TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.82K subscribers
8.34K photos
911 videos
10 files
6.69K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
Download Telegram
#ona_tilim_faxrim

⚡️Til – millat qiyofasining bir bo‘lagi

Bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasida O‘zbek tiliga davlat maqomi berilganining 34 yilligi hamda 21-oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan tashkil etilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirda tizimning barcha xodimlari qamrab olindi.

Maʼnaviy-maʼrifiy tadbirda O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi Toshkent viloyati bo‘limi masʼul kotibi, "Mehnat shuhrati" ordeni va "O‘zbekiston xalq shoiri" unvoni sohibi Mahmud Toirov o‘z maʼruzalari bilan ishtirok etdi.

Xalq mustaqilligining asosiy belgisi – bu ona tili va milliy madaniyati. Dunyoning barcha davlatlari o‘z ona tillarini asrab-avaylashga intilishadi, shuning uchun har qanday davlat o‘zining madaniy merosi va ona tilini alohida hurmat qilishi taʼkidlandi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#onatilimfaxrim

⚡️21-oktabr - O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun

Maʼlumki, 2019-yil 21-oktabr kuni davlatimiz rahbari tomonidan «O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonni imzolagan. O‘zbek tilini boyitish va takomillashtirish borasida mamlakatimizda ko‘plab ishlar amalga oshirilib kelmoqda.

Xususan, Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatsi Toshkent viloyati boshqarmasi va hududiy bo‘lim xodimlarining davlat tilida ish yuritish asoslari bo‘yicha malakasini oshirish taʼminlanib kelinmoqda.

2020-yil 10-aprelda O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinishi quvonarli hol bo‘ldi. Ushbu qonun bilan har yili 21oktabr “O‘zbek tili bayrami kuni” etib nishonlash belgilandi. Endilikda har yili 21-oktyabr butun mamlakatimiz bo‘ylab katta bayram sifatida nishonlanadi. Bu esa ona tilimizni qay darajada ardoqlashimizni va hurmat qilishimizni bildiradi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇺🇿Ona tilim - g'ururim, iftixorim!

⭐️🌟 Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi hamda uning hududiy boshqarmalarida 21-oktabr - "Ozbek tili bayrami" ni munosib nishonlash barobarida "Ona tilim - faxrim" shiori ostidagi ommaviy tashabbusda ham faol ishtirok etdilar.

🌐 Davlat kadastrlari palatasi matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan mazkur videorolikda kadastr tizimi xodimlari masofalarga qaramay davlat bayramini o'zaro hamjihatlikda, birlikda va o'zgacha kayfiyatda kutib olganini ko'rishingiz mumkin.

▫️Xorazm viloyati
▫️Toshkent shahar
▫️Jizzax viloyati
▫️Navoiy viloyati
▫️Qoraqalpog'iston Respublikasi
▫️Toshkent viloyati
▫️Namangan viloyati
▫️Sirdaryo viloyati
▫️Surxondaryo viloyati
▫️Farg'ona viloyati
▫️Andijon viloyati
▫️Samarqand viloyati
▫️Qashqadaryo viloyati
▫️Buxoro viloyati

#DavKadastrPalata #ona_tilim_faxrim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ishonch_telefon #bilasizmi

⚡️Ishonch telefonlari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi – 1000;

O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi – (71) 239-86-50, (71) 239-81-14;

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi – 1090; (71) 239-02-74

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi – 1007;

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi – 1102;

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi – 1008;

Davlat soliq qo‘mitasi – 1198;

Kadastr agentligi - 1097;

Davlat xizmatlari agentligi – 1148, (71) 207-00-66;

O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi – (71) 244-05-05;

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Angren #OAV_biz_haqimizda #xalqbilanbirga #sayyor_qabul

⚡️Aholining kadastrga oid murojaatlarini o‘rganish yuzasidan Angren shahrida o‘tkazilgan sayyor qabul tafsilotlari

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#korrupsiyagaqarshi #seminar

⚡️Korrupsiyaga qarshi kurash va manfaatlar to‘qnashuvi

Bugun Adliya vazirligining masʼul xodimlari tomonidan Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmalari xodimlari uchun "Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari" mavzusida seminar uchrashuv tashkil etildi.

Mazkur uchrashuvda tashkilot va idoralarda korrupsion jinoyatlar, hokimiyat yoki mansab vakolatini suisteʼmol qilish, manfaatlar to‘qnashuvi, murojaatlar to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini buzish hamda ularning oqibatlari yuzasidan huquqiy tushunchalar berildi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda #farovonlik_sari

⚡️"Farovonlik sari" ko‘rsatuvining navbatdagi soni Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Toshkent viloyati boshqarmalari faoliyatiga bag‘ishlandi

Unda kadastr sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, tizimda joriy etilayotgan axborot texnologiyalari, aholiga yaratilayotgan qulayliklar va sohadagi yangiliklar yuzasidan so‘z boradi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#auksion #yer_uchastkalari

⚡️TADBIRKORLIK QILMOQCHIMISIZ ?

📌Toshkent viloyatida savdoga qo‘yilgan yer uchastkalaridan birini sotib oling va o‘z tadbirkorligingizni yo‘lga qo‘ying!!

▫️Oqqo‘rg‘on tumanida 70 ta (кўриш)
▫️Ohangaron tumanida 93 ta (кўриш)
▫️Bekobod tumanida 125 ta (кўриш)
▫️Bo‘stonliq tumanida 14 ta (кўриш)
▫️Bo‘ka tumanida 245 ta (кўриш)
▫️Quyichirchiq tumanida 219 ta (кўриш)
▫️Zangiota tumanida 28 ta (кўриш)
▫️Yuqorichirchiq tumanida 32 ta (кўриш)
▫️Qibray tumanida 40 ta (кўриш)
▫️Parkent tumanida 19 ta (кўриш)
▫️Piskent tumanida 383 ta (кўриш)
▫️O‘rtachirchiq tumanida 83 ta (кўриш)
▫️Chinoz tumanida 143 ta (кўриш)
▫️Yangiyo‘l tumanida 73 ta (кўриш)
▫️Toshkent tumanida 11 ta (кўриш)
▫️Nurafshon shahrida 48 ta (кўриш)
▫️Olmaliq shahrida 68 ta (кўриш)
▫️Angren shahrida 211 ta (кўриш)
▫️Bekobod shahrida 3 ta (кўриш)
▫️Ohangaron shahrida 18 ta (кўриш)
▫️Chirchiq shahrida 5 ta (кўриш)
▫️Yangiyo‘l shahrida 1 ta (кўриш)

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#bilasizmi #kadastr_xizmati

⚡️KADASTR PASPORTINI TAYYORLASH MUDDATLARI

Kadastr pasportini tayyorlash ko‘chmas mulk obyektlarining turar joyga oid qismi bo‘yicha quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:

🔹ko‘p kvartirali uydagi kvartira — 3 ish kunigacha;

🔹yakka tartibdagi turar joy — 5 ish kunigacha.

❗️Kadastr (yig‘majildi) pasporti yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda), qog‘oz yoki plastik shaklda yangi kadastr pasporti ikki ish kuni mobaynida beriladi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#huquqvaqti #kadastr_xizmati #bilasizmi

⚡️Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tqazish majburiydir

Qonunchilikka muvofiq ko‘chmas mulk hisoblangan kadastr obyektlariga bo‘lgan huquqlar qonunchilikda belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.

🔹Kadastr obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish yuridik va jismoniy shaxslarning kadastr obyektlariga bo‘lgan huquqlari davlat tomonidan eʼtirof etilishi hamda tasdiqlanishining yuridik hujjatidir.

🔹Kadastr obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hujjatlar bilan tasdiqlangan axborotni davlat reyestrlariga kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

❗️Ko‘chmas mulk hisoblangan kadastr obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish kadastr obyektlarining barcha mulkdorlari va kadastr obyektlariga doir boshqa huquqlarning egalari uchun majburiydir.

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#bilasizmi #kadastr_xizmati

⚡️Qanday hollarda kadastr pasporti rasmiylashtiriladi yoki qayta rasmiylashtriladi ?

🔹ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi xatlov ishlari bajarilganda;

🔹ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda yoki yer uchastkasi alohida bo‘linganda (bunda ikki qismga alohida kadastr pasporti shakllantiriladi);

🔹qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari xususiylashtirilgandan so‘ng ularning bir qismiga bo‘lgan huquq boshqa shaxsga o‘tganda;

🔹yer uchastkasining maydoni yoki chegara nuqtalari o‘zgarganda;

🔹ko‘chmas mulk obyektining manzilini belgilashda yoki o‘zgartirishda;

🔹ko‘chmas mulk obyektining toifasi o‘zgarganda;

🔹o‘z yer uchastkasida tegishli ruxsatnomalarni rasmiylashtirmasdan qurilgan bino va inshootlar mavjud bo‘lganda.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#bilasizmi #kadastr_xizmati

⚡️ Bino va inshootlar ijara shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibidan xabardormisiz?

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:

– O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi

📩 Murojaatlar Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali qabul qilinadi.

📑 So‘rovnomaga ijara shartnomasi ilova qilinadi.

🔑 Zarur maʼlumotlar so‘rovnomaga kiritilgandan so‘ng ariza beruvchi uni o‘z ERIsi bilan tasdiqlaydi

💰To‘lov miqdori - 495 000 so‘m (BHMning 1,5 baravari)

❗️Xizmat uchun my.gov.uz portali orqali murojaat etilganda to‘lov summasining 90 foizi undiriladi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#tabrik

⚡️25 oktyabr - Ichki ishlar organlari xodimlari kuni

👮‍♂️Ichki ishlar idoralarining huquqni muhofaza qiluvchi organ sifatida islohotlar barqarorligini taʼminlashdagi fidokorona va mashaqqatli xizmatlari yuksak eʼtirofga loyiq.

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi o‘z hayotini el-yurtimiz tinchligi va osoyishtaligini asrashdek ezgu va olijanob ishga bag‘ishlagan mard va sadoqatli, haqiqiy vatanparvar yurt posbonlarini “25 oktyabr - Ichki ishlar organlari xodimlari kuni” bayrami hamda O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari tashkil etilganligining 32 yilligi bayrami munosabati bilan samimiy muborakbod etadi.

Tizim xodimlarining kelgusida xizmatlarida hamda el-yurt tinchligi va osoyishtaligini saqlashdek maʼsuliyatli vazifangizda tole yor bo‘lishini tilab qoladi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#bilasizmi #subsidiya

⚡️Uy-joy uchun subsidiya olish istagi bo‘lgan fuqarolarga quyidagilar tavsiya etiladi:

🏠Olinayotgan uy subsidiyaga sotiladigan bo‘lishi lozim;

(kadastri tayyor, yangi qurilgan uylardan bo‘lishi shart)

💳Uyning boshlang‘ich badalini to‘lash uchun yetarlicha mablag‘ning bo‘lishi;

(masalan uy narxi 300 mln so‘m, uning 15 foizi 45 mln so‘mni tashkil etadi, ushbu summaning 32 mln so‘mi davlat tomonidan to‘lansa, 13 mln so‘mi fuqaro tomonidan to‘lanishi kerak)

👨‍💼Uy narxining qolgan 85 foizi 20 yilga kredit shaklida beriladi va ushbu kreditni har oy to‘lash uchun yetarli oylik maoshi yoki kafilning bo‘lishi;

❗️Eng asosiysi fuqaro yoki uning turmush o‘rtog‘i nomida uy-joyning bo‘lmasligi.

☝️Yuqoridagi shartlarga mos keluvchi fuqarolar joylardagi DXMlar yoki my.gov.uz portali orqali ariza topshirishlari mumkin.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#eʼlon #sayyor_qabul

⚡️DIQQAT EʼLON!

Hurmatli Ohangaron shahri fuqarolari hamda tadbirkorlari !

Aholining kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Ohangaron shahri fuqaro hamda tadbirkorlari uchun sayyor qabul o‘tkaziladi.

📝 Kadastr sohasiga oid muammolaringiz bo‘lsa, joriy yilning 27-oktabr kuni soat 10-00 da sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

📌 Sayyor qabul Kadastr agentligi rahbariyati boshchiligida bo‘lib o‘tadi.

📍Manzil: Toshkent viloyati, Ohangaron shahri, Yangilik MFY, 30-uy. Bandlikka ko‘maklashish markazi binosi.

☎️ Murojaat uchun: +998 (70) 202-02-07

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram