TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.79K subscribers
8.35K photos
913 videos
10 files
6.7K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
Download Telegram
#bilasizmi #kadastr_xizmati #VM_71

⚡️Yer uchastkalari auksion savdolariga qanday mulk huquqi asosida chiqariladi ?

🔹Hududlar va aholi punktlari, ularni rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish to‘g‘risidagi hamda ularni qurish haqidagi tasdiqlangan hujjatlar mavjud bo‘lganda yer uchastkalari auksionga mulk huquqi bilan chiqariladi.

🔹Hududlar va aholi punktlari, ularni rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish to‘g‘risidagi hamda ularni qurish haqidagi tasdiqlangan hujjatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, yer uchastkalari auksionga faqat ijara huquqi bilan chiqariladi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#bilasizmi #huquq #VM_71

⚡️Nafaqat binoga, balki yeriga ham egalik qiling !

Avvallari bino o‘zingizga tegishli bo‘lib, uning yeri esa tegishli bo‘lmagan.

Endilikda jismoniy va yuridik shaxslar endilikda yer uchastkalarini xususiylashtirishlari mumkin bo‘ldi. Buning uchun
💻 DXM yoki my.gov.uz portali orqali ariza beriladi.

📋Ariza Kadastr agentligi va Qurilish bo‘limlariga xususiylashtirishga monelik qilmaydigan barcha tomonlar tekshirilishi uchun yo‘naltiriladi.

📨Tekshiruvlardan o‘tgach fuqaroga to‘lovni amalga oshirish, yaʼni xususiylashtirish haqida xabarnoma yuboriladi.

📑Xabarnoma orqali xususiylashtirish uchun to‘lovni amalga oshiradi va davlat orderiga ega bo‘ladi.

✍️Kadastr organlari tomonidan mulk huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#seminar #VM_71

⚡️Yer uchastkasini xususiylashtirish bu - yer xususiy mulk degani.

Bugun Davlat kadastrlari palatasi toshkent viloyati boshqarmasida Davlat kadastrlari palatasi markaziy apparati ishchi guruh xodimlari tomonidan Vazirlar mahkamasining
71-son qarori ijrosi yuzasidan seminar yig‘ilishi o‘tkazildi.

Seminar davomida masʼullar boshchiligida vа hududiy filial rahbarlari ishtirokida ZOOM platformasi orqali yig‘ilish tashkil etilib, yerlarni auksionga chiqarishda amaldagi qonun vа qarorlar asosida ish tashkil etish yerlarni xususiylashtirishda yuzaga kelayotgan muammolar o‘rganilib ularning yechimi borasida tegishli tavsiyalar berildi vа taʼkidlandiki yer uchastkalarini xususiylashtirishda hech qanday xatoga yo‘l qo‘yish mumkin emas chunki xususiylashtirilgan yer bu - xususiy mulk degani.

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #huquq #VM_71

⚡️O‘zingizga tegishli yerni xususiylashtirishingiz mumkin !

Jismoniy va yuridik shaxslar o‘zlariga tegishli (qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan) yer uchastkalarini xususiylashtirilishi yuzasidan tegishli qonun va hukumat qaroriga ko‘ra,

🔹Fuqarolar o‘zlariga tegishli ko‘chmas mulkning yer uchastkasini kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish orqali xususiylashtirib olishi mumkin bo‘ladi.

🚫 Agar Yer uchastkasi davlat ro‘yxatidan o‘tmagan bo‘lsa, yerni xususiylashtirish mumkin bo‘lmaydi.

Каналга уланиш: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#bilasizmi #huquq #VM_71

⚡️Yer uchastkalarini xususiylashtirish uchun majburlash taqiqlanadi

Yer uchastkalarini xususiylashtirish ixtiyoriylik asosida amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari va yuridik shaxslari yer uchastkalarini xususiylashtirishga bo‘lgan o‘z huquqlarini o‘z ixtiyoriga ko‘ra hamda o‘z manfaatlaridan kelib chiqqan holda amalga oshiradi.

🚫 Yer uchastkalarini xususiylashtirish uchun majburlash taqiqlanadi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram