TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.85K subscribers
9.1K photos
969 videos
11 files
7.26K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
Download Telegram
O‘zboshimcha egallangan yer uchastkasiga hamda unda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e‘tirof etishda davlat nazoratini amalga oshirishda kosmik ma’lumotlardan foydalaniladi

Yer uchastkasiga hamda unda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish chog‘ida davlat nazorati prokuratura va ichki ishlar organlari, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining, Kadastr agentligining hududiy bo‘linmalari, shuningdek mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Davlat nazoratini amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlardan foydalaniladi.

Manba:
O‘RQ-937-son, 25-modda

#OʼRQ_937 #qonunchilikdagi_yangiliklar
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
"O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida"gi Qonunga muvofiq, 8 ta toifadagi holatlarda egalik huquqlari eʼtirof etiladi.

Manba: O‘RQ-937-son, 05.08.2024 y.
#OʼRQ_937 #qonunchilikdagi_yangiliklar #infografika
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini eʼtirof etish to‘g‘risidagi Kengashlar qarorlari rasmiy eʼlon qilinganidan keyin kuchga kiradi

Yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini hamda unda qurilgan bino va inshootga bo‘lgan mulk huquqini eʼtirof etish to‘g‘risidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining qarorlari rasmiy eʼlon qilinganidan keyin kuchga kiradi.

Manba: O‘RQ-937-son, 20-modda
#OʼRQ_937 #qonunchilikdagi_yangiliklar
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
"O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida"gi Qonunga muvofiq, huquqni eʼtirof etish bir martalik umumdavlat aksiyasi doirasida huquq eʼtirof etilishi mumkin deb topilgan bo‘lsa, mulk huquqi eʼtirof etiladi.

Manba:
O‘RQ-937-son, 6-modda
#qonunchilikdagi_yangiliklar
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarini xatlovdan o‘tkazish reja-jadval asosida amalga oshiriladi

O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarini hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarni bosqichma-bosqich xatlovdan o‘tkazish har yilgi reja-jadval asosida amalga oshiriladi.

📁 Reja-jadval Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining taklifiga ko‘ra Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlanadi va jamoatchilikka eʼlon qilinadi.

🔖Mazkur reja-jadval kadastr.uz rasmiy sayti, Ommaviy axborot vositalari hamda Toshkent viloyati kadastri rasmiy telegram kanali orqali doimiy ravishda eʼlon qilib boriladi.

Manba:
O‘RQ-937-son, 13-modda
#OʼRQ_937 #qonunchilikdagi_yangiliklar
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini eʼtirof etish uchun bir martalik to‘lov undiriladi

Yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini eʼtirof etish uchun quyidagi miqdorlarda bir martalik to‘lov undiriladi:

🔹Toshkent shahrida — BHMning 5 baravari miqdorida;
🔹Nukus shahrida va viloyatlar markazlarida — BHMning 3 baravari miqdorida;
🔹viloyatlar bo‘ysunuvidagi boshqa shaharlarda — BHMning 2 baravari miqdorida;
🔹boshqa aholi punktlarida — BHMning 1 baravari miqdorida.


Manba:
O‘RQ-937-son, 23-modda
#OʼRQ_937 #qonunchilikdagi_yangiliklar
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zboshimcha egallangan yer uchastkasiga hamda unda qurilgan binolar va inshootlarga nisbatan eʼtirof etilgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim

Qonunga muvofiq yer uchastkasiga hamda unda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Yer uchastkasiga hamda unda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorlarda yig‘im undiriladi.

Manba:
O‘RQ-937-son, 29-modda

#OʼRQ_937 #qonunchilikdagi_yangiliklar
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook     Instagram
Bugundan auksion savdolarida yer uchastkasiga ijara huquqini olish uchun to‘lovlarni bo‘lib to‘lash tartibi bekor qilinadi

2025-yil 1-apreldan auksion savdolarida yer uchastkasiga ijara huquqini olish uchun to‘lovlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash va to‘lov to‘liq to‘langanda chegirma berish tartibi bekor qilinadi, ushbu to‘lovlar 15 ish kuni ichida to‘liq to‘lanishi shartligi belgilandi.

2025–2026 yillarda auksion savdolariga chiqariladigan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar jami maydonining o‘rtacha 10–20 foizi chorva uchun ozuqa ekinlarini ekish sharti bilan savdoga chiqariladi.

#qonunchilikdagi_yangiliklar
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Shaharsozlik qoidabuzarliklari uchun jarimalar oshirildi

Yangi qonun (O‘RQ-1050-son, 25.03.2025yil) bilan:

Ruxsatsiz qurilish, tayanch konstruksiyalarni o‘zgartirish va shahar rejasiga zid loyihalar uchun javobgarlik belgilandi;

Birinchi marta qoidabuzarlik qilganlar xatolarini ixtiyoriy tuzatsa, jazodan ozod etilishi mumkin;

Loyiha talablariga rioya qilmaganlar va ekspertizadan o‘tmagan obyektlar uchun javobgarlik kuchaytirildi;

Odam o‘limiga sabab bo‘lgan shaharsozlik qonunbuzarliklari uchun jinoiy javobgarlik joriy etildi;

Shaharsozlik qoidabuzarliklari uchun jarimalar oshirildi.

🔖 Qonun rasmiy e‘lon qilinganidan 3 oy o‘tib kuchga kiradi.

#qonunchilikdagi_yangiliklar
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Egalik huquqi eʼtirof etilmagan yer uchastkalarini qaytarish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi

«O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq, huquqlar eʼtirof etilmagan, o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarini qaytarish hamda ularda binolar va inshootlar qurish bilan bog‘liq qonun buzilishlarini bartaraf etish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Manba: O‘RQ-937-son, 28-modda
#qonunchilikdagi_yangiliklar
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM