TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.86K subscribers
9.07K photos
968 videos
10 files
7.25K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
Download Telegram
#bilasizmi #kadastr_xizmati

⚡️Yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun quyidagi hujjatlar asos bo‘ladi:

🔹davlat hokimiyati organlarining yer uchastkasini berish to‘g‘risidagi qarori;

🔹meros qilib olish huquqi to‘g‘risidagi notarial idora tomonidan berilgan guvohnoma;

🔹auksion asosida sotib olinganligi to‘g‘risidagi davlat orderi.

Huquqiy asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 29.12.2018 yildagi 1060-son

Facebook Instagram Telegram
#bilasizmi #huquq #VM_71

⚡️Nafaqat binoga, balki yeriga ham egalik qiling !

Avvallari bino o‘zingizga tegishli bo‘lib, uning yeri esa tegishli bo‘lmagan.

Endilikda jismoniy va yuridik shaxslar endilikda yer uchastkalarini xususiylashtirishlari mumkin bo‘ldi. Buning uchun
💻 DXM yoki my.gov.uz portali orqali ariza beriladi.

📋Ariza Kadastr agentligi va Qurilish bo‘limlariga xususiylashtirishga monelik qilmaydigan barcha tomonlar tekshirilishi uchun yo‘naltiriladi.

📨Tekshiruvlardan o‘tgach fuqaroga to‘lovni amalga oshirish, yaʼni xususiylashtirish haqida xabarnoma yuboriladi.

📑Xabarnoma orqali xususiylashtirish uchun to‘lovni amalga oshiradi va davlat orderiga ega bo‘ladi.

✍️Kadastr organlari tomonidan mulk huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#kadastr_xizmati

⚡️Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda quyidagi maʼlumotlarni tekshiradi:

▪️arizani va ushbu ko‘chmas mulk obyektiga kadastr hujjatlarini o‘rganadi, ularni Reyestrda mavjud axborot bilan taqqoslaydi

▪️ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun asos mavjudligini, uning yuridik yoki jismoniy shaxsga o‘tkazilishining qonuniyligini aniqlaydi

▪️umumiy ulushli mulk huquqi ishtirokchilarining sonini va tegishli hujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirda, ularning ulushlarini aniqlaydi

▪️ ko‘chmas mulk obyekti huquqning boshqa shaxslarga o‘tkazilishi uchun to‘sqinlik qiluvchi garovga qo‘yilganligi va huquqni cheklash borligini aniqlaydi

▪️boshqa shaxslardan aynan shu ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun ariza bor yoki yo‘qligini Reyestrdan aniqlaydi.

Facebook Instagram Telegram
#huquqvaqti #yernazorati #bilasizmi

⚡️O‘zboshimcha qurilmalar bilan shug‘ullanuvchi davlat organlari

📌Vazirlar Mahkamasining 05.07.2017 y, №467-sonli qaroriga muvofiq, quyidagilar o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni aniqlash va ularni bartaraf etishda vakolatli organ hisoblanadi:

🔹Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar (shaharlar) hokimliklari;

🔹Kadastr agentligi hamda uning hududiy organlari ;

🔹O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi hamda uning hududiy organlari;

🔹O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hamda uning hududiy organlari;

🔹O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti va uning hududiy boshqarmalari.

❗️Ushbu vakolatli organlar mahalla fuqarolar yig‘inlari bilan hamkorlikda faoliyat yuritadi.

Facebook Instagram Telegram
#kadastr_xizmati #bilasizmi

⚡️Quyidagi hollarda davlat xizmatlari ko‘rsatilganligi uchun to‘lovlar undirilmaydi:

🔹kadastr pasportini rasmiylashtirganda;

🔹ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi kadastr yig‘majildi (pasporti) mavjud bo‘lib, begonalashtirilganda yoki obyektda o‘zgarishlar (rekonstruksiya, qo‘shimcha va alohida qurilish) mavjud bo‘lmaganda;

🔹ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda obyektning qolgan qismiga;

🔹rekonstruksiyasiz toifasi o‘zgarganda;

🔹kadastr yig‘majildi (pasporti) yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda va ko‘chmas mulk obyekti ko‘rsatkichlari o‘zgartirilmasdan);

🔹ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlar va ular bo‘yicha tuzilgan bitimlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda;

🔹fuqaroning familiyasi, ismi va otasining ismi o‘zgarganda;

🔹tadbirkorlik subyekti — yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shakli va (yoki) firma nomi o‘zgarganda.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#bilasizmi #kadastr_xizmati

⚡️Reyestrdan ko‘chirmalarni tayyorlash tartibi

🔹Yuridik va jismoniy shaxslar Reyestrdan ko‘chirmalarni elektron shaklda Davlat xizmatlarining yagona portali yoki O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi rasmiy saytidan olishlari mumkin.

🔹Bitta yer uchastkasida joylashgan alohida binolar va inshootlar yoxud ularning bir qismi boshqa shaxslarga o‘tkazilganda, notarial idoralar so‘rovi bo‘yicha Reyestrdan ko‘chirma tayyorlashdan oldin ikki ish kuni mobaynida joyga chiqib boshqa shaxslarga o‘tkazilayotgan binolar, inshootlar yoki ularning bir qismi tarkibi aniqlanadi, shundan so‘ng belgilangan tartibda Reyestrdan tegishli ko‘chirma tayyorlanadi.

Huquqiy asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 29.12.2018 yildagi 1060-son

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad

Facebook Instagram
#bilasizmi #kadastr_xizmati

⚡️KADASTR PASPORTINI TAYYORLASH MUDDATLARI

Kadastr pasportini tayyorlash ko‘chmas mulk obyektlarining turar joyga oid qismi bo‘yicha quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:

🔹ko‘p kvartirali uydagi kvartira — 3 ish kunigacha;

🔹yakka tartibdagi turar joy — 5 ish kunigacha.

❗️Kadastr (yig‘majildi) pasporti yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda), qog‘oz yoki plastik shaklda yangi kadastr pasporti ikki ish kuni mobaynida beriladi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad

Facebook Instagram
#биласизми #савол_жавоб

Савол:
- Икки фуқаро ўртасидаги сервитут қандай белгиланади?

Жавоб:
- Сервитут уни белгилашни талаб қилган шахслар билан ўзга ер участкасининг эгалик қилувчиси, фойдаланувчиси, ижарачиси ва мулкдори ўртасидаги келишувга мувофиқ, келишувга эришилмаган тақдирда эса, суднинг ҳал қилув қарорига биноан белгиланади.

Каналга уланиш: https://t.iss.one/tvkad

Facebook Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr_maslahatchi

⚡️Kadastr maslahatchi rubrikasi ish boshladi.

➡️Mazkur rubrika aholining kadastr masalalari bo'yicha savollariga javob berish maqsadida ishga tushirildi va maxsus telegram bot yaratildi. (Sinov tarzida ishlamoqda)

⁉️ Savollaringiz bo'lsa 🌐 @kadastr_maslahatchi_bot orqali bizga yo'llang.

‼️ Agarda savol emas murojaat yo'llamoqchi bo'lsangiz 📞1097 qisqa raqamiga qo'ng'iroq qiling.

Каналга уланиш: https://t.iss.one/tvkad

Facebook Instagram
#auksion #dehqonxojaligi #PQ20

⚡️IMKONIYATNI QO‘LDAN BOY BERMANG !

Endilikda sizda auksion orqali Toshkent viloyati hududidagi dehqon xo‘jaligi yerlarini 10 yil muddatga ijaraga olish imkoniyati mavjud.

▪️Oqqo‘rg‘on tumanida 164 ta (ko'rish)
▪️Ohangaron tumanida 358 ta (ko'rish)
▪️Bekobod tumanida 92 ta (ko'rish)
▪️Bo‘stonliq tumanida 525 ta (ko'rish)
▪️Bo‘ka tumanida 63 ta (ko'rish)
▪️Quyichirchiq tumanida 226 ta (ko'rish)
▪️Qibray tumanida 69 ta (ko'rish)
▪️Parkent tumanida 42 ta (ko'rish)
▪️Piskent tumanida 269 ta (ko'rish)
▪️O‘rtachirchiq tumanida 349 ta (ko'rish)
▪️Chinoz tumanida 203 ta (ko'rish)
▪️Yangiyo‘l tumanida 56 ta (ko'rish)
▪️Toshkent tumanida 2 ta (ko'rish)

❗️“Yoshlar”, “Ayollar” va “Temir” daftarga kiritilganlarga ustunliklar berilishi taʼminlanadi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#bilib_qoygan_yaxshi

💡SIZ UCHUN MAʼLUMOT

📗Kadastr yig‘majildi — obyektning ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlarni shakllantirish, hisobga olish va keyinchalik davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan kadastr suratiga olish, texnik xatlovdan o‘tkazish va pasportlashtirish, maxsus tekshirish va tadqiqotlarning, sifat va qiymat jihatdan baholashning hujjatlari, materiallari va maʼlumotlari elektron jamlanmasi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#huquqvaqti #bilasizmi

⚡️Xususiylashtirilgan yer uchastkalariga bo‘lgan xususiy mulk huquqi davlat tomonidan himoya qilinadi

🔹Qonunchilikka muvofiq, хususiylashtirilgan yer uchastkasiga bo‘lgan xususiy mulk huquqi unga bo‘lgan huquq Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestriga tegishli ma’lumotlarni elektron tarzda kiritish orqali davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran yuzaga keladi.

📌Xususiylashtirilgan yer uchastkalariga bo‘lgan xususiy mulk huquqi daxlsizdir va qonunga muvofiq davlat tomonidan himoya qilinadi.

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
O‘zbekiston Respublikasining yer maydoni qancha ?
Anonymous Quiz
25%
556.7 ming kv.km
69%
448.9 ming kv.km
6%
421.3 ming kv.km
#yernazorati #infografika

⚡️Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan 2022 yil davomida Toshkent viloyati hududida yer nazorati bo‘yicha aniqlangan holatlar tahlili

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#huquqvaqti #bilasizmi

⚡️Yer uchastkalarini xususiylashtirishda ularning maydoni va chegaralariga o‘zgartishlar kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi

🔹Qonunchilikka muvofiq, хususiylashtirish subyektlariga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara yoki meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkalarini xususiylashtirish Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlar davlat reyestrida ko‘rsatilgan maydon va chegaralar doirasida amalga oshiriladi.

❗️Mazkur yer uchastkalarini xususiylashtirishda ularning maydoni va chegaralariga o‘zgartishlar kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#ishonch_telefon #bilasizmi

⚡️Ishonch telefonlari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi – 1000;

O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi – (71) 239-86-50, (71) 239-81-14;

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi – 1090; (71) 239-02-74

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi – 1007;

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi – 1102;

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi – 1008;

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi – 1198;

Kadastr agentligi - 1097;

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi – 1148, (71) 207-00-66;

O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi – (71) 234-11-03;

O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi – (71) 244-05-05;

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#kadastrxizmati #VM_71 #bilasizmi

⚡️Yer uchastkalarini xususiylashtirish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish tartibi

📌Mazkur xizmat joylardagi Davlat xizmatlari markazi va my.gov.uz portali orqali ko‘rsatiladi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#bizningmanzillar #Zangiotatumani

📍Kadastr agentligi Toshkent viloyati Zangiota tuman bo‘limi va Davlat kadastrlari palatasining Toshkent viloyati Zangiota tuman filiali

Bo‘lim rahbari - Jo‘rayev Sherali Mirzaaxmat o‘g‘li

Filial rahbari - Nurmuxammedov Baxtiyor Baxromovich

Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish kunlari: dushanbadan-jumagacha, soat 9:00 dan 18:00 gacha

🏢Manzil: Toshkent viloyati, Zangiota tumani, Qatortol qishlog‘i, Markaz shox ko‘chasi, 89-uy.

☎️Murojaat uchun telefon: 70-975-20-93

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#yernazorati #Olmaliq

⚡️Maqsad - jarimalar qo‘llanilishini oldini olish

Kadastr agentligi Olmaliq shahar bo‘limi tomonidan Olmaliq shahrining “Oydin” dehqon bozori yonidagi yo‘l yuzida noqonuniy faoliyat yuritayotgan barcha tadbirkorlarga qonunga zid qurilmalarni bartaraf etish bo‘yicha ogohlantirish xatlari berilmoqda.

❗️Mazkur kamchiliklar belgilangan muddat ichida bartaraf etilmasa, jarimaga sabab bo‘lishi mumkin.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram