Forwarded from Kadastr - Live
#21ta_kadastr
Davlat yer kadastri Davlat kadastrlari yagona tizimining asosiy tarkibiy qismi hisoblanib, u yerlarning tabiiy, xo‘jalik, huquqiy rejimi, toifalari, sifat xususiyatlari va qimmati, yer uchastkalarining o‘rni va o‘lchamlari, ularning yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar va mulkdorlar o‘rtasidagi taqsimoti to‘g‘risidagi ma'lumotlar hamda hujjatlar tizimidan iboratdir.
Davlat yer kadastri (faqat aholi yashash joylari) Davyergeodezkadastr qo`mitasi tomonidan yuritiladi.
(2019 yil holatiga)
Jami obyektlar soni: 7 435 261 ta
Shundan Davlat kadastrlari yagona tizimiga (DKYT) kiritilganlas soni: 6 492 352 ta
Umumiy shakllantirilganligi: 87%
Davlat yer kadastri yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini, yerlarning miqdori va sifatining hisobga olinishini, tuproq bonitirovkasini, yerlarning qiymat bahosini, shuningdek yer kadastriga doir axborotlar bir tizimga solinishi, saqlanishi va yangilab turilishini o‘z ichiga oladi.

Aloqa ob'yektlari davlat kadastri (AODK) «Davlat kadastrlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq yuritiladi.
Quyidagilar AODK ob'yektlari hisoblanadi:
xalqaro, shaharlararo, viloyat va tuman ahamiyatiga ega bo‘lgan telefon-telegraf stansiyalari, shu jumladan turg‘un aloqa asbob-uskunalari va magistral liniyalari;
aloqaning tarmoq uzellari;
shahar aloqa telefon uzellari, shu jumladan stansiyalari va liniya inshootlari;
tuman telekommunikatsiya uzellari, shu jumladan stansiya asbob-uskunalari, hududiy va qishloq liniya inshootlari;
aloqa radiorele liniyalari stansiya va inshootlari;
yo‘ldoshli aloqa stansiyalari;
qabul qilish — uzatish radiostansiyalari;
ko‘chma ob'yektlarga ega bo‘lgan quruqlikdagi radioaloqa stansiyalari (shaxsan radiochaqiruv, radial tizimlar, uyali telefonlar);
radiotelevizion stansiyalar va rentranslyatorlar;
simli eshittirish stansiyalari va tarmoqlari;
pochta va maxsus aloqa ob'yektlari.
Aloqa ob'yektlari davlat kadastri O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan yuritiladi.
(2019 yil holatiga)
Jami obyektlar soni: 12 337 ta
Shundan Davlat kadastrlari yagona tizimiga (DKYT) kiritilganlar soni: 12 337 tani tashkil etadi

Avtomobil yo’llari davlat kadastri (AYDK) - bu avtomobil yo`llari ob’ektlari, ularning jug`rofiy holati, huquqiy maqomi, miqdor va sifat tavsiflari va iqtisodiy baholash to`g`risidagi yangilanib turiladigan ishonchli axborot tizimi. AYDK Davlat kadastrlari yagona tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi hamda avtomobil yo`llari ob’ektlarini hisobga olish va ularning holatini baholash maqsadida yuritiladi. Mavjud bo`lgan va qurilayotgan avtomobil yo`llari, maxsus inshootlar hamda O`zbekiston Respublikasi hududida joylashgan avtomobil yo`llarining boshqa obyektlari AYDK obyektlari hisoblanadi.
Avtomobil yo’llari davlat kadastri Avtomobil yo’llari davlat qo‘mitasi tomonidan yuritiladi.
(2019 yil holatiga)
Jami obyektlar soni: 184 039 ta
Shundan Davlat kadastrlari yagona tizimiga (DKYT) kiritilganlar soni: 42 695 tani tashkil etadi

O‘zbekiston Respublikasining «Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq belgilangan xavfli ishlab chiqarish obyektlarida ro‘y berishi mumkin bo‘lgan texnogen hodisalar (yong‘inlar, portlashlar, xavfli zararli moddalarni tashqariga chiqarish, binolar, inshootlar, texnik qurilmalar va shu kabilar) zonalari hamda:
-radioaktiv moddalar va materiallar ishlab chiqariladigan, ulardan foydalaniladigan, ular qayta ishlanadigan, hosil bo‘ladigan, saqlanadigan, tashiladigan, yo‘q qilib tashlanadigan obyektlar;
-barcha turdagi sanoat elektr qurilmalari qo‘llanadigan obyektlar;
-gidrotexnika inshootlaridan, shu jumladan yirik korxonalar chiqindixonalari va tindirgichlaridan foydalaniladigan obyektlar;
-ionli nurlanishlar manbalaridan foydalaniladigan obyektlar;
-favqulodda vaziyatlarga (suv, gaz, issiqlik va elektr energiyasi ta'minotining to‘xtab qolishiga, uy-joy massivlarini suv bosishiga, kanalizatsiya va suvni tozalash tizimlarining ishdan chiqishiga) olib keluvchi buzilishlar (zararlanishlar) sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan obyektlar Texnogen xavf yuqori bo‘lgan zonalar Davlat kadastri obyektlari hisoblanadi.
Texnogen xavf yuqori bo‘lgan zonalar Davlat kadastri Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Yadro fizika instituti, Favqullotda vaziyatlar vazirliklari tomonidan yuritiladi.
(2019 yil holatiga)
Jami obyektlar soni: 10 875 ta
Shundan Davlat kadastrlari yagona tizimiga (DKYT) kiritilganlar soni: 1 291 tani tashkil etadi.

Kartografiya-geodeziya davlat kadastri - bu Kartografiya-geodeziya davlat kadastri obyektlari to`g`risidagi, O`zbekiston Respublikasi hududi to`g`risidagi kartografiya-geodeziya ma’lumotlari, bajariladigan geodeziya, topografiya va kartografiya ishlari to`g`risidagi, shu jumladan ularning miqdor va sifat tavsiflari to`g`risidagi yangilab boriladigan ishonchli axborotlar tizimidir.
Kartografiya-geodeziya davlat kadastri O’zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo’mitasi tomonidan yuritiladi.
(2019 yil holatiga)
Jami obyektlar soni: 115 616 ta
Shundan Davlat kadastrlari yagona tizimiga (DKYT) kiritilganlar soni: 103 811 tani tashkil etadi.

Temir yo’llari davlat kadastri (TYDK) - bu temir yo`llar obyektlari, ularning jug`rofiy holati, huquqiy maqomi, miqdor va sifat tavsiflari va iqtisodiy baholash to`g`risidagi yangilanib turiladigan ishonchli axborot tizimi.
TYDK DKYTning tarkibiy qismi hisoblanadi hamda temir yo`llar obyektlarini hisobga olish va ularning holatini baholash maqsadida yuritiladi.
Mavjud bo`lgan va qurilayotgan temir yo`llar, stansiyalar hamda O`zbekiston Respublikasi hududida joylashgan temir yo`llarning boshqa obyektlari TYDK obyektlari hisoblanadi.
Temir yo’llari davlat kadastri "O`zbekiston temir yo`llari" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan yuritiladi.
(2019 yil holatiga)
Jami obyektlar soni: 5 243 ta
Shundan Davlat kadastrlari yagona tizimiga (DKYT) kiritilganlar soni: 5 149 tani tashkil etadi.