TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.86K subscribers
9.07K photos
968 videos
10 files
7.25K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
Download Telegram
#xalqbilanbirga #murojaatlar

⚡️Toshkent viloyati Kadastr organlari tomonidan murojaatlarning o‘rganilishi yuzasidan infografik maʼlumot. 2022 yil yakuni boʼyicha

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Yer fondi necha toifaga ajratiladi ?
Anonymous Quiz
34%
6
17%
7
43%
8
6%
9
#bilasizmi #huquq #VM_71

⚡️Yer uchastkalarini xususiylashtirish uchun majburlash taqiqlanadi

Yer uchastkalarini xususiylashtirish ixtiyoriylik asosida amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari va yuridik shaxslari yer uchastkalarini xususiylashtirishga bo‘lgan o‘z huquqlarini o‘z ixtiyoriga ko‘ra hamda o‘z manfaatlaridan kelib chiqqan holda amalga oshiradi.

🚫 Yer uchastkalarini xususiylashtirish uchun majburlash taqiqlanadi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#korrupsiyaga_qarshi

📌Qonunchilikka ko‘ra, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida axborot berayotgan shaxslarning qarindoshlari ham davlat himoyasida bo‘ladi.

▪️Shu sababdan ham Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmalari

Sizlarni Korrupsiya illatiga qarshi kurashishga chorlaydi.

❗️Agarda siz kadastr sohasida o‘z mansabini suiisteʼmol qilish va korrupsiyaga qo‘l urish holatlarini sezsangiz Kadastr agentligining 📞 1097 ishonch telefoni orqali xabar bering.

📌Maʼlumot taqdim etgan shaxslar sir saqlanishi taʼminlanadi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#taziya

Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi Olmaliq shahar filial kadastr muhandisi MAHKAMBAYEV DONIYOR PULATOVICHning bevaqt vafot etganligi munosabati bilan marhumning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.

Ushbu insonning feʼl atvori, to‘g‘ri so‘zligi va o‘z ishiga bo‘lgan sodiqligini alohida eʼtirof etish lozim.

MAHKAMBAYEV DONIYOR PULATOVICH kadastr sohasida sal kam 12 yillik tajribaga ega bo‘lgan mutaxassis edi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Necha xil turdagi kadastr pasporti mavjud ?
Anonymous Quiz
57%
4 xil turdagi
25%
5 xil turdagi
8%
6 xil turdagi
10%
7 xil turdagi
#snos #bilasizmi #kadastr_xizmati

⚡️Uyim buziladimi ?

Oldi-sotdi jarayonida ko‘chmas mulk obyektining buzilishga tushgan yoki tushmaganligi to‘g‘risida maʼlumotga ega bo‘lish zarar qilmaydi.

💻Buning uchun siz onlayn tarzda – my.gov.uz yoki oflayn tarzda – Davlat xizmatlari markazi orqali murojaat qilib, maʼlum bir ko‘chmas mulk buzilishga tushgan yoki tushmaganligi to‘g‘risida maʼlumotnoma olishingiz mumkin.

❗️Xizmatdan foydalanish uchun faqatgina ko‘chmas mulk obyektining kadastr raqami kerak bo‘ladi.

🔹Xizmat narxi BHMning 0,045 foizi miqdorida;
🔹Xizmat ko‘rsatish muddati - 3 ish kuni.

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#bilasizmi #infografika #kadastr_pasport

⚡️ Necha turdagi kadastr pasporti borligi haqida bilasizmi ?

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#huquq

⚡️Xususiy mulk huquqini himoya qilish quyidagi yo‘llar bilan amalga oshiriladi

🔸xususiy mulk huquqini tan olish

🔸xususiy mulk huquqi buzilishidan oldingi holatni tiklash va xususiy mulk huquqini buzadigan yoki uning buzilishi xavfini tug‘diradigan harakatlarning oldini olish

🔸bitimni haqiqiy emas deb topish va uning haqiqiy emasligi oqibatlarini qo‘llash

🔸davlat organining va boshqa organning hujjatini haqiqiy emas deb topish

🔸xususiy mulk huquqini mulkdorning o‘zi himoya qilishi

🔸burchni aslicha (natura) bajarishga majbur qilish

🔸zararning o‘rnini qoplash, neustoyka undirish, maʼnaviy ziyonni qoplash

🔸xususiy mulk huquqi munosabatlarini tartibga solishda qonunchilik barqarorligini taʼminlash

🔸davlat organining va boshqa organning qonunga zid bo‘lgan hujjatning sud tomonidan qo‘llanilmasligi

🔸mol-mulkning ayrim turlariga bo‘lgan xususiy mulk huquqining vujudga kelganligini, o‘zgarganligini va bekor qilinganligini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish

Facebook Instagram Telegram
#bilasizmi #huquq

⚡️Hozirgi kundagi yer uchastkasiga bo'lgan huquqlarning turlari

🔹Yuridik shaxslar - qonunchilik hujjatlariga muvofiq mulk, doimiy foydalanish va ijara huquqi asosida yer uchastkalariga ega bo‘lishi mumkin.

🔹Jismoniy shaxslar - qonunchilik hujjatlariga muvofiq mulk va ijara huquqi asosida yer uchastkalariga ega bo‘lishi mumkin.

🔹Chet ellik fuqarolar va yuridik shaxslar, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar - yer uchastkalariga faqat ijara huquqi asosida ega bo‘lishi mumkin

📌Yuridik va jismoniy shaxslarning 2021-yil 1-avgustga qadar yer uchastkalariga nisbatan yuzaga kelgan doimiy egalik qilish, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, doimiy foydalanish va muddatli (vaqtincha) foydalanish huquqlari o‘z kuchida qoladi

Facebook Instagram Telegram
#savol_javob #huquq

Savol:
- Qanday hollarda yer uchastkalari mulk huquqi asosida auksionga qo‘yiladi
?

Javob:
- Agar yer uchastkalari aholi punktlarining bosh rejalariga, aholi punktlari qismlarini batafsil rejalashtirish loyihalariga yoki hududlarni kompleks rivojlantirish va rejalashtirish bo‘yicha boshqa hujjatlarga, xususan, master-reja talablariga yoxud yer uchastkalaridan foydalanishning ruxsat berilgan turlariga muvofiq bo‘lsa, ular mulk huquqi asosida auksionga qo‘yiladi

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#bilib_qoygan_yaxshi

💡SIZ UCHUN MAʼLUMOT

Yer uchastkasining boshlang‘ich narxi
— yer uchastkasiga mulk va ijara huquqining auksionga qo‘yish uchun belgilangan narxi

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#taziya

Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi Qibray tumani filial topografik va kartografik xaritalarni tayyorlash mutaxassisi KOMILOV ALISHER ODILOVICHning bevaqt vafot etganligi munosabati bilan marhumning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.

Ushbu insonning feʼl atvori va o‘z ishiga bo‘lgan sodiqligini alohida eʼtirof etish lozim.

KOMILOV ALISHER ODILOVICH kadastr sohasida 19 yillik tajribaga ega bo‘lgan mutaxassis edi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#yernazorati #bilasizmi

⚡️O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yerlarni qaytarish

🔸O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari ularga g‘ayriqonuniy ravishda egalik qilingan va foydalanilgan vaqtda qilingan sarf-xarajatlar qoplanmagan tarzda tegishliligiga ko‘ra qaytariladi.

🔸Yer uchastkalarini foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish, shu jumladan undagi imoratlarni buzish yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olgan shaxslar hisobidan amalga oshiriladi.

🔸O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasini yer egasiga, yerdan foydalanuvchiga, yer uchastkasi ijarachisiga yoki mulkdoriga qaytarish tegishli tuman, shahar, viloyat hokimining qaroriga binoan yoki sudning hal qiluv qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.

Huquqiy asos: YER KODEKSI 91-modda.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad

Facebook Instagram
#Tabrik

⚡️Mardlar qo‘riqlaydi O‘zbekistonni!

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 31 yilligi hamda 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan yurtimiz tinchligi va osoyishtaligi uchun xizmat qilayotgan barcha vatan himoyachilarini tabriklaymiz.

Bayramingiz muborak bo'lsin !

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
#kadastr_xizmati

⚡️Ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etishda quyidagilar asos bo‘ladi:

🔹ko‘chmas mulk obyektining mansubligi masalasida nizolar borligidan dalolat beruvchi sud hujjatlar mavjudligi

🔹ko‘chmas mulk obyektiga taqiq yoki xatlov qo‘yilganligi

🔹hujjatlarda noto‘g‘ri, qarama-qarshi yoki buzilgan maʼlumotlar topilishi

🔹birlamchi kadastr yig‘majildi mavjud emasligi

🔹davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organda ushbu yer uchastkasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda olib qo‘yilganligi haqidagi maʼlumotlarning mavjudligi

🔹davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘xtatib turilgan hollarda, kamchiliklarning uch ish kuni mobaynida bartaraf etilmasligi

🔹yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda bekor qilinganligi

🔹huquqlarning vujudga kelishini belgilamaydigan hujjatlarning taqdim etilishi.

❗️Yuqoridagilardan boshqa asoslar bo‘yicha rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Facebook Instagram Telegram
#OAV_biz_haqimizda #sarhisob #UzA

⚡️ Sohada malakali kadrlarni ko‘paytirish zarur

Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i Jasur Ahrorov o‘tgan yil sarhisobi va kelgusi rejalar haqida O‘zA muxbiriga intervyu berdi.

👉 Batafsil Uza.uz

Facebook Instagram Telegram
#xalqbilanbirga #murojaatlar #infografika #qabul_kunlari

⚡️Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmalari rahbariyatining jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish kunlari grafigi va bog‘lanish uchun telefon raqamlari

Facebook Instagram Telegram
#bilasizmi #kadastr_xizmati

⚡️QANDAY HOLLARDA KADASTR PASPORTI RASMIYLASHTIRILADI YOKI QAYTA RASMIYLASHTIRILADI

🔹ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi xatlov ishlari bajarilganda;

🔹ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda yoki yer uchastkasi alohida bo‘linganda (bunda ikki qismga alohida kadastr pasporti shakllantiriladi);

🔹qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari xususiylashtirilgandan so‘ng ularning bir qismiga bo‘lgan huquq boshqa shaxsga o‘tganda;

🔹yer uchastkasining maydoni yoki chegara nuqtalari o‘zgarganda;

🔹ko‘chmas mulk obyektining manzilini belgilashda yoki o‘zgartirishda;

🔹ko‘chmas mulk obyektining toifasi o‘zgarganda;

🔹o‘z yer uchastkasida tegishli ruxsatnomalarni rasmiylashtirmasdan qurilgan bino va inshootlar mavjud bo‘lganda.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram