TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.82K subscribers
8.32K photos
911 videos
10 files
6.68K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
Download Telegram
#qonunchilikda_yangilik #bilasizmi

⚡️Qanday hollarda ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildi tugatiladi va arxivlashtiriladi

Quyidagi hollarda kadastr yig‘majildi tugatiladi va arxivlashtirildi:

🔹yer uchastkasi jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilganda;
🔹ko‘chmas mulk bo‘linganda;
🔹ko‘chmas mulk birlashtirilganda.

📌Ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildini tugatish va arxivlashtirish qonunchilikka muvofiq boshqa asoslar bo‘yicha ham amalga oshirilishi mumkin.

Asos:
O‘RQ–803, 28.11.2022 y.

Каналга уланиш: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Президент Шавкат Мирзиёев ер ресурсларидан оқилона фойдаланиш, ер ҳисобини юритиш ҳамда кадастр хизматларини яхшилаш масалалари бўйича йиғилиш ўтказди.

Президент Шавкат Мирзиёев провел совещание по вопросам рационального использования земельных ресурсов, улучшения учета земли и оказания кадастровых услуг.

#Mirziyoyev #yigilish #kadastr #yerhisobi

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#yashil_makon #ayni_dam

🍀 Yashil makonni birga yaratamiz !

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi jamoasi Ohangaron  tumanida "Yashil makon" umummilliy harakatida faol bo‘ling!” shiori ostida o‘tkazilayotgan keng ko‘lamli ko‘chat ekish tadbirida faol ishtirok etishmoqda.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook     Instagram
#auksion #dehqonxoʼjaligi #PQ20

⚡️DEHQON XO‘JALIGI YERLARI ENDI AUKSIONDA !

Endilikda sizda auksion orqali Toshkent viloyati hududidagi dehqon xo‘jaligi yerlarini 30 yil muddatga ijaraga olish imkoniyati mavjud.

▪️Oqqo‘rg‘on tumanida 73 ta (ko'rish)
▪️Ohangaron tumanida 15 ta (ko'rish)
▪️Bekobod tumanida 37 ta (ko'rish)
▪️Bo‘stonliq tumanida 95 ta (ko'rish)
▪️Bo‘ka tumanida 277 ta (ko'rish)
▪️Quyichirchiq tumanida 14 ta (ko'rish)
▪️Qibray tumanida 39 ta (ko'rish)
▪️Parkent tumanida 10 ta (ko'rish)
▪️Piskent tumanida 94 ta (ko'rish)
▪️O‘rtachirchiq tumanida 103 ta (ko'rish)
▪️Chinoz tumanida 155 ta (ko'rish)
▪️Yangiyo‘l tumanida 131 ta (ko'rish)

‼️“Yoshlar”, “Ayollar” va “Temir” daftarga kiritilganlarga ustunliklar berilishi taʼminlanadi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda #korrupsiyagaqarshi #seminar

⚡️Korrupsiyaga qarshi kurash yuzasidan o‘tkazilgan seminar tafsilotlari

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#bizningmanzillar #Angren

📍Kadastr agentligi Toshkent viloyati Angren shahar bo‘limi Davlat kadastrlari palatasining Toshkent viloyati Angren shahar filiali

Bo‘lim rahbari v.b - Umaraliyev Jaloliddin Noriman o‘g‘li
Filial rahbari - Baymuratov Sherzod Abdurashidovich

Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish kunlari:
har kuni, soat 9:00 dan 18:00 gacha

🏢Manzil: Toshkent viloyati, Angren shahar, O‘zbekiston Mustaqilligi ko‘chasi

☎️Murojaat uchun telefon: 70-662-26-02

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Oʼrta Chirchiq tuman kadastr bo‘limi/filialining ish faoliyatini qanday baholaysiz ?
Anonymous Poll
38%
Namunali
16%
Yaxshi
14%
Qoniqarli
32%
Qoniqarsiz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Toshkent_tumani #yernazorati

⚡️Toshkent tumanida navbatdagi noqonuniy holat ihtiyoriy bartaraf etildi

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#qonunchilikda_yangilik #bilasizmi

⚡️Ko‘chmas mulkka qo‘yilgan taqiqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish

Ko‘chmas mulkka taqiq qo‘yish yoki taqiqni olib tashlash to‘g‘risidagi hujjat ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga kelib tushgan kundan e’tiboran 1 ish kuni ichida ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak.

‼️Ko‘chmas mulkka qo‘yilgan taqiq uni qo‘ygan vakolatli mansabdor shaxsning yoki sudning qaroriga binoan olib tashlanadi.

Asos:
O‘RQ–803, 28.11.2022 y.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook     Instagram
#korrupsiyaga_qarshi #bilasizmi

⚡️Mansab vakolatini suisteʼmol qilish javobgarlikka sabab bo‘ladi

Мansab vakolatini suiisteʼmol qilish, yaʼni davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi mansabdor shaxsining o‘z mansab vakolatlaridan qasddan foydalanishi fuqarolarning huquqlariga yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga ko‘p miqdorda zarar yoxud jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab bo‘lsa quyidagi jazo choralaridan biri qo‘llanilishi mumkin:

▫️ BHMining 150 baravaridan 300 baravarigacha (45 mln so‘mdan 90 mln so‘mgacha) miqdorda jarima;
▫️ 5 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish;
▫️ 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari;
▫️ 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;
▫️ 1 yildan 2 yilgacha ozodlikni cheklash;
▫️ 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram