TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.81K subscribers
8.34K photos
913 videos
10 files
6.7K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
Download Telegram
#korrupsiyagaqarshi #seminar

⚡️Korrupsiyaga qarshi kurash va manfaatlar to‘qnashuvi

Bugun Adliya vazirligining masʼul xodimlari tomonidan Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmalari xodimlari uchun "Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari" mavzusida seminar uchrashuv tashkil etildi.

Mazkur uchrashuvda tashkilot va idoralarda korrupsion jinoyatlar, hokimiyat yoki mansab vakolatini suisteʼmol qilish, manfaatlar to‘qnashuvi, murojaatlar to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini buzish hamda ularning oqibatlari yuzasidan huquqiy tushunchalar berildi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda #farovonlik_sari

⚡️"Farovonlik sari" ko‘rsatuvining navbatdagi soni Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Toshkent viloyati boshqarmalari faoliyatiga bag‘ishlandi

Unda kadastr sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, tizimda joriy etilayotgan axborot texnologiyalari, aholiga yaratilayotgan qulayliklar va sohadagi yangiliklar yuzasidan so‘z boradi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#auksion #yer_uchastkalari

⚡️TADBIRKORLIK QILMOQCHIMISIZ ?

📌Toshkent viloyatida savdoga qo‘yilgan yer uchastkalaridan birini sotib oling va o‘z tadbirkorligingizni yo‘lga qo‘ying!!

▫️Oqqo‘rg‘on tumanida 70 ta (кўриш)
▫️Ohangaron tumanida 93 ta (кўриш)
▫️Bekobod tumanida 125 ta (кўриш)
▫️Bo‘stonliq tumanida 14 ta (кўриш)
▫️Bo‘ka tumanida 245 ta (кўриш)
▫️Quyichirchiq tumanida 219 ta (кўриш)
▫️Zangiota tumanida 28 ta (кўриш)
▫️Yuqorichirchiq tumanida 32 ta (кўриш)
▫️Qibray tumanida 40 ta (кўриш)
▫️Parkent tumanida 19 ta (кўриш)
▫️Piskent tumanida 383 ta (кўриш)
▫️O‘rtachirchiq tumanida 83 ta (кўриш)
▫️Chinoz tumanida 143 ta (кўриш)
▫️Yangiyo‘l tumanida 73 ta (кўриш)
▫️Toshkent tumanida 11 ta (кўриш)
▫️Nurafshon shahrida 48 ta (кўриш)
▫️Olmaliq shahrida 68 ta (кўриш)
▫️Angren shahrida 211 ta (кўриш)
▫️Bekobod shahrida 3 ta (кўриш)
▫️Ohangaron shahrida 18 ta (кўриш)
▫️Chirchiq shahrida 5 ta (кўриш)
▫️Yangiyo‘l shahrida 1 ta (кўриш)

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#bilasizmi #kadastr_xizmati

⚡️KADASTR PASPORTINI TAYYORLASH MUDDATLARI

Kadastr pasportini tayyorlash ko‘chmas mulk obyektlarining turar joyga oid qismi bo‘yicha quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:

🔹ko‘p kvartirali uydagi kvartira — 3 ish kunigacha;

🔹yakka tartibdagi turar joy — 5 ish kunigacha.

❗️Kadastr (yig‘majildi) pasporti yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda), qog‘oz yoki plastik shaklda yangi kadastr pasporti ikki ish kuni mobaynida beriladi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#huquqvaqti #kadastr_xizmati #bilasizmi

⚡️Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tqazish majburiydir

Qonunchilikka muvofiq ko‘chmas mulk hisoblangan kadastr obyektlariga bo‘lgan huquqlar qonunchilikda belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.

🔹Kadastr obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish yuridik va jismoniy shaxslarning kadastr obyektlariga bo‘lgan huquqlari davlat tomonidan eʼtirof etilishi hamda tasdiqlanishining yuridik hujjatidir.

🔹Kadastr obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hujjatlar bilan tasdiqlangan axborotni davlat reyestrlariga kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

❗️Ko‘chmas mulk hisoblangan kadastr obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish kadastr obyektlarining barcha mulkdorlari va kadastr obyektlariga doir boshqa huquqlarning egalari uchun majburiydir.

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#bilasizmi #kadastr_xizmati

⚡️Qanday hollarda kadastr pasporti rasmiylashtiriladi yoki qayta rasmiylashtriladi ?

🔹ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi xatlov ishlari bajarilganda;

🔹ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda yoki yer uchastkasi alohida bo‘linganda (bunda ikki qismga alohida kadastr pasporti shakllantiriladi);

🔹qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari xususiylashtirilgandan so‘ng ularning bir qismiga bo‘lgan huquq boshqa shaxsga o‘tganda;

🔹yer uchastkasining maydoni yoki chegara nuqtalari o‘zgarganda;

🔹ko‘chmas mulk obyektining manzilini belgilashda yoki o‘zgartirishda;

🔹ko‘chmas mulk obyektining toifasi o‘zgarganda;

🔹o‘z yer uchastkasida tegishli ruxsatnomalarni rasmiylashtirmasdan qurilgan bino va inshootlar mavjud bo‘lganda.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#bilasizmi #kadastr_xizmati

⚡️ Bino va inshootlar ijara shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibidan xabardormisiz?

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:

– O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi

📩 Murojaatlar Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali qabul qilinadi.

📑 So‘rovnomaga ijara shartnomasi ilova qilinadi.

🔑 Zarur maʼlumotlar so‘rovnomaga kiritilgandan so‘ng ariza beruvchi uni o‘z ERIsi bilan tasdiqlaydi

💰To‘lov miqdori - 495 000 so‘m (BHMning 1,5 baravari)

❗️Xizmat uchun my.gov.uz portali orqali murojaat etilganda to‘lov summasining 90 foizi undiriladi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#tabrik

⚡️25 oktyabr - Ichki ishlar organlari xodimlari kuni

👮‍♂️Ichki ishlar idoralarining huquqni muhofaza qiluvchi organ sifatida islohotlar barqarorligini taʼminlashdagi fidokorona va mashaqqatli xizmatlari yuksak eʼtirofga loyiq.

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi o‘z hayotini el-yurtimiz tinchligi va osoyishtaligini asrashdek ezgu va olijanob ishga bag‘ishlagan mard va sadoqatli, haqiqiy vatanparvar yurt posbonlarini “25 oktyabr - Ichki ishlar organlari xodimlari kuni” bayrami hamda O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari tashkil etilganligining 32 yilligi bayrami munosabati bilan samimiy muborakbod etadi.

Tizim xodimlarining kelgusida xizmatlarida hamda el-yurt tinchligi va osoyishtaligini saqlashdek maʼsuliyatli vazifangizda tole yor bo‘lishini tilab qoladi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#bilasizmi #subsidiya

⚡️Uy-joy uchun subsidiya olish istagi bo‘lgan fuqarolarga quyidagilar tavsiya etiladi:

🏠Olinayotgan uy subsidiyaga sotiladigan bo‘lishi lozim;

(kadastri tayyor, yangi qurilgan uylardan bo‘lishi shart)

💳Uyning boshlang‘ich badalini to‘lash uchun yetarlicha mablag‘ning bo‘lishi;

(masalan uy narxi 300 mln so‘m, uning 15 foizi 45 mln so‘mni tashkil etadi, ushbu summaning 32 mln so‘mi davlat tomonidan to‘lansa, 13 mln so‘mi fuqaro tomonidan to‘lanishi kerak)

👨‍💼Uy narxining qolgan 85 foizi 20 yilga kredit shaklida beriladi va ushbu kreditni har oy to‘lash uchun yetarli oylik maoshi yoki kafilning bo‘lishi;

❗️Eng asosiysi fuqaro yoki uning turmush o‘rtog‘i nomida uy-joyning bo‘lmasligi.

☝️Yuqoridagi shartlarga mos keluvchi fuqarolar joylardagi DXMlar yoki my.gov.uz portali orqali ariza topshirishlari mumkin.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#eʼlon #sayyor_qabul

⚡️DIQQAT EʼLON!

Hurmatli Ohangaron shahri fuqarolari hamda tadbirkorlari !

Aholining kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Ohangaron shahri fuqaro hamda tadbirkorlari uchun sayyor qabul o‘tkaziladi.

📝 Kadastr sohasiga oid muammolaringiz bo‘lsa, joriy yilning 27-oktabr kuni soat 10-00 da sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

📌 Sayyor qabul Kadastr agentligi rahbariyati boshchiligida bo‘lib o‘tadi.

📍Manzil: Toshkent viloyati, Ohangaron shahri, Yangilik MFY, 30-uy. Bandlikka ko‘maklashish markazi binosi.

☎️ Murojaat uchun: +998 (70) 202-02-07

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#Parkent_tumani #yernazorati

⚡️Parkent tumanida noqonuniy qurilmalar bartataf etilmoqda

Kadastr agentligi Parkent tuman bo‘limi tomonidan tumanning Krasnagorsk qo‘rg‘oni, Oydin MFY, Politayeva ko‘chasida joydashgan yer maydonlari fuqaro J.S va A.J lar tomonidan o‘zboshimchalik egallanib, noqonuniy ravishda qurilmalar qurish holatlari aniqlandi.

Qurilmalar bo‘lim tomonidan berilgan rasmiy ogohlantirishlardan so‘ng fuqarolar tomonidan belgilangan muddatlarda ixtiyoriy ravishda bartaraf etildi.

❗️Eslatib o‘tamiz, Yer qonunbuzilishini sodir etgan shaxs tomonidan yer uchastkasi qaytarilishi taʼminlanib, oqibatlari bartaraf etilsa, yer qonunbuzilishini sodir etgan shaxsga nisbatan maʼmuriy jarima jazosi qo‘llanilmaydi !

📌Joylarda nazorat tadbirlari davom etmoqda.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#bilasizmi #huquq #VM_71

⚡️O‘zingizga tegishli yerni xususiylashtirishingiz mumkin !

Jismoniy va yuridik shaxslar o‘zlariga tegishli (qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan) yer uchastkalarini xususiylashtirilishi yuzasidan tegishli qonun va hukumat qaroriga ko‘ra,

🔹Fuqarolar o‘zlariga tegishli ko‘chmas mulkning yer uchastkasini kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish orqali xususiylashtirib olishi mumkin bo‘ladi.

🚫 Agar Yer uchastkasi davlat ro‘yxatidan o‘tmagan bo‘lsa, yerni xususiylashtirish mumkin bo‘lmaydi.

Каналга уланиш: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#xalqbilanbirga #murojaatlar #infografika #qabul_kunlari

⚡️Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmalari rahbariyatining jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish kunlari grafigi va bog‘lanish uchun telefon raqamlari

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ayoli_ulugʼlangan_yurt

⚡️Ayol – bu ona, opa, singil

Uning mehr-muhabbati barkamol avlodlarimiz, ertamiz egalarining unib-o‘sishiga, kamol topishiga sabab bo‘ladi. Ayol baxtli bo‘lsa, jamiyat baxtli bo‘ladi. Xotin-qizlarni eʼzozlagan, qadrlagan yurtning esa buguni va ertasi farovon bo‘lishiga shubha yo‘q.

Mazkur videorolik Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan tayyorlangan.

Bosh qahramon - Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi ish yurituvchisi Muyassar Usmonova

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#qonunchilikda_yangilik #bilasizmi

⚡️Hozirda yerga oid huquqlarning qanday turlari amal qilmoqda ?

📌 Hozirgi kunda yerga oid huquqlarning

🔹 doimiy foydalanish,
🔹 ijara
🔹 mulk huquqi turlari amal qiladi.

Maʼlumot uchun, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik, doimiy egalik, vaqtincha foydalanish huquqlari bekor qilingan.

❗️Bekor qilingan huquqlar bilan avval berilgan yerlar saqlab qolinib, ijaraga berilgan yerdagi binolar sotilganda yerga bo‘lgan ijara huquqi ham yangi mulkdorga o‘tadi.

Asos: PF-6243, 08.06.2021 y.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram