaga emas, balki butun jamiyat taraqqiyotiga to‘g‘onoq bo‘ladi. Davlatni ich-ichidan yemiradigan ana shunday illat – korrupsiya va poraxo‘rlikdir.

Bugun Toshkent viloyati Adliya boshqarmasi maʼmuriy binosida Toshkent viloyati Hokimligi, Prokuratura, Ichki ishlar, Sud, Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmalari hamkorligida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qo‘shma seminari bo‘lib o‘tdi.

Seminarda mansab vakolatini suisteʼmol qilish, korrupsiyaga qarshi kurashish, uning oldini olishga qaratilgan ishlar hamda 2023 yil 2-yarim yillikdagi ustuvor vazifalar to‘g‘risida so‘z bordi.

Seminar davomida eng ko‘p yo‘l qo‘yilayotgan korrupsion holatlar, unga sabab bo‘luvchi omillar hamda ish jarayonida yuzaga kelayotgan muammoli vaziyatlar to‘g‘risida so‘z yuritildi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#seminar #UzKad

⚡️"UzKad" platformasiga kirtilayotgan yer maydonlari tahlili

Bugun Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi masʼullari boshchiligida va hududiy filial xodimlari ishtirokida Davlat yer kadastrini yuritish bo‘yicha “UzKad” dasturiga kiritilgan yer fondi toifalarining kichik yer turlari bo‘yicha huquqiy hujjatlarga asosan qayta ko‘rib chiqish va yer hisoboti bilan bir xilligini taʼminlashga doir seminar yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilish davomida davlat yer kadastrini yuritish bo‘yicha amaldagi qonun ва qarorlar asosida ish tashkil etish va yer hisobini har bir yerdan foydalanuvchilar kesimida yer turlari asosida to‘g‘ri yuritish bo‘yicha tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#seminar

⚡️Jamoatchilik bilan aloqalar – davr talabi !

Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi markaziy apparati xodimlari va respublikaning barcha tuman, shahar filiallari rahbarlari hamda agentlik tizim tashkilotida Jamoatchilik bilan aloqalar yo‘nalishida faoliyatga mas‘ullar uchun “Davlat organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta‘minlashda jamoatchilik bilan aloqalar texnologiyalari” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Mazkur seminar -treningda Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Toshkent viloyati boshqarmasi hamda hududiy bo‘lim-filal rahbarlari ham ishtirok etib, o‘z bilim va malakalarini oshirib qaytishdi.

Uch kun davom etgan trening davomida jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikni taʼminlash xizmatlari faoliyatini takomillashtirish: islohotlar, muammolar va ularning yechimlari hamda ommaviy axborot vositalari bilan ishlash, kamera hamda jamoatchilik qarshisida o‘zini erkin tutish va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha ko‘plab nazariy hamda amaliy bilimlar berildi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar #UzKad

⚡️"UzKad" platformasiga kirtilayotgan yer maydonlari tahlili

Bugun Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi masʼullari boshchiligida va hududiy filial xodimlari ishtirokida Davlat yer kadastrini yuritish bo‘yicha “UzKad” dasturiga kiritilgan yer fondi toifalarining kichik yer turlari bo‘yicha huquqiy hujjatlarga asosan qayta ko‘rib chiqish va yer hisoboti bilan bir xilligini taʼminlashga doir seminar yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilish davomida davlat yer kadastrini yuritish bo‘yicha amaldagi qonun ва qarorlar asosida ish tashkil etish va yer hisobini har bir yerdan foydalanuvchilar kesimida yer turlari asosida to‘g‘ri yuritish bo‘yicha tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#seminar

⚡️Elektron hujjatlar aylanmasi - ijro intizomini mustahkamlaydi!

Bugun “UNICON-SOFT” MCHJ masʼul xodimi tomonidan boshqarma hamda hududiy bo‘limlar xodimlari uchun elektron hujjatlar aylanmasi yangi tizimining ishlash tartibi yuzasidan seminar tashkil etildi.

Seminarda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarma boshlig‘i ham ishtirok etib, texnik taraqqiyotning rivojlanib borishi natijasida, qog‘ozbozlik davridan yangi raqamli hujjatlar dunyosiga o‘tish munosabati bilan hujjatlar bilan ishlash yana-da yengillashganini va edo.ijro.uz barcha tashkilotarda nazorat kartotekalarini yuritish, hisobotlarni shakllantirish bilan birga ijro intizomini mustahkamlash uchun mos tizim ekanligini taʼkidlab o‘tdi.

Seminar davomida tizimdan foydalanish tartibi batafsil tushuntirilib, seminar ishtirokchilarini qiziqtirgan savollariga javob berildi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar #VM_71

⚡️Yer uchastkasini xususiylashtirish bu - yer xususiy mulk degani.

Bugun Davlat kadastrlari palatasi toshkent viloyati boshqarmasida Davlat kadastrlari palatasi markaziy apparati ishchi guruh xodimlari tomonidan Vazirlar mahkamasining 71-son qarori ijrosi yuzasidan
seminar yig‘ilishi o‘tkazildi.

Seminar davomida masʼullar boshchiligida vа hududiy filial rahbarlari ishtirokida ZOOM platformasi orqali yig‘ilish tashkil etilib, yerlarni auksionga chiqarishda amaldagi qonun vа qarorlar asosida ish tashkil etish yerlarni xususiylashtirishda yuzaga kelayotgan muammolar o‘rganilib ularning yechimi borasida tegishli tavsiyalar berildi vа taʼkidlandiki yer uchastkalarini xususiylashtirishda hech qanday xatoga yo‘l qo‘yish mumkin emas chunki xususiylashtirilgan yer bu - xususiy mulk degani.

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar #xotin_qizlar

⚡️Oila tinchligi - mehnat samaradorligi garovi !

Bugun Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasida Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi mutasaddilari ishtirokida tizimda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarning oilalarida maʼnaviy-axloqiy muhitni o‘rganish va yaxshilash, muammolarini o‘z vaqtida aniqlash yuzasidan "Oilaning tinch-totuvligi - mehnat samaradorligi garovi" mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Seminar davomida xotin-qizlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda ekstremizmga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirish yuzasidan davra suhbati tashkillashtirilib, Toshkent viloyati oila va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mutaxassis hamda viloyat Xalq taʼlimi psixologi tomonidan oilada hamda ish faoliyati davomida uchraydigan muammoli vaziyatlar va ularning yechimlari yuzasidan maslahatlar berildi.

Seminar so‘nggida mutasaddilar tomonidan soha ayollarining murojaatlari tinglanib, takliflari ko‘rib chiqish uchun tegishli tartibda qabul qilindi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#seminar #xotin_qizlar

⚡️Ayol qalbi, yuragida buyuk fidoyilik mujassam !

Iloji boricha, ayollarimizning dardini, tashvishlarini sevinch yoshiga, g‘alaba yoshiga, muvaffaqiyat yoshiga, natija yoshiga aylantirishga hammamiz birgalikda harakat qilamiz. Bitta qiz farzandni o‘qitsangiz — butun oilani o‘qitgan bo‘lasiz, deb ota-bobolarimiz bejiz aytishmagan.

Sh.Mirziyoyev

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar #UzKad

⚡️Milliy yer hisoboti tuzilishiga tayyorgarlik ishlari

Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi masʼullari boshchiligida va hududiy filial xodimlari ishtirokida “UzKad” dasturiga kiritilgan yer maydonlarini xisobga olishda amaldagi qonun va qarorlar asosida ish tashkil etish va yer hisobini har bir yerdan foydalanuvchilar kesimida yer turlari asosida to‘g‘ri yuritilishini taʼminlashga doir seminar yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilish davomida Yer hisobini yurituvchi mutaxassilarga “UzKad” dasturida rollari bo‘yicha kelib tushayotgan arizalar tahlil qilinib, ularni belgilangan muddatlardan kechiktirmagan holda ko‘rib chiqish lozimligi taʼkidlandi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslarining holati to‘g‘risidagi 2024-yil 1-yanvar holatiga tuziladigan Milliy yer hisobotni tuzishga tayyorgarlik ko‘rish va ma‘lumotlarni tayyorlash bo‘yicha tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#korrupsiyagaqarshi #seminar

⚡️Korrupsiyaga qarshi kurash va manfaatlar to‘qnashuvi

Bugun Adliya vazirligining masʼul xodimlari tomonidan Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmalari xodimlari uchun "Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari" mavzusida seminar uchrashuv tashkil etildi.

Mazkur uchrashuvda tashkilot va idoralarda korrupsion jinoyatlar, hokimiyat yoki mansab vakolatini suisteʼmol qilish, manfaatlar to‘qnashuvi, murojaatlar to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini buzish hamda ularning oqibatlari yuzasidan huquqiy tushunchalar berildi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda #korrupsiyagaqarshi #seminar

⚡️Korrupsiyaga qarshi kurash yuzasidan o‘tkazilgan seminar tafsilotlari

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#UzKad #seminar

⚡️Yer hisobini yuritish ishlari tahlil qilindi


Bugun Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi masʼullari boshchiligida va hududiy filial xodimlari ishtirokida Davlat yer kadastrini yuritish ishlarini tahlil etish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig'ilishda 2024-yil 1-yanvar holatiga yer hisobotini tasdiqlash va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-oktabrdagi VM-578-sonli qarori mazmun-mohiyati haqida so'z bordi.

Bundan tashqari, bu borada amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, yer hisobini har bir yerdan foydalanuvchilar kesimida yer turlari asosida to‘g‘ri yuritish bo‘yicha tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Toshkent viloyati yer maydonlarining elektron yer hisoboti yaratilmoqda

Ayni kunlarda Toshkent viloyatining 22 ta tuman shaharlarda jami 1 mln 514 ming gektar yer maydonlarini "YER HISOBOT AAT" tizimiga kiritish ishlari amalga oshirilmoqda.

✔️Bu esa yer hisobotini elektron shaklda yuritish imkonini beradi.

Bunda Davlat kadastrlari palatasining hududiy filiallaridagi yer hisobini yurituvchi mutaxassislar tomonidan yer fondi toifalari, turlari va ulardagi o‘zgarishlar, yer uchastkalarining o‘rni va maydonlari, shuningdek yer egalari, ijarachilar va ular o‘rtasida yerning taqsimlanishi to‘g‘risidagi maʼlumotlar "YER HISOBOT AAT" dasturiga kiritilmoqda.

🤔Bugungi kun kun holatiga Toshkent viloyatida jami 1 mln 514 gektar yer maydonlaridan 670 ming gektar (44%) yer maydonlari "YER HISOBOT AAT" tizimiga kiritilishi taʼminlandi.

Bundan tashqari, mutaxassislar tomonidan filiallarda yer hisobotiga tegishli barcha maʼlumotlarni arxivlarda sifatli saqlash, “Uzkad” axborot tizimdagi yer balansi rolidagi jarayonlarni muddatida ijrosini taʼminlash bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

#seminar #UzKad
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Yangi Qonun yuzasidan huquqiy seminarlar tashkil etilmoqda

Maʼlumki, O‘zbekiston Respublikasining 05.08.2024 yildagi “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi O‘RQ-937-sonli Qonuni e‘lon qilinganidan so‘ng keng jamoatchilikka targ‘ib qilish ishlari jadallik bilan amalga oshirilib kelinmoqda.

Bu borada mutaxassislar bilimlarini oshirish va tegishli ko‘nikmalar shakllantirish maqsadida boshqarma xodimlari ishtirokida Qonun mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv-seminari tashkil etildi.

Seminar davomida, amaliyotda uchrashi mumkin bo‘lgan holatlar muhokama qilinib, mutaxassislarning Qonun bo‘yicha berilgan savollariga tushunchalar berib o‘tildi.

#OʼRQ_937 #seminar
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e‘tirof etish axborot tizimi - “EʼTIROF” AAT dasturi yuzasidan amaliy seminar tashkil etildi.

#OʼRQ_937 #seminar
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e‘tirof etish axborot tizimi - “EʼTIROF” AAT dasturi yuzasidan tashkil etilgan amaliy seminar tafsilotlari Nurafshon TV dasturlarida

#OʼRQ_937 #seminar #OAV_biz_haqimizda
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram