TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.77K subscribers
8.38K photos
914 videos
10 files
6.74K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
Download Telegram
#seminar #UzKad

⚡️"UzKad" platformasiga kirtilayotgan yer maydonlari tahlili

Bugun Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi masʼullari boshchiligida va hududiy filial xodimlari ishtirokida Davlat yer kadastrini yuritish bo‘yicha “UzKad” dasturiga kiritilgan yer fondi toifalarining kichik yer turlari bo‘yicha huquqiy hujjatlarga asosan qayta ko‘rib chiqish va yer hisoboti bilan bir xilligini taʼminlashga doir seminar yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilish davomida davlat yer kadastrini yuritish bo‘yicha amaldagi qonun ва qarorlar asosida ish tashkil etish va yer hisobini har bir yerdan foydalanuvchilar kesimida yer turlari asosida to‘g‘ri yuritish bo‘yicha tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#qonunchilikdagi_yangiliklar

⚡️Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchilarning malakasini oshirish tartibi belgilandi

Hukumat qarori (409-son, 22.08.2023 y.) bilan Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchilarning malakasini oshirish va ularni attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

📝 Nizomga ko‘ra, ro‘yxatdan o‘tkazuvchilarning malakasini oshirish (har 3 yilda kamida bir marta) Kadastr agentligining Toshkent geodeziya va kartografiya kolleji Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi tomonidan amalga oshiriladi.

Shunga ko‘ra, Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalari malaka oshirish muddati kelishidan 15 kun oldin Markazga xat yuboradi.

🗓 Markaz xat kelib tushgan kundan 5 kun ichida ro‘yxatdan o‘tkazuvchini malaka oshirish kursiga qabul qiladi yoki uni rad etadi.

‼️O‘quv kurslarining eng ko‘p hajmi 72 soatni tashkil qiladi.

📋 Kurslar tamomlangach, ro‘yxatdan o‘tkazuvchilar test sinovidan o‘tkazilib, testdan muvaffaqiyatli o‘tganlarga sertifikat beriladi.

✔️ Malaka oshirish davrida ro‘yxatdan o‘tkazuvchilarning ish joyi bo‘yicha o‘rtacha ish haqi va lavozimi saqlanadi.

📌 Bundan tashqari, ro‘yxatdan o‘tkazuvchilar har 3 yilda bir marta attestatsiyadan o‘tkaziladi (suhbat shaklida).

OTMni tugatgan va egallagan mutaxassislik bo‘yicha birinchi marta ishga kirgan shaxslar, agar ular mazkur mutaxassislik bo‘yicha 2 yildan kam ishlagan bo‘lsa, attestatsiyadan o‘tkazilmaydi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#murojaatlar #qonun

⚡️Murojaatlarni ko‘rib chiqishni rad etgan mansabdorlarga qanday javobgarlik bor ?

Qonunchilikka ko‘ra,
🔹 jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish va ko‘rib chiqishni qonunga xilof ravishda rad etish;

🔹 murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz buzish;

🔹 murojaatlarga yozma yoxud elektron shaklda javob yubormaslik;

🔹 murojaatlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga zid qaror qabul qilish;

🔹 jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlari tiklanishini, murojaat munosabati bilan qabul qilingan qarorning bajarilishini taʼminlamaganlik

— mansabdor shaxslarga 330 ming so‘mdan 990 ming so‘mgacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#tezkor

⚡️Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatida bo‘ladi.

Safar davomida viloyatdagi bunyodkorlik ishlari, taʼlim maskanlari faoliyati, sanoat va xizmat ko‘rsatish loyihalari bilan tanishiladi.

Shuningdek, Samarqand viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Toshkent #yernazorati #OAV_biz_haqimizda #UzA

⚡️Navbatdagi yer qonunbuzilishi holati Toshkent tumanida aniqlandi

Kadastr agentligi Toshkent tuman bo‘limi tuman prokuratura organlari bilan hamkorlikda yer qonunchiligini o‘rganish, yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallash hamda noqonuniy qurilmalarni bartaraf etish yuzasidan olib borilgan nazorat tadbiri davomida Toshkent tumani G‘ishtko‘prik MFY, Zumrad ko‘chasi, qishloq xo‘jaligi xaritasining 252- konturida joylashgan 4000 kv.m yer maydoni fuqaro O.Q tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olinib, jami 144 kv.m maydonda qurilish ishlari amalga oshirilgan.

✔️ Mazkur holat bo‘lim tomonidan nazoratga olinib, fuqaroga sodir etilgan huquqbuzarlikning huquqiy oqibatlari yuzasidan tushunchalar berildi. Natijada noqonuniy qurilma fuqaro tomonidan ixtiyoriy ravishda bartaraf etilib, yerning o‘z holatga qaytarilishini taʼminlashga erishildi.

👉 Uza qisqa xabarlarida

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar

⚡️Ko'p kvartirali uylardagi ko'chmas mulk bilan bog'liq bitimlar qarzdorlik mavjud emasligi tekshirilgandan so'ng tasdiqlanadi

“Ko'p kvartirali uylarni boshqarishni yanada samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–278, 15.08.2023 y.)ga ko'ra,
respublikadagi chegaralari belgilanmagan ko'p kvartirali uylarning tutash yer uchastkalari chegaralari belgilanib, “YERELEKTRON” axborot tizimiga kiritiladi.

🗓 2024 yil 1 yanvardan:

🔹ko'p kvartirali uylardagi ko'chmas mulk bilan bog'liq bitimlar notariuslar tomonidan mulkdorning majburiy badallar yoki to'lovlar bo'yicha qarzdorligi mavjud emasligi tekshirilgandan keyin tasdiqlanadi;

🔹majburiy badallarning yoki to'lovlarning eng kam miqdori Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi tomonidan belgilanadi;

🔹agrotexnik ishlov berishdan hosil bo'ladigan (daraxt va buta shox-shabbalari, barglari) va ko'p kvartirali uylarga tutash hududlarni tozalashdan hosil bo'lgan chiqindilarni maishiy chiqindilarni to'plash punktlarida yoki chiqindilarni olib chiqib ketish operatorlari bilan kelishilgan maxsus joylarda yig'ishga ruxsat etiladi.

‼️ Shirkatlar va boshqaruvchi tashkilotlarning hududiy elektr tarmoqlari korxonalari oldidagi qarzdorligi va ular uchun hisoblangan jarimalarning to'lov muddati 2024 yil 1 oktabrgacha kechiktiriladi.

✔️ Qaror bilan shuningdek, Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasiga quyidagi qo'shimcha vakolatlar beriladi:

▫️ko'p kvartirali uylarni boshqarish organlari va joylar mulkdorlari tomonidan issiqlik ta'minotidan foydalanishda normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;

▫️ko'p kvartirali uylardagi umumiy mol-mulk va ularga tutash yer uchastkalarida amalga oshirilgan ta'mirlash-tiklash ishlarining qonunchilik hujjatlari va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq bajarilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#eʼlon #Qibray #sayyor_qabul

⚡️DIQQAT EʼLON!

Hurmatli Qibray tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari!

Aholining kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Qibray tumani fuqaro hamda tadbirkorlari uchun sayyor qabul o‘tkaziladi.

📝 Kadastr sohasiga oid muammolaringiz bo‘lsa, joriy yilning 25-avgust kuni soat 10-00 da sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

📌 Sayyor qabul Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmalarining rahbarlari boshchiligida bo‘lib o‘tadi.

📍Manzil: Qibray tumani, Sohibkor MFY binosi

☎️ Murojaat uchun: +998 (70) 202-02-07

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#diqqat

⚡️Davlat xizmatchilari uchun navbatdagi o‘quv soati boshlandi

Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahri, shuningdek, barcha tuman, shahar hokimliklari rahbar va masʼul xodimlari diqqatiga!

Mazkur o‘quvni Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining ilm.argos.uz platformasi hamda YouTubedagi rasmiy sahifasi orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Boshlangan yangi ish kuningiz muvaffaqiyatli va xayrli o‘tsin!

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#yernazorati #ishonchraqam #infografika

⚡️Noqonuniy qurilishni ko‘rganda qayerga murojaat qilishni bilasizmi?

💰Yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish holatlari to‘g‘risida maʼlumot bergan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining o‘n foizi miqdoridagi pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#ayni_dam #sayyor_qabul #Qibray

⚡️Ayni damda Qibray tumanida  Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi rahbariyati boshchiligida  aholining kadastr sohasiga oid murojaatlarini o'rganish yuzasidan sayyor qabul o'tkazilmoqda.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook     Instagram
#diqqat #bildirish #OAV_biz_haqimizda

⚡️Diqqat, kadastr bo‘yicha savolingiz bormi?

📞 Yer bilan bog‘liq masalalar, auksionga maydonlar qo‘yish, yer nazorati va noqonuniy qurilmalar borasida javobini kutayotgan savollar sizni qiynayaptimi? U holda bugun "Yoshlar kundaligi" rasmiy telegram sahifasida soat 17:00 da bo‘lib o‘tadigan onlayn muloqotda ishtirok eting.

✔️Savollaringizga shaxsan Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i Rustam Payziyev javob beradi.

👉 Suhbat manzili

📍 Yoshlar kundaligi

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qibray #xalqbilanbirga #sayyor_qabul

⚡️Kadastr aholi manfaatlari yo'lida

Bugun Qibray tumanida aholining kadastrga oid muammolarini o'rganish yuzasidan Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi mas'ullari boshchiligida sayyor qabul o'tkazildi.

Qabulda har bir fuqaroning ko'chmas mulkni ro'yxatdan o'tkazish, kadastr pasportini rasmiylashtirish, mulkka egalik huquqini olish hamda yer uchastkalarini xususiylashtirishga doir savol va muammolari tinglanib, mutasaddilar tomonidan ijobiy hal etish choralari ko‘rildi.

Bundan tashqari, yechimi to‘g‘ridan-to‘g‘ri kadastr idoralari vakolatiga kirmaydigan murojaatlar yuzasidan esa huquqiy tushunchalar berildi.

📌 Bu kabi sayyor qabullar viloyatning har bir tuman va shaharlarida o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook     Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#auksion #yer_uchastkalari

⚡️Toshkent viloyatida tadbirkorlik uchun qulay imkoniyat !

Tadbirkorlik qilish maqsadida bo‘lsangiz bo‘sh yer uchastkalarini e-auksion.uz portali orqali sotib oling va o‘z tadbirkorlik faoliyatingizni yo‘lga qo‘ying !

👉 Toshkent viloyatida savdoga qo‘yilgan bo‘sh yer uchastkalari

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#korrupsiyagaqarshi

❗️Kadastr agentligi ogohlantiradi !

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram