TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.9K subscribers
9.32K photos
986 videos
11 files
7.4K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
Download Telegram
#xalqbilanbirga #murojaatlar

⚡️Toshkent viloyati Kadastr organlari tomonidan murojaatlarning o‘rganilishi yuzasidan infografik maʼlumot

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#qonunchilikda_yangilik #bilasizmi

⚡️"Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida"gi Qonun kuchga kirdi

🔰 Bugundan Prezidenti tomonidan imzolangan (O‘RQ–803, 28.11.2022 y.) “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qonun kuchga kirdi. Unga ko‘ra, ko‘chmas mulkning quyidagi turlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga nisbatan tatbiq etiladi:

🔹yer uchastkalariga;
🔹binolarga, inshootlarga, shu jumladan qurilishi tugallanmagan obyektlarga;
🔹ko‘p yillik dov-daraxtlarga;
🔹mulkiy majmua sifatidagi korxonaga.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#bu_kun

⚡️2 mart — O‘zbekiston Respublikasi "Birlashgan Millatlar Tashkiloti"ga aʼzo bo‘lgan kun!

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#yernazorati #ishonchraqam #infografika

⚡️Noqonuniy qurilishni ko‘rganda qayerga murojaat qilishni bilasizmi?

💰Yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish holatlari to‘g‘risida maʼlumot bergan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining o‘n foizi miqdoridagi pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#qonunchilikda_yangilik

⚡️Ko‘chmas mulkni boshqa shaxsga o‘tkazishdagi davlat boji kamaytirildi

O‘zbekiston Respublikasining 06.12.2022 yildagi O‘RQ–808-sonli Qonuniga ko‘ra, endilikda davlat boji quyidagi miqdorlarda undiriladi:

ko‘chmas mol-mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish bilan bog‘liq shartnomalarni tasdiqlaganlik uchun:

🔹ko‘chmas mol-mulk Toshkent, Nukus shaharlarida va viloyat markazlarida bo‘lsa, BHMning 1 baravari

❗️ (ilgari ko‘chmas mol-mulkning umumiy maydoniga qarab BHMning 1 baravaridan 3 baravarigacha);

🔹ko‘chmas mol-mulk boshqa aholi punktlarida bo‘lsa, BHMning 50 foizi

❗️(ilgari ko‘chmas mol-mulkning umumiy maydoniga qarab BHMning 50 foizidan 1,5 baravarigacha).

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#korrupsiyagaqarshikurash #Сhirchiq

⚡️Maqsad: korrupsiyadan holi hayot

▪️Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmalari Komplayens-nazorat xizmati tomonidan Сhirchiq shahri bo‘limida Korrupsiyaga chek qo‘yish maqsadida profilaktik suhbat o‘tkazildi.

▪️Har bir xodim bilan individual tarzda o‘tkazilgan suhbatda xodimlarning tartib intizomi, ijro intizomi, ishga o‘z vaqtida kelib ketishi, Korrupsiyaga moyilligi bor yoki yo‘qligi o‘rganilib "xavotir guruhi" shakllantirildi.

▪️Suhbat davomida xodimlarning huquqiy bilimini oshirish maqsadida korrupsiyaga qarshi kurash borasida joriy qilingan yangi mexanizmlar, korrupsion holatlarga sabab bo‘luvchi omillar to‘g‘risida tushunchalar berildi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#diqqat

⚡️Davlat xizmatchilari uchun navbatdagi o‘quv soati boshlandi

Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahri, shuningdek, barcha tuman, shahar hokimliklari rahbar va masʼul xodimlari diqqatiga!

Mazkur o‘quvni Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining ilm.argos.uz platformasi hamda YouTubedagi rasmiy sahifasi orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Boshlangan yangi ish kuningiz muvaffaqiyatli va xayrli o‘tsin!

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
#yashil_makon

🍀 Yashil makonni birga yaratamiz !

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi jamoasi Nurafshon shahridagi “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida "Yashil makon" umummilliy harakatida faol bo‘ling!” shiori ostida o‘tkazilayotgan keng ko‘lamli ko‘chat ekish tadbirida faol ishtirok etishmoqda.

Toshkent viloyatida bugundan start olgan “Yashil makon” umummilliy loyihasining yangi mavsumi davomida loyiha ishtirokchilari tomonidan 24 gektar maydonga 1000 tupdan ortiq manzarali va mevali daraxt ko‘chatlar ekilishi ko‘zda tutilgan.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#rasmiy_munosabat

⚡️Rasmiy munosabat

HAQIQAT OVOZI rasmiy kanal tomonidan youtube tarmog‘i orqali "KADASTRGA 500 $ DOLLAR OBORGANMAN PROKURATURADAGI UKAM YORDAM QILGANDI" sarlavhasi bilan eʼlon qilingan videomurojaat Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmalari tomonidan nazoratga olinib, hozirda ishchi guruh tomonidan o‘rganish ishlari olib borilayotganligini maʼlum qilamiz.

❗️Holat yuzasidan qo‘shimcha maʼlumot berilishi taʼminlanadi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#korrupsiyaga_qarshi

📌Qonunchilikka ko‘ra, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida axborot berayotgan shaxslarning qarindoshlari ham davlat himoyasida bo‘ladi.

▪️Shu sababdan ham Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmalari Sizlarni Korrupsiya illatiga qarshi kurashishga chorlaydi.

❗️Agarda siz kadastr sohasida o‘z mansabini suiisteʼmol qilish va korrupsiyaga qo‘l urish holatlarini sezsangiz Kadastr agentligining 📞 1097 ishonch telefoni orqali xabar bering.

📌Maʼlumot taqdim etgan shaxslar sir saqlanishi taʼminlanadi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#bilasizmi #kadastrxizmati #VM71

⚡️Yer uchastkalari auksion savdolariga qanday huquq asosida chiqariladi ?

🔹Hududlar va aholi punktlari, ularni rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish to‘g‘risidagi hamda ularni qurish haqidagi tasdiqlangan hujjatlar mavjud bo‘lganda yer uchastkalari auksionga mulk huquqi bilan chiqariladi.

🔹Hududlar va aholi punktlari, ularni rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish to‘g‘risidagi hamda ularni qurish haqidagi tasdiqlangan hujjatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, yer uchastkalari auksionga faqat ijara huquqi bilan chiqariladi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#bilasizmi #kadastr_xizmati

⚡️Qanday hollarda kadastr pasporti rasmiylashtiriladi yoki qayta rasmiylashtriladi ?

🔹ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi xatlov ishlari bajarilganda;

🔹ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda yoki yer uchastkasi alohida bo‘linganda (bunda ikki qismga alohida kadastr pasporti shakllantiriladi);

🔹qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari xususiylashtirilgandan so‘ng ularning bir qismiga bo‘lgan huquq boshqa shaxsga o‘tganda;

🔹yer uchastkasining maydoni yoki chegara nuqtalari o‘zgarganda;

🔹ko‘chmas mulk obyektining manzilini belgilashda yoki o‘zgartirishda;

🔹ko‘chmas mulk obyektining toifasi o‘zgarganda;

🔹o‘z yer uchastkasida tegishli ruxsatnomalarni rasmiylashtirmasdan qurilgan bino va inshootlar mavjud bo‘lganda.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram