TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.76K subscribers
8.38K photos
914 videos
10 files
6.74K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
Download Telegram
#eʼlon #sayyor_qabul

⚡️DIQQAT EʼLON!

Hurmatli Bekobod tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari!

Aholining kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Toshkent viloyati Bekobod tumani fuqaro hamda tadbirkorlari uchun sayyor qabul o‘tkaziladi.

📝 Kadastr sohasiga oid muammolaringiz bo‘lsa, joriy yilning 10 mart kuni soat 10-00 da sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

📌 Sayyor qabul Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmalarining rahbarlari boshchiligida bo‘lib o‘tadi.

📍Manzil: Bekobod tumani, Xalq qabulxonasi binosi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#bilasizmi

⚡️Bugun qisqartirilgan ish kuni

Ertaga 8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni, dam olish kuni sifatida belgilangan bayram.

Mehnat kodeksi 121-moddasiga binoan, bayram (ishlanmaydigan) kunlari arafasida kundalik ish (smena) muddati barcha xodimlar uchun kamida bir soatga qisqartiriladi.

Shu sabab bugun barcha xodimlar qonuniy tartibda belgilangan huquqidan foydalanishga haqli.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bu_kun

⚡️Ayollar haqida ular nima deydi ?!

Bizning, Toshkent viloyatimizning, mana shu jamoamizning erishayotgan har qanday yutuqlarida sizlarning o‘rningiz katta !

Videoda Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmalari va hududiy bo‘lim-filiallar rahbarlari.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#bu_kun

💐“SEN AZIZ VA MUQADDASAN-MUQADDAS AYOL”

Inson zoti borki, olamdagi barcha yaxshilik va ezguliklarni, hayot siru-asrorlari va saboqlarini onaning, ayolning mehru-sahovati tufayli o‘rganadi. Dunyoda “muqaddas” degan so‘zga eng munosib zot ham – Ayoldir.

Shu munosabat bilan bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasida tizimda faoliyat yuritayotgan ayollarning mehnati alohida tilga olindi va esdalik sovg‘alar topshirildi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#eʼlon #sayyor_qabul

⚡️DIQQAT EʼLON!

Hurmatli Bekobod tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari!

Aholining kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Toshkent viloyati Bekobod tumani fuqaro hamda tadbirkorlari uchun sayyor qabul o‘tkaziladi.

📝 Kadastr sohasiga oid muammolaringiz bo‘lsa, joriy yilning 10 mart kuni soat 10-00 da sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

📌 Sayyor qabul Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmalarining rahbarlari boshchiligida bo‘lib o‘tadi.

📍Manzil: Bekobod tumani, Xalq qabulxonasi binosi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#bilasizmi #kadastr_xizmati

⚡️Mulkka bo‘lgan taqiqni tasdiqlovchi hujjatlar

Binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqining cheklanishini tasdiqlovchi hujjatlar quyidagilardan iborat:

🔸binolar va inshootlar xatlab qo‘yilgani to‘g‘risidagi xabarnoma;

🔸binolar va inshootlarning boshqa shaxsga o‘tkazilishini taqiqlash to‘g‘risidagi xabarnoma;

🔸binolar va inshootlar ipotekasi to‘g‘risidagi shartnoma.

🔸tasarruf etish huquqisiz berilgan davlat orderi;

❗️Huquqlarning cheklanishi binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarning cheklanishi to‘g‘risidagi maʼlumotlarni Reyestrga kiritish yo‘li bilan ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad

Facebook Instagram
#bilasizmi #Kadastr_xizmati

⚡️Kadastr pasportining shakllari haqida bilasizmi

Kadastr pasportining shakllari quyidagi turlar bo‘yicha belgilanadi:

▪️ko‘p kvartirali uydagi turar joyning kadastr pasporti;

▪️yakka tartibdagi turar joyning kadastr pasporti;

▪️noturar joy toifasidagi ko‘chmas mulk obyektining kadastr pasporti;

▪️yer uchastkasining kadastr pasporti;

▪️qurilishi tugallanmagan obyektning kadastr pasporti.

Kanalga ulanish https://t.iss.one/tvkad

Facebook Instagram
#bilasizmi #kadastr_xizmati #VM_71

⚡️Yer uchastkalari auksion savdolariga qanday mulk huquqi asosida chiqariladi ?

🔹Hududlar va aholi punktlari, ularni rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish to‘g‘risidagi hamda ularni qurish haqidagi tasdiqlangan hujjatlar mavjud bo‘lganda yer uchastkalari auksionga mulk huquqi bilan chiqariladi.

🔹Hududlar va aholi punktlari, ularni rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish to‘g‘risidagi hamda ularni qurish haqidagi tasdiqlangan hujjatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, yer uchastkalari auksionga faqat ijara huquqi bilan chiqariladi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#diqqat

⚡️Davlat xizmatchilari uchun navbatdagi o‘quv soati boshlandi

Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahri, shuningdek, barcha tuman, shahar hokimliklari rahbar va masʼul xodimlari diqqatiga!

Mazkur o‘quvni Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining ilm.argos.uz platformasi hamda YouTubedagi rasmiy sahifasi orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Boshlangan yangi ish kuningiz muvaffaqiyatli va xayrli o‘tsin!

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat #Zangiota

⚡️Kadastrda egalik qilish huquqi berish vakolati mavjud emas !

HAQIQAT OVOZI rasmiy kanal tomonidan YouTube tarmog‘i orqali eʼlon qilingan videomurojaat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Boshqarma ishchi guruhi tomonidan murojaat joyiga borib o‘rganilganda, fuqaro yashab turgan yeriga egalik huquqini beruvchi hech qanday huquqiy hujjatlari mavjud emasligi maʼlum bo‘ldi. Bunday holatda kadastr idoralari yer uchastkasiga yoki ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish vakolatiga ega emasligi, huquqiy asosi mavjud bo‘lmaganda kadastr pasporti rasmiylashtirish huquqi mavjud emasligi taʼkidlanib, sudga murojaat etish tartibi yuzasidan huquqiy tushunchalar berildi.

⬇️ Maʼlumot uchun

👉 Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun asos bo‘luvchi hujjatlar

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#yernazorati #Nurafshon

⚡️Nurafshonda noqonuniy qurilmalar bartaraf etilmoqda

🔎 Viloyatimiz markazi bo‘lmish Nurafshon shahrining Obod turmush MFY hududida bir necha fuqarolar tomonidan tegishli ruxsatlarsiz noqonuniy qurilmalar qurib olingani aniqlandi.

Biroq, Kadastr agentligi Nurafshon shahar bo‘limi tomonidan rasman ogohlantirilgach, mazkur qurilmalar yer qonunbuzilishini sodir etgan shaxslar tomonidan 3 kun ichida bartaraf etilgan.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram