TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.75K subscribers
8.39K photos
914 videos
10 files
6.75K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
Download Telegram
#seminar

⚡️Elektron hujjatlar aylanmasi - ijro intizomini mustahkamlaydi!

Bugun “UNICON-SOFT” MCHJ masʼul xodimi tomonidan boshqarma hamda hududiy bo‘limlar xodimlari uchun elektron hujjatlar aylanmasi yangi tizimining ishlash tartibi yuzasidan seminar tashkil etildi.

Seminarda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarma boshlig‘i ham ishtirok etib, texnik taraqqiyotning rivojlanib borishi natijasida, qog‘ozbozlik davridan yangi raqamli hujjatlar dunyosiga o‘tish munosabati bilan hujjatlar bilan ishlash yana-da yengillashganini va edo.ijro.uz barcha tashkilotarda nazorat kartotekalarini yuritish, hisobotlarni shakllantirish bilan birga ijro intizomini mustahkamlash uchun mos tizim ekanligini taʼkidlab o‘tdi.

Seminar davomida tizimdan foydalanish tartibi batafsil tushuntirilib, seminar ishtirokchilarini qiziqtirgan savollariga javob berildi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikda_yangilik #bilasizmi #kadastr_xizmati

⚡️Ayrim kadastr xizmatlari elektron raqamli imzo bilan tasdiqlashni etmaydi

📌Kadastr bilan bog‘liq quyidagi 8 turdagi xizmatlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlashni talab etmaydi:

🔹 Fuqaroning nomida shaxsiy uy-joyi borligi yoki yo‘qligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma berish;
🔹 Bino va inshootlarning ijara shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;
🔹 O‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) to‘g‘risidagi kelishuvni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;
🔹 Yakka tartibda uy-joy qurishga (rekonstruksiya qilishga) loyiha-smeta hujjatlarini kelishish;
🔹 Bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishish;
🔹 Qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish (yakka tartibdagi uy-joy qurish obyekti uchun);
🔹 Qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish (yakka tartibda uy-joy qurish obyekti bo‘lmagan obyekt uchun);
🔹 Ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasportini berish.

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#matbuot_anjumani

⚡️Matbuot anjumani: qonunchilikdagi o‘zgarishlar

Bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmalarining joriy yilning 22-avgust kunida qabul qilingan VM-409-son, VM-411-son, 25-avgust kunidagi VM-424-son hamda 29-avgust kunidagi VM-426-son Qarorlari mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Matbuot anjumanda yig‘ilgan Ommaviy axborot vositalari hamda xususiy sektor vakillari tomonidan yuqorida keltirilgan qarorlar yuzasidan qiziqtirgan savollariga masʼullar tomonidan javoblar berildi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #kadastr_xizmati

⚡️Davlat xizmatlari markazi orqali quyidagi kadastr xizmatlari amalga oshiriladi:

🔹Kadastr pasportini shakllantirish;

🔹Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

🔹Fuqarolarning nomida shaxsiy uy-joyi borligi yoki yo‘qligi to‘g‘risidagi maʼlumotnoma olish;

🔹Qurilishi tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish uchun ariza topshirish va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish;

🔹Davlat kadastr reyestridan ko‘chmas mulk bo‘yicha ko‘chirmani tekshirish;

🔹Bino va inshootlarni ijara shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

🔹Turar joyning maydoni bo‘yicha maʼlumotnoma olish;

🔹Kadastr obyektiga taʼqiq bor/yo‘qligini tekshirish;

🔹O‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) to‘g‘risidagi kelishuvni davlat ro‘yhatidan o‘tkazish;

🔹Davlat Reyestridagi har qanday ko‘chmas mulk obyektining kadastr qiymatini bilish.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#auksion #yer_uchastkalari

⚡️TADBIRKORLIK QILMOQCHIMISIZ ?

📌Toshkent viloyatida savdoga qo‘yilgan yer uchastkalaridan birini sotib oling va o‘z tadbirkorligingizni yo‘lga qo‘ying!!

▫️Oqqo‘rg‘on tumanida 68 ta (кўриш)
▫️Ohangaron tumanida 93 ta (кўриш)
▫️Bekobod tumanida 125 ta (кўриш)
▫️Bo‘stonliq tumanida 18 ta (кўриш)
▫️Bo‘ka tumanida 201 ta (кўриш)
▫️Quyichirchiq tumanida 206 ta (кўриш)
▫️Zangiota tumanida 32 ta (кўриш)
▫️Yuqorichirchiq tumanida 23 ta (кўриш)
▫️Qibray tumanida 41 ta (кўриш)
▫️Parkent tumanida 20 ta (кўриш)
▫️Piskent tumanida 257 ta (кўриш)
▫️O‘rtachirchiq tumanida 66 ta (кўриш)
▫️Chinoz tumanida 133 ta (кўриш)
▫️Yangiyo‘l tumanida 71 ta (кўриш)
▫️Toshkent tumanida 10 ta (кўриш)
▫️Nurafshon shahrida 31 ta (кўриш)
▫️Olmaliq shahrida 82 ta (кўриш)
▫️Angren shahrida 192 ta (кўриш)
▫️Bekobod shahrida 3 ta (кўриш)
▫️Ohangaron shahrida 29 ta (кўриш)
▫️Chirchiq shahrida 5 ta (кўриш)
▫️Yangiyo‘l shahrida 1 ta (кўриш)

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#qonunchilikdagi_yangiliklar

⚡️Ayrim dehqon xo‘jaliklariga garovsiz kredit beriladi

Qonunchilikka ko‘ra, agrar tarmoqda o‘z biznesini tashkil etishga ko‘maklashish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda dehqon xo‘jaliklarining ulushini oshirish maqsadida uzoq muddatga qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlarini ijaraga olib, belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan dehqon xo‘jaliklari va kichik tadbirkorlik subyektlariga 50 million so‘mgacha garovsiz kredit berilishi belgilangan.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ohangaron_tumani #yernazorati

⚡️Ohangaron tumanida o‘tkazilgan yer nazorati monitoring natijalari

Avval xabar qilganimizdek, Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi prokuratura organlar bilan hamkorlikda hududlarda yer qonunchiligiga rioya etilishi ahvolini o‘rganish, yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallash hamda noqonuniy qurilmalarni bartaraf etish yuzasidan hududlarda nazorat tadbirlari amalga oshirilmoqda. Navbatdagi nazorat tadbirlari viloyatning Ohangaron tumanida o‘tkazildi.

Tadbir davomida tuman hududida jami 126,7 gektar yer maydonida 129 ta yer qonunbuzilish holati aniqlangan, shundan 115 ta holatda 101,8 gektar yer maydonlarini o‘zboshimchalik bilan egallab olingan. Jumladan, Jumladan,

🔹48 ta holatda 4,3 gektar turar-joylar qurilgan;
🔹40 ta holatda 1,5 gektar noturar-joylar qurilgan;
🔹12 ta holatda124,7 gektar yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olingan;
🔹4 ta holatda 9,6 gektar yerlardan samarasiz foydalanib kelingan.

Kadastr agentligi Ohangaron tumani bo‘limi tomonidan aniqlangan holatlar yuzasidan

✔️129 ta holatdan 15 tasiga maʼmuriy jarimalar qo‘llanilgan;
✔️15 ta yer qonunbuzilish holatlari joyining o‘zida bartaraf qilingan;
✔️7 ta holatda prokuratura organlariga qo‘shma tartib asosida maʼlumot kiritilgan;
✔️12 ta holatda sudga daʼvo arizalari kiritilgan.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Chirchiq shahri kadastr bo‘limi/filialining ish faoliyatini qanday baholaysiz ?
Anonymous Poll
46%
Namunali
22%
Yaxshi
9%
Qoniqarli
23%
Qoniqarsiz
#huquq #kadastr_xizmati #OʼRQ728

⚡️Xususiylashtirilgan yer uchastkalarining mulkdorlari quyidagi huquqlarga ega:

🔹xususiylashtirilgan yer uchastkasiga yuridik va jismoniy shaxslarning, davlatning huquqlarini hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmagan holda, undan foydalanish va uni tasarruf etish, shu jumladan undan garov predmeti sifatida foydalanish, yuridik shaxsning ustav kapitaliga (ustav fondiga) hissa sifatida kiritish, ijaraga berish;

🔹xususiylashtirilgan yer uchastkasiga bo‘lgan mulk huquqining har qanday buzilishlari bartaraf etilishini talab qilish;

🔹xususiylashtirilgan yer uchastkasida mustaqil ravishda xo‘jalik yuritish;

🔹uy-joy, ishlab chiqarish, madaniy-maishiy imoratlar va inshootlarni hamda boshqa imoratlar va inshootlarni qurish, ularni qayta qurish va buzishni amalga oshirish.

📌Huquqiy asos: O‘RQ–728, 15.11.2021 y.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ohangaron_tumani #qurilish

⚡️Ohangaron tumanida yangi bino qurilishi ishlari boshlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 20.10.2022-yildagi PQ-405-son qarorining 3-ilovasiga muvofiq, Toshkent viloyatining Ohangaron, Chinoz va Yuqori Chirchiq tuman bo‘limlarida bino va inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash ishlarini amalga oshirish belgilangan.

Ayni paytda Ohangaron tuman bo‘limining maʼmuriy binosi uchun tuman markazi bo‘lmish Nurobod qo‘rg‘onidan yer ajratilib, dastlabki qurilish ishlari boshlab yuborildi. Mazkur bino yil yakuniga qadar qurib bitirilishi rejalashtiriligan.

📌 Chinoz va Yuqori Chirchiq tuman bo‘limlarida bino va inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash ishlari bo‘yicha loyihalash ishlari ketmoqda.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM