TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.77K subscribers
8.38K photos
914 videos
10 files
6.74K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
Download Telegram
#qonunchilikdagi_yangiliklar

⚡️Yetim bolalar kadastr xizmatlari uchun davlat bojidan ozod etiladi

Qonunchilikka ko‘ra, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar ularga davlat tomonidan ikkilamchi bozordan olib berilgan uy-joylarni mulkka egalik qilish huquqi asosida o‘z nomiga rasmiylashtirishda notarius va kadastr xizmatlari uchun (oldi-sotdi shartnomasi va ko‘chmas mulk obyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish) davlat boji to‘lashdan ozod etilishi belgilangan.

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#snos #bilasizmi #kadastr_xizmati

⚡️ Uyim buziladimi ?

Oldi-sotdi jarayonida ko‘chmas mulk obyektining buzilishga tushgan yoki tushmaganligi to‘g‘risida maʼlumotga ega bo‘lish zarar qilmaydi.

💻Buning uchun siz onlayn tarzda – my.gov.uz yoki offlayn tarzda – Davlat xizmatlari markazi orqali murojaat qilib, maʼlum bir ko‘chmas mulk buzilishga tushgan yoki tushmaganligi to‘g‘risida maʼlumotnoma olishingiz mumkin.

❗️Xizmatdan foydalanish uchun faqatgina ko‘chmas mulk obyektining kadastr raqami kerak bo‘ladi.

🔹Xizmat narxi BHMning 0,045 foizi miqdorida;
🔹Xizmat ko‘rsatish muddati - 3 ish kuni.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#murojaatlar #qonun

⚡️Murojaatlarni ko‘rib chiqishni rad etgan mansabdorlarga qanday javobgarlik bor ?

Qonunchilikka ko‘ra,
🔹 jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish va ko‘rib chiqishni qonunga xilof ravishda rad etish;

🔹 murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz buzish;

🔹 murojaatlarga yozma yoxud elektron shaklda javob yubormaslik;

🔹 murojaatlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga zid qaror qabul qilish;

🔹 jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlari tiklanishini, murojaat munosabati bilan qabul qilingan qarorning bajarilishini taʼminlamaganlik

— mansabdor shaxslarga 330 ming so‘mdan 990 ming so‘mgacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#seminar #xotin_qizlar

⚡️Oila tinchligi - mehnat samaradorligi garovi !

Bugun Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasida Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi mutasaddilari ishtirokida tizimda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarning oilalarida maʼnaviy-axloqiy muhitni o‘rganish va yaxshilash, muammolarini o‘z vaqtida aniqlash yuzasidan "Oilaning tinch-totuvligi - mehnat samaradorligi garovi" mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Seminar davomida xotin-qizlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda ekstremizmga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirish yuzasidan davra suhbati tashkillashtirilib, Toshkent viloyati oila va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mutaxassis hamda viloyat Xalq taʼlimi psixologi tomonidan oilada hamda ish faoliyati davomida uchraydigan muammoli vaziyatlar va ularning yechimlari yuzasidan maslahatlar berildi.

Seminar so‘nggida mutasaddilar tomonidan soha ayollarining murojaatlari tinglanib, takliflari ko‘rib chiqish uchun tegishli tartibda qabul qilindi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#huquq #kadastr_xizmati

⚡️Xususiylashtirilgan yer uchastkalari davlat tomonidan himoya qilinadi

Xususiylashtirilgan yer uchastkalari xususiy mulk va fuqarolik muomalasi obyektlaridir.

Xususiylashtirilgan yer uchastkasiga bo‘lgan xususiy mulk huquqi unga bo‘lgan huquq Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestriga tegishli maʼlumotlarni elektron tarzda kiritish orqali davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan eʼtiboran yuzaga keladi.

‼️Xususiylashtirilgan yer uchastkalariga bo‘lgan xususiy mulk huquqi daxlsizdir va qonunga muvofiq davlat tomonidan himoya qilinadi.

Huquqiy asos: O‘RQ–728, 15.11.2021 y.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#seminar #xotin_qizlar

⚡️Ayol qalbi, yuragida buyuk fidoyilik mujassam !

Iloji boricha, ayollarimizning dardini, tashvishlarini sevinch yoshiga, g‘alaba yoshiga, muvaffaqiyat yoshiga, natija yoshiga aylantirishga hammamiz birgalikda harakat qilamiz. Bitta qiz farzandni o‘qitsangiz — butun oilani o‘qitgan bo‘lasiz, deb ota-bobolarimiz bejiz aytishmagan.

Sh.Mirziyoyev

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#diqqat

⚡️Davlat xizmatchilari uchun navbatdagi o‘quv soati boshlandi

Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahri, shuningdek, barcha tuman, shahar hokimliklari rahbar va masʼul xodimlari diqqatiga!

Mazkur o‘quvni Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining ilm.argos.uz platformasi hamda YouTubedagi rasmiy sahifasi orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Boshlangan yangi ish kuningiz muvaffaqiyatli va xayrli o‘tsin!

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#qonunchilikdagi_yangiliklar

⚡️“Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilindi

❗️Unga ko‘ra, shaxslar va transport vositalari Davlat chegarasidan to avtomobil yo‘li va temir yo‘l o‘tkazish punktlarigacha yoki qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanayotganda quyidagilar taqiqlanadi:

🔹belgilangan yo‘nalishni o‘zgartirish;

🔹transport vositalariga shaxslarni chiqarishni, tovarlarni yuklashni hamda transport vositalaridan shaxslarni, tovarlarni tushirishni amalga oshirish;

🔹har qanday uchuvchi apparatlarni va uchuvchisiz uchuvchi apparatlarni havoga ko‘tarishni, qo‘ndirishni yoki qabul qilishni amalga oshirish.

Shunigdek, chegara mintaqasida ayrim qoʻshimcha rejim cheklovlari va taqiqlari joriy etilishi mumkin.

Manba: OʻRQ–868-son, 13.09.2023-y.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#bilasizmi #kadastr_xizmati

⚡️Davlat xizmatlari markazi orqali quyidagi kadastr xizmatlari amalga oshiriladi:

🔹Kadastr pasportini shakllantirish;

🔹Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

🔹Fuqarolarning nomida shaxsiy uy-joyi borligi yoki yo‘qligi to‘g‘risidagi maʼlumotnoma olish;

🔹Qurilishi tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish uchun ariza topshirish va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish;

🔹Davlat kadastr reyestridan ko‘chmas mulk bo‘yicha ko‘chirmani tekshirish;

🔹Bino va inshootlarni ijara shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

🔹Turar joyning maydoni bo‘yicha maʼlumotnoma olish;

🔹Kadastr obyektiga taʼqiq bor/yo‘qligini tekshirish;

🔹O‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) to‘g‘risidagi kelishuvni davlat ro‘yhatidan o‘tkazish;

🔹Davlat Reyestridagi har qanday ko‘chmas mulk obyektining kadastr qiymatini bilish.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#bilgan_yaxshi

💡SIZ UCHUN MAʼLUMOT

Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq turi yoki huquq egasi o‘zgarganda kadastr pasporti o‘zgartirilmaydi.

‼️Ko‘chmas mulkning bir qismi boshqa shaxsga o‘tkazilganda yoki unga o‘zgartishlar kiritilganda (rekonstruksiya qilish, qo‘shimcha imorat qurish va (yoki) alohida imorat qurish), ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildi shakllantirilganidan va kadastr pasporti berilganidan keyin amalga oshiriladi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #ijtimoiy_rolik

🏠🏢 Uy-joyni o‘z vaqtida davlat ro‘yxatidan o‘tkazmaslik ko‘plab muammoli vaziyatlar keltirib chiqarishi mumkin

🎬 Videoda shunday holatlarning biri misol qilingan.

‼️Sizda ham mana shunday holat bo‘lmasligi uchun ko‘chmas mulkingizni o‘z vaqtida davlat ro‘yxatidan o‘tkazing.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#bilasizmi #kadastr_xizmati

⚡️Ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildini shakllantirish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:

🔹 yer uchastkalarining berilganligi (realizatsiya qilinganligi);

🔹 binoning, inshootning qurilganligi va foydalanishga topshirilganligi;

🔹 belgilangan tartibda ajratilgan yer uchastkasida qurilishi tugallanmagan obyektning mavjudligi;

🔹 ko‘chmas mulkning bo‘linganligi;

🔹 ko‘chmas mulkning birlashtirilganligi.

‼️Ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa asoslarga ko‘ra ham shakllantirilishi mumkin.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#bizningmanzillar #Piskent

📍Kadastr agentligi Toshkent viloyati Piskent tuman bo‘limi va Davlat kadastrlari palatasining Toshkent viloyati Piskent tuman filiali

Bo‘lim rahbari - Qarshiboyev Akmal Shirinboyevich
Filial rahbari - Aliyev Akrom Saxobitdinovich

Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish kunlari: dushanbadan-jumagacha, soat 9:00 dan 18:00 gacha

🏢Manzil: Toshkent viloyati, Piskent tumani, Muminobod MFY, X.Olimjon kuchasi, 66 uy

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#vakansiya

⚡️ BIZDA BO‘Sh ISH O‘RINLARI !

📣 Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi quyidagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga tanlov eʼlon qiladi:

🔹Bo‘stonliq tuman filiali Kadastr yig‘ma jildlarini tayyorlash sho‘basi Kadastr muhandisi
🔹Yuqori Chirchiq tuman filiali Kadastr yig‘ma jildlarini tayyorlash sho‘basi Kadastr muhandisi
🔹Chirchiq shahar filiali Kadastr yig‘ma jildlarini tayyorlash sho‘basi Kadastr muhandisi
🔹Yangiyo‘l shahar filiali Kadastr yig‘ma jildlarini tayyorlash sho‘basi Kadastr muhandisi

👆Agar siz ushbu lavozimlardan birida ishlamoqchi bo‘lsangiz Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasiga hujjatlaringiz bilan tashrif buyuring va ariza qoldiring.

📍Bizning manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi 24-uy.

Batafsil maʼlumot uchun 📞 +99870 202 0207

❗️shoshiling, arizalar qabul qilish muddati cheklangan

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#ishonchtelefoni #korrupsiyagaqarshi

⚡️Korrupsiyaga befarq bo‘lmang !

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmalari Sizlarni korrupsiya illatiga qarshi kurashishga chorlaydi.

❗️Agarda siz kadastr sohasida o‘z mansabini suiisteʼmol qilish va korrupsiyaga qo‘l urish holatlarini sezsangiz quyidagi raqamlar orqali xabar bering:

📞 1097
📞 +99895 199-17-73
📞 +99870 202-02-07

📌Maʼlumot taqdim etgan shaxslar sir saqlanishi taʼminlanadi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram