TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.79K subscribers
8.82K photos
946 videos
10 files
7.09K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
Download Telegram
Bekobod shahrida o‘tkaziladigan xatlov ishlari reja-jadvali taqdim etilmoqda

O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarini hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarni bosqichma-bosqich xatlovdan o‘tkazishning Bekobod shahri hududi uchun reja-jadval.

🔖Eslatma, mazkur reja-jadval 2024-2025 yillar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, xatlov ishlari belgilangan sanalarda boshlanadi.

#OʼRQ_937 #grafik
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Yangi Qonun yuzasidan huquqiy seminarlar tashkil etilmoqda

Maʼlumki, O‘zbekiston Respublikasining 05.08.2024 yildagi “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi O‘RQ-937-sonli Qonuni e‘lon qilinganidan so‘ng keng jamoatchilikka targ‘ib qilish ishlari jadallik bilan amalga oshirilib kelinmoqda.

Bu borada mutaxassislar bilimlarini oshirish va tegishli ko‘nikmalar shakllantirish maqsadida boshqarma xodimlari ishtirokida Qonun mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv-seminari tashkil etildi.

Seminar davomida, amaliyotda uchrashi mumkin bo‘lgan holatlar muhokama qilinib, mutaxassislarning Qonun bo‘yicha berilgan savollariga tushunchalar berib o‘tildi.

#OʼRQ_937 #seminar
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasi va undagi bino va inshootga nisbatan egalik huquqi eʼtirof etilishi jarayonida fuqarolardan hech qanday hujjat talab etilmaydi !

#OAV_biz_haqimizda #OʼRQ_937
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bo‘ka tumanida o‘tkaziladigan xatlov ishlari reja-jadvali taqdim etilmoqda

O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarini hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarni bosqichma-bosqich xatlovdan o‘tkazishning Bo‘ka tumani hududi uchun reja-jadval.

🔖Eslatma, mazkur reja-jadval 2024-2025 yillar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, xatlov ishlari belgilangan sanalarda boshlanadi.

#OʼRQ_937 #grafik
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
❗️BUGUNDAN YANGI QONUN RASMAN KUCHGA KIRDI

“O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi Qonun bugun, 2024-yil 8-noyabrdan kuchga kirdi.

🔖Aholidan bu borada faqatgina rasmiy manbalarni kuzatib borishlarini tavsiya qilamiz !

#OʼRQ_937
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qadrli yurtdoshlar!

Yer, mulk, uy-joy bilan bog‘liq munosabatlar tarixan qadriyatimizga aylangan. 2024-yilning 5-avgust sanasida Davlatimiz rahbari vatandoshlarimiz uchun muhim bo‘lgan yana bir tarixiy Qonunni imzoladilar.

Bugun 8-noyabrdan millionlab yurtdoshlarimiz kutgan “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi qonun kuchga kiradi. 2024–2025-yillar uchun tasdiqlangan reja-garfik asosida mahallalarda kadastr xodimlari tomonidan xatlov ishlari boshlanadi.

Qonun kuchga kirish sanasida sizga murojaat qilishimdan maqsad
“ogohlikka” chaqirishdir!

Uzoq yillar davomida o‘zi yashab kelayotgan uyini rasmiylashtirib olishni niyat qilib yurgan halol insonlar ko‘p ammo, vaziyatdan foydalanib, noqonuniy yo‘llar bilan daromad qilishni reja qilib yurgan “uddaburonlar” ham yo‘q emas.

Sizlarni bunday nopok kimsalarning har qanday so‘zlari va va’dalariga ishonmaslikka chaqiraman!

Birinchidan,
mahallalar aniq tasdiqlangan reja-grafik asosida xatlovdan o‘tkaziladi. Biri qolib ikkinchisiga o‘tilmaydi, ya’ni xalq tili bilan aytganda “tezlashtirib berishning imkoni yo‘q!”.

Ikkinchidan, xatlovdan keyin “E’TIROF” dasturiga kiritilgan har bir holat bo‘yicha 15 dan ortiq vazirlik va idoralar xulosalarini beradi hamda kosmik suratlar yordamida tahlil qilinadi. Xalq tili bilan aytganda “ilojini qilib o‘tkazib bo‘lmaydi!”.

Uchinchidan, xatlov jarayonida qonun bilan aniq belgilab berilgan 8 ta toifaga kiruvchi holatlar o‘rganiladi. Hozirda egallab olib, qurilish qilib qonuniylashtirib olishni reja qilayotganlar javobgarlikka tortiladi va bu ishlar ham axborot tizimlari orqali nazorat qilinadi. Xalq tili bilan aytganda “tanish-bilish o‘tmaydi!”.

‼️Hurmatli yurtdoshlar, har qanday holatda ham firibgarlik, ta’magirlik yoki korrupsiya holatlariga duch kelsangiz huquqni muhofaza qilish organlariga xabar bering.

Mazkur Qonunning adolatli va samarali ijro etilishi barchamizga birdek bog‘liq ekanligini yoddan chiqarmaylik.

Hurmat bilan,
Kadastr agentligi direktori
Farrux Pulatov
.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Bugundan viloyat hududining quyidagi mahallalarida xatlov ishlari boshlandi

📍Angren shahri:
Gulzor MFY

📍Bekobod shahri:
Shirin MFY, Bobur MFY, Paxtakor MFY, Bog‘ishamol MFY, Farg‘ona MFY, Yoshlik MFY.

📍Bekobod tumani:
Istiqbol MFY

📍Bo‘ka tumani:
Jagalbayli MFY

📍Bo‘stonliq tumani:
Bo‘ston MFY, Istoiqlol MFY, Maʼrifat MFY.

📍Chinoz tumani:
Bunyodkor MFY, Yoshlik MFY, Xamza MFY.

📍Chirchiq shahri:
Semurg‘ MFY, Chinor MFY, Nur MFY, Kamolot MFY, Kabutar MFY, Lola MFY, Yulduz MFY, Quyosh MFY, Do‘stlik MFY, Tinchlik MFY

📍Nurafshon shahri:
Taraqqiyot MFY, Yangiobod MFY, Obod turmush MFY.

📍Ohangaron shahri:
Umid MFY, Guliston MFY

#OʼRQ_937 #grafik
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kadastr muhandislari xatlovga shay holatda

Mutaxassislarning xatlovni to‘la-to‘kis amalga oshirishlari uchun barcha choralar ko‘rilgan bo‘lib, har bir kadastr muhandisi zaruriy jihozlar bilan taʼminlangan.

Ayni paytda hududlarda mahallalar kesimida xatlov ishlari boshlangan.

🔖Suratda Yangiyo‘l, Piskent tumanlari va Olmaliq hamda Ohangaron shaharlari filiallari mutaxassislari

#OʼRQ_937 #xatlov
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugundan viloyatning quyidagi mahallalarida xatlov ishlari boshlandi

📍Ohangaron tumani:
G‘alla-quduq MFY

📍Olmaliq shahri:
Abdulla Qaxxor MFY, Kimyogar MFY, Yangi hayot MFY, Metallurg MFY, Muso Jalil MFY, Ibn Sino MFY, Cho‘lpon MFY, Saxovat MFY.

📍Oqqo‘rg‘on tumani:
Eltamgali MFY

📍O‘rta Chirchiq tumani:
Arg‘in-Sada MFY

📍Parkent tumani:
Chotqol MFY, Oydin MFY, Yashnobod MFY

📍Piskent tumani:
Mo‘minobod MFY

📍Qibray tumani:
Yangi Obod MFY

📍Quyi Chirchiq tumani:
Beshkent MFY

📍Toshkent tumani:
Iqbol MFY

📍Yangiyo‘l shahri:
Yangiobod MFY, Turkiston MFY

#OʼRQ_937 #xatlov
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Ohangaron shahrida o‘tkazilgan sayyor qabul tafsilotlari Nurafshon TV kanali informatsion dasturlarida

#OAV_biz_haqimizda #sayyor_qabul #Ohangaron
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kadastr muhandislari xatlovga shay holatda

Mutaxassislarning xatlovni to‘la-to‘kis amalga oshirishlari uchun barcha choralar ko‘rilgan bo‘lib, har bir kadastr muhandisi zaruriy jihozlar bilan taʼminlangan.

Ayni paytda hududlarda mahallalar kesimida xatlov ishlari boshlangan.

🔖Suratda Bo‘stonliq va Zangiota tumani filiallari mutaxassislari

#OʼRQ_937 #xatlov
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bo‘stonliq tumanida o‘tkaziladigan xatlov ishlari reja-jadvali taqdim etilmoqda

O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarini hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarni bosqichma-bosqich xatlovdan o‘tkazishning Bo‘stonliq tumani hududi uchun reja-jadval.

🔖Eslatma, mazkur reja-jadval 2024-2025 yillar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, xatlov ishlari belgilangan sanalarda boshlanadi.

#OʼRQ_937 #grafik
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram